O‘ZBEKISTON – QOZOG‘ISTON: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Mushtariylar: 1056
Мирзиёев и Назарбаев Госвизить в Казасхстан

O‘ZBEKISTON – QOZOG‘ISTON: AZALIY DO‘STLIK VA STRATEGIK SHERIKLIKKA ASOSLANGAN HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-23-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Oliy darajadagi mazkur uchrashuv do‘stlik, ahillik va mehr-oqibat ayyomi Navro‘z kunlariga to‘g‘ri kelganida ramziy ma’no bor. Zero, bu jihatlar O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlariga ham xosdir.

Tashrifning asosiy tadbirlari 23-mart kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxtidagi “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo‘ydi.

Ushbu monument Prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan 2001-yili Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan.

Davlatimiz rahbari tinchlik, ozodlik yo‘lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Yodgorlik majmuasi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxtidagi Davlat rahbarlari xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi. Bu yerda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ekkan daraxt baravj o‘smoqda.

Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

– O‘zbekiston va Qozog‘iston yaqin qardosh, asrlar davomida sinalgan sheriklardir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov vafotidan keyingi og‘ir damlarda bu yaqinlik yana bir bor namoyon bo‘ldi. Xalqimiz Qozog‘iston xalqi hamdardligini, qo‘llab-quvvatlaganini chuqur his etdi va buni hech qachon unutmaydi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimizning ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanining tasdig‘idir, – dedi Prezidentimiz.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasidagi muloqotlarning izchil davomi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati. 2017 y. 23 mart.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332