
Aziz va muhtaram vatandoshlar! Betakror diyorimizga yangi – 2017-yil kirib kelmoqda. Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimiz, butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tilayman. Poyoniga yetayotgan 2016-yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuq va marralar ko‘p bo‘ldi. Shu bilan birga, afsuski, boshimizga og‘ir tashvish [...]