Toifa arxivi ‘Yangiliklar

Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Указ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida: 1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, [...]

O‘TGANLARNI XOTIRLASH, KEKSALARNI E’ZOZLASH – BIZNING FARZANDLIK BURCHIMIZDIR

2015 yil 9 may

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat [...]

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida

И.Каримов 9 мая

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 2015-yil 9-mayda umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70-yilligi bayram qilinishi munosabati bilan fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga bebaho hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda va izzat-ikrom bilan sharaflash maqsadida: 1. 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida [...]

ISLOM KARIMOVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI LAVOZIMIGA KIRISHISH TANTANALI MAROSIMIGA BAG‘ISHLANGAN OLIY MAJLIS PALATALARINING QO‘SHMA MAJLISIDAGI NUTQI

Islom Karimov

Aziz vatandoshlar, muhtaram Oliy Majlis deputatlari! Qadrli mehmonlar! Avvalo, siz, hurmatli Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga, sizlarning timsolingizda butun xalqimizga murojaat qilib, mening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lib saylanishimga o‘z ishonchini bildirgan yurtdoshlarimga o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etishdan baxtiyorman. Ayni shu fursatdan foydalanib, siz, azizlarimga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirib, hammangizga sog‘lik-omonlik, baxt-saodat [...]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, Islom Abdug‘aniyevich Karimov 90,39 foiz ovoz to‘plagan

Islom Karim

Prezident saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari haqida axborot berildi. Markaziy saylov raisi M. Abdusalomov qayd etganidek, 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligimiz talablari [...]

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332