O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mushtariylar: 1344
UZ FA

Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini yanada oshirish, Fanlar akademiyasining nufuzini yuksaltirish va faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni boshqarish va tartibga solishning yagona tizimini shakllantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning o‘rnini oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish;

ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning, davlat ilmiy-texnik dasturlarining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqish;

jahon va respublika ilm-fan yutuqlarini o‘rganish va tahlil qilish, ulardan O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lida foydalanish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;

mamlakatimiz ilm-fani, ilmiy salohiyati, fan va texnika yutuqlarini ommalashtirish va targ‘ib qilish;

xorijiy mamlakatlarning fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va jamg‘armalari bilan xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro ilmiy forum va konferensiyalar tashkil etishda va o‘tkazishda ishtirok etish;

Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati. 2017 yil 17 fevral.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332