Tinchlik va ahillik – mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir

Mushtariylar: 1341
И.Каримов 9 мая

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda

Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘tabardir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday insonparvar tamoyillar o‘z ifodasini topgan.

Bu sana urushlarda qurbon bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qiladigan, bugun saflarimizda yurgan, osmonimiz musaffoligi, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan nuroniylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatiladigan ezgu marosimdir.

Bunday kunlarda bugungi tinch va osuda hayot, musaffo osmon, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotishlar, sinov va mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan o‘tadi. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini teranroq anglaymiz.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni urushda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga, olovli janggohlardan omon qaytgan ota-bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan momolarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari va bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ularning holidan xabar olinib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Maydon uzra mahzun musiqa taraladi.

Soat 9:00. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib keldi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

– Bugun barcha vatandoshlarimiz, butun xalqimiz Xotira va qadrlash kuni deb nom olgan ulug‘ ayyomni, fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 69-yilligini keng nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda. – Shu kunlarda barchamiz o‘z insoniy burchimizni ado etib, bugungi tinch hayotimiz uchun, musaffo osmonimiz uchun jang maydonlarida jon berib urushdan qaytmaganlarni eslaymiz, ularning arvohlarini shod etib, o‘chmas xotirasi oldida bosh egamiz.

Bugun oramizda sog‘-salomat hayot kechirayotgan, barchamiz uchun aziz va muhtaram bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, urushda qatnashgan mardlarga, shu bilan birga, front ortida mehnat qilib, G‘alaba kunini yaqinlashtirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizga chin qalbimdan hurmatimni bildiraman va ularga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan bardamlik, uzoq umr, baxtli hayot tilayman, dedi davlatimiz rahbari. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332