
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 11-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Ko‘ksaroy qarorgohida 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning uchrashuvi bo‘ldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 193 mamlakat a’zo bo‘lgan eng yirik xalqaro tuzilmadir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan olti oy o‘tib – 1992-yil 2-mart [...]