O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi 99-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi

Mushtariylar: 1145
Islom Karimov

Muhtaram janob Taleb Rifai! Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar!

Siz, muhtaram mehmonlarimizni – Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi rahbarlari va a’zolarini, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralar, sayyohlik tashkilotlari boshliqlarini, olimlar va mutaxassislar, jahon turizm sanoati vakillarini qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni bildirish, Ijroiya kengashning 99-sessiyasiga samarali va muvaffaqiyatli ish olib borishni tilash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Avvalambor, O‘zbekiston Prezidentini mana shunday qarsaklar bilan, ochiq yuz bilan, ko‘tarinki kayfiyatda kutib olganingiz uchun sizlarga katta rahmat aytmoqchiman. Bunga javoban men ham sizlarni aynan Samarqandda, O‘zbekistonda ko‘rib turganimdan chin dildan xursand ekanimni yana bir bor ta’kidlamoqchiman.

Sizlar bizning zaminimizga tashrifingizdan mamnun va rozi bo‘lsangiz – bu mening eng katta tilagim, desam, ayni ko‘nglimdagi gapni aytgan bo‘laman.

Bugun bu zalda 150 dan ortiq turizm sanoati vakillari hozir bo‘lganidan xabardorman. Bu anjumanda, shuningdek, bizning do‘stlarimiz – O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatlar ham ishtirok etmoqda. Ular bizning mehmonlarimiz bilan birgalikda barcha muhim anjuman va tantanali marosimlarimizda doimo qatnashib kelishadi.

Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi janob Taleb Rifai va kengashning barcha a’zolariga mazkur kengashning navbatdagi sessiyasi majlisi o‘tkaziladigan joy sifatida turli madaniyatlar chorrahasi va jahon sivilizatsiyasi durdonasi bo‘lmish qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrini tanlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Samarqand shahrining tarixiy ahamiyati, uning beqiyos go‘zalligi haqida albatta ko‘p gapirish mumkin.

Salkam uch ming yillik g‘oyat boy tarixga ega bo‘lgan bu azim shahar o‘zining ulug‘vor me’moriy yodgorliklari, moviy gumbazlari, betakror sharqona qiyofasi va ruhi bilan sayohatchilar, turistlar va mehmonlar e’tiborini tortib keladi.

Bu dilbar shahar har qanday insonni o‘ziga maftun etadi. Uni bir bor ko‘rgan odam hech qachon esidan chiqarmaydi.

Yaqinda Amerikaning xalqaro doiralarda tan olingan va katta nufuzga ega bo‘lgan “Xaffington post” internet nashri Samarqandni inson o‘z umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta borib ko‘rishi albatta zarur bo‘lgan dunyodagi 50 ta shaharning biri sifatida e’tirof etdi va ana shu shaharlar ro‘yxatiga kiritdi.

O‘zida eng qadimgi davrlar va bugungi hayotni uzviy ravishda uyg‘unlashtirgan ushbu shaharda tug‘ilib voyaga yetgan inson sifatida siz, aziz mehmonlarimizni mana shu mehmondo‘st zaminda ko‘rish va butun Samarqand ahli nomidan, shaxsan o‘z nomimdan «Samarqandga xush kelibsiz!» deb aytish menga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332