
Yam-yashil maysazorlar yerga gilamday to‘shalgan, kimsasiz tog‘lar esa kumush rangda tovlanib yotibdi. Ushbu she’riy satrlar bitilganiga 600-yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Uni Min sulolasidan bo‘lgan Xitoy elchisi Markaziy Osiyoga safari chog‘ida yozgan. O‘zbekistonning betakror tabiati va go‘zal manzarasini Xitoy xalqi qadimdan yaxshi biladi va hamon unga maftun bo‘lib kelmoqda. Men go‘zal O‘zbekistonga ilk bor 2013-yilning sentabr [...]