Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

Mushtariylar: 180
Ислам Каримов 24-летие

Aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar! Bugun mana shu go‘zal va muhtasham maydonda siz, aziz yurtdoshlarimiz bilan ko‘rishish, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni biz uchun eng ulug‘ va eng aziz bo‘lgan O‘zbekistonimizning Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklash – men uchun katta baxt, katta sharafdir.

Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir.

Aynan mustaqillik toptalgan qadriyatlarimizni, dinu diyonatimizni, oru nomusimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, xalqimizning orzu-intilishlariga, milliy manfaatlariga javob beradigan kelajagimizni qurish yo‘lini ochib bergani bilan tariximizda abadiy saqlanib qolajak.

Aynan mustaqillik sharofati bilan mard va matonatli xalqimiz tarixan qisqa davrda amalga oshirgan olamshumul ishlar tufayli shahar va qishloqlarimizning, butun mamlakatimizning qiyofasi tobora ochilib, obod bo‘lib borayotgani, aholimizning hayot darajasi va sifati yuksalayotgani, bugun O‘zbekistonimiz zamonaviy davlatlar qatoriga kirayotgani – o‘zingiz ayting, aziz do‘stlar, mustaqillikka erishmasdan turib, bunday marralarga yetish mumkinmidi?

Bunga javob bitta – yo‘q va aslo yo‘q.

Bu fikrning yaqqol tasdig‘ini avvalo bosib o‘tgan yo‘limiz va mamlakatimiz qo‘ygan qadamlarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas.

O‘zbekistonimiz iqtisodiyoti, jahon miqyosida hali-beri davom etayotgan inqirozga qaramasdan, istiqlol yillarida 5,5 karradan ziyod o‘sgani, aholimizning real daromadlari jon boshiga 9-marta ko‘paygani, odamlarimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 75 yoshga yetgani hech kimni befarq qoldirmaydi, albatta.

Mamlakatimiz yer yuzidagi eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar orasida bugun beshinchi o‘rinni egallagani va so‘nggi o‘n bir yil davomida yalpi ichki mahsulotimizning o‘sish hajmi 8 foizdan yuqori bo‘lib kelayotganining o‘zi barchaning havasi va hayratini uyg‘otishi tabiiydir. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181 - 7332