
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Vatanimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni nishonlash arafasida go‘zal va muhtasham “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida sizlar bilan uchrashib turganimdan g‘oyat mamnunman.
Barchangizga, butun xalqimizga o‘zimning cheksiz hurmat va ehtiromimni izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysiz.
1992-yil 8-dekabrda mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug‘ yo‘lboshchimiz, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xizmati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Batafsilroq…
Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati. 2017 yil 7dekabr.