
Ilgari xabar qilinganidek, shu yilning 22-iyun kuni Prezident Islom Karimov mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Si Szinpin bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida bo‘lib, deputatlar va senatorlar bilan uchrashdi. Quyida davlatimiz rahbarining mazkur uchrashuvda so‘zlagan nutqi matni e’lon qilinmoqda.Muhtaram Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin janoblari!
Qadrli xitoylik do‘stlar!
Hurmatli deputatlar!
Bugun shu muhtasham zalda nafaqat mamlakatimiz intellektual olamining taniqli namoyandalari, ayni vaqtda, ta’bir joiz bo‘lsa, butun O‘zbekistonning timsoli, xalqimiz barcha qatlamlarining vakillari bo‘lgan insonlar yig‘ilgan. Yurtimizda sodir bo‘layotgan ulkan islohot va o‘zgarishlarga, O‘zbekistonning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishiga, bir so‘z bilan aytganda, biz erishayotgan muhim yutuqlarga munosib hissa qo‘shayotgan, bu jarayonlarda deputat va senator bo‘lishidan avval ham faol ishtirok etgan odamlar o‘tiribdi. Batafsilroq…
Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.