Sammitning asosiy tadbirlari 16-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. MDH davlat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashdilar. Uchrashuvda xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov majlisda yaqin va uzoq mamlakatlarda vaziyat keskinlashib, shiddat bilan o‘zgarib borayotgani inobatga olinadigan bo‘lsa, MDH davlat rahbarlarining mazkur [...]