O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi

Доклад Шавката Мирзиёева 14.01.2017г.

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi

Hurmatli majlis ishtirokchilari!  Mana, 2016-yil yakuniga yetdi. Bu yil O‘zbekiston va uning xalqi uchun ko‘p jihatdan murakkab yil bo‘ldi. Oxirgi besh oyda yuz bergan voqealar buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Yurtimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi va O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davlatimiz tizimi mustahkamligini, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari, jamiyatimiz va xalqimizning jipsligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etdi.

Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz.

Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi.

2017-yilni biz Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qildik. Bugungi majlisimizning asosiy mazmunini aynan shu talabdan kelib chiqqan holda belgilashni taklif etaman. Shu munosabat bilan sizlarning e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman. Batafsilroq…

Manba: Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati, 2017 yil 15 yanvar.

Izohlar va ping `pilgan

Izohlash yopilgan

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181 - 7332