Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, xonimlar va janoblar! Siz, aziz mehmonlarimizni, xalqaro konferensiya ishtirokchilarini – nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar hukumatlari vakillari, olimlar va mutaxassis-amaliyotchilar, iqtisodiyotning agrar sektorida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar, banklar va boshqa moliya institutlari rahbarlarini qutlash va mazkur forumda qatnashayotganingiz uchun yuksak hurmat-ehtirom va samimiy minnatdorlik bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat [...]