
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 29-oktabr kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi. Shavkat Mirziyoyev mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSh Prezidenti Barak Obama va Davlat kotibi Jon Kerriga [...]