Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi

Mushtariylar: 1428
Ислам Каримов 8 декабря 2015 г.

Aziz vatandoshlar! Xonimlar va janoblar! Har yili Konstitutsiya kunini nishonlash arafasida siz, azizlar bilan mana shu go‘zal va muhtasham «O‘zbekiston» anjumanlar saroyida uchrashish yaxshi an’anaga aylanib qoldi.

Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yillik bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni samimiy tabriklash, barchangizga chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etishni o‘zim uchun yuksak sharaf, deb bilaman.

1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan mamlakatimizning Asosiy qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bugungi kunda hayotimizda qanday ulkan, hal qiluvchi o‘rin tutayotgani haqida ortiqcha gapirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.

Hayotimiz qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizni yuksak qadrlashimizning sababi avvalo uning kommunistik mafkura asosiga qurilgan eski ma’muriy-buyruqbozlik va taqsimot usulidan, mustabid tuzumdan butunlay voz kechganimizni e’lon qilib, biz uchun yangi davlat va jamiyat qurishning eng muhim prinsip va maqsadlarini, vazifa va normalarini belgilab berganida, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181 - 7332