O‘TGANLARNI XOTIRLASH, KEKSALARNI E’ZOZLASH – BIZNING FARZANDLIK BURCHIMIZDIR

Mushtariylar: 2138
2015 yil 9 may

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda

Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko‘nglini ko‘tarish yo‘lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ularni ijtimoiy himoyalash ko‘lami yanada kengaydi. Xususan, urush va mehnat fronti faxriylari yiliga bir marta sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2015-yil mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili, deb nomlandi. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida yoshi ulug‘ insonlarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, tizimli asosda sog‘lomlashtirish kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi hamda 6-martdagi “1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonlari keksalarimizga ko‘rsatilayotgan e’zoz va ehtiromning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur farmonlarga muvofiq urush qatnashchilari va nogironlariga yubiley medallari, pul mukofotlari va bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 14-aprelda qabul qilingan “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni nuroniylarimizga qo‘shimcha rag‘bat, katta ruhiy madad bo‘ldi.

Bu yil Xotira va qadrlash kuni Keksalarni e’zozlash yilida nishonlanayotgani uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Bayram “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida keng nishonlanmoqda.

9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Maydon uzra mahzun musiqa taraladi.

Soat 14:30. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib keldi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332