
Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan O‘zbekiston davlat mustaqilligining 25-yillik bayrami bilan barchangizni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman.
Qadrli do‘stlar!
Barchamizga ayonki, mustaqillik hech qaysi xalq, hech qaysi millat tarixida osonlik bilan qo‘lga kiritilgan emas. Bu haqiqatni chuqur anglaydigan xalqimiz shu kurashda fidoyilik ko‘rsatgan, qurbon bo‘lgan ota-bobolarimizning xotirasini qalbida abadiy saqlaydi.
Ayni shu kunlarda o‘zini oqlamagan eski tuzumdan yangi tizimga o‘tish davrini eslar ekanmiz, boshimizdan kechirgan mashaqqatli kunlar va og‘ir sinovlar beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Batafsilroq…
Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.