O‘ZARO ISHONCH VA MUSTAHKAM DO‘STLIKKA ASOSLANGAN HAMKORLIKNING YUKSAK NATIJALARI

Mushtariylar: 1315
Мирзиёиев и Си

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yil 11-13-may kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari 13-may kuni Pekin shahrining Tyananmen maydonidagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi, qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Unda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlari, transport, to‘qimachilik, sayyohlik, qurilish, kimyo sanoatida va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Bu yerda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilib kelayotgan ishbilarmonlarni ko‘rib turganimdan xursandman, dedi davlatimiz rahbari. Biz xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Xitoy biznes subyektlari O‘zbekistondagi ko‘plab yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda ishtirok etmoqda.

Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritganini alohida ta’kidlash lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga oid masalalar xususida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Men Szen Chju, «COFCO» korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Chjao Shuanlyan, Xitoy davlat taraqqiyot banki vitse-prezidenti Chjan Syuguan, Xitoy Eksimbanki vitse-prezidenti Sun Pin, “Poly Technologies Inc” kompaniyasi bosh direktori yordamchisi Myao Szechun va boshqalar O‘zbekiston bilan hamkorlik yuqori natijalar berayotgani, bundan keyin ham o‘zaro aloqalarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Shu kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati, 2017 yil 15 may.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332