O‘ZBEKISTON – ROSSIYA HAMKORLIGIDA YANGI UFQLAR OCHGAN TARIXIY TASHRIF

Mushtariylar: 115
В.Путин и Ш.Мирзиёев

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari 5-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.

Shu yilning 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida terrorizm harakati sodir etilib, insonlar halok bo‘ldi. Davlatimiz rahbari ular xotirasini yodga olib, shu yerdagi “Leningrad – qahramon shahar” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

Kremlda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli xususida fikr almashildi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga davlat tashrifi bilan qutlab, ushbu tashrif tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini qayd etdi.

– O‘zbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish biz uchun katta ahamiyatga ega, – dedi Rossiya Prezidenti. – Mamlakatlarimizda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali to‘la foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p, ularni ishga solishdan ikki tomon ham manfaatdor.

Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlashda muhim qadam bo‘lishini qayd etdi.

– Avvalo, 3-aprel kuni Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash’um voqea munosabati bilan Sizga va Rossiya xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimiz ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan birdek manfaatdor ekanining tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurganingiz uchun yana bir bor minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralarni davom ettirdilar. Batafsilroq…

Mfnba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181 - 7332