Muhtaram janob Taleb Rifai! Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Siz, muhtaram mehmonlarimizni – Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi rahbarlari va a’zolarini, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralar, sayyohlik tashkilotlari boshliqlarini, olimlar va mutaxassislar, jahon turizm sanoati vakillarini qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni bildirish, Ijroiya kengashning 99-sessiyasiga samarali va muvaffaqiyatli ish olib borishni tilash menga katta [...]