
Hurmatli majlis ishtirokchilari! Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – bu O‘zbekistonning o‘tgan 2014-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini muhokama etish va mamlakatimizning 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat. O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga [...]