
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yil 11-13-may kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar, [...]