
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Хalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqi Assalomu alaykum, aziz opa-singillar! Muhtaram do‘stlar! Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizga bahor nafasi kirib kelayotgan yorug‘ kunlarda, Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida mana shu muhtasham koshonada uchrashib turganimdan g‘oyat xursandman. Shu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli [...]