2016-yilning birinchi yarim yilligida O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari

Mushtariylar: 520
Кабмин РУз2

2016-yilning 15-iyulida Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokama qilindi va respublika Hukumatining joriy yil 15-yanvardagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Majlisda respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirish asosiy prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash, sanoat, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaning ishga tushiriladigan eng muhim obyektlarini foydalanishga topshirish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar turlari va hajmlarini kengaytirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini izchil qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish, xorijiy investorlarni aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga jalb etish, korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlarini, eng avvalo, yangidan tashkil etilgan tuzilmalarda joriy etish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama ko‘rib chiqildi va tanqidiy tahlil qilindi. Batafsilroq…

Manba: O’zA.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181 - 7332