
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 10-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq [...]