Sog‘lom xalq, sog‘lom millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi

Mushtariylar: 206
И.А.Каримов 11.02.2016г

Prezidentimiz Islom Karimov raisligida 11-fevral kuni Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Jamg‘arma tashkil etilganidan buyon, xususan, 2015-yilda amalga oshirilgan ishlar va ularning ahamiyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdi.

– Biz katta orzu-niyatlar bilan 2002-yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etgan edik, – dedi Yurtboshimiz. –Mana, oradan 14-yil o‘tdi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugun biz nafaqat 2015-yilda, balki ana shu o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarimizga ham to‘xtalsak o‘rinli bo‘ladi. Bolalar sportini rivojlantirish, uni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish maqsadida maxsus Jamg‘arma tashkil qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni ado etishda biz nimalarga erishganimiz haqida, qanday xulosalar chiqarishimiz zarurligi haqida gaplashib olsak, ayni muddao bo‘lar edi. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181 - 7332