Islom Karimov 2014 yilning 7-mayida AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uilyam Byornsni qabul qildi

Mushtariylar: 997
И.Каримов  4а

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 7-may kuni Oqsaroyda mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uilyam Byornsni qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan boshqa sohalarda izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Turli sohalarda muntazamlik kasb etgan muloqotlar, jumladan, ikki mamlakat parlamentlari va tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi izchil aloqalar tomonlar uchun samarali va konstruktiv hamkorlikni qaror toptirish imkonini bermoqda.

Uilyam Byorns (O'ngda)

Uilyam Byorns (O’ngda)

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari ishtirokida tuzilgan 190 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 53 tasi to‘laligicha xorij kapitali asosida tashkil etilgan. Mamlakatimizda AQShdagi 40 yetakchi korporatsiyaning vakolatxonalari ochilgan.

Suhbat davomida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uilyam Byorns samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, AQSh rahbariyati bundan buyon ham O‘zbekiston bilan turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332