Toifa arxivi ‘O’zbekiston yangiliklari

Ўзбекистон раҳбарияти улуғ ўзбек шоири Эркин Воҳидов вафот этганлиги муносабати билан тазия изҳор этди

Эркин Вохидов герой 2

Ўзбек адабиёти ва маданияти оғир жудоликка учради. Ўзбекистон Қаҳрамони, атоқли шоир ва адиб Эркин Воҳидов шу йил 30 май куни 79 ёшида вафот этди.  Эркин Воҳидов 1936 йил 28 декабрда Фарғона вилоятининг Олтиариқ туманида ўқитувчи оиласида туғилди. 1960 йили Тошкент давлат университети (ҳозирги Ўзбекистон Миллий университети)нинг филология факультетини тамомлади. У ўзининг ижодий ва меҳнат фаолиятини [...]

TINCHLIK VA OSOYISHTALIK – BARCHA YUTUQLARIMIZ ASOSI

Каримов 08.05.2016г 2

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-e’tibor ko‘rsatish mamlakatimizda milliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ham ana shunday [...]

O‘ZBEKISTON – ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNING YANGI BOSQICHI

Госвизит Каримова в РФ 26.04.2016г 2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 25-aprel kuni Islom Karimov va Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlarning samimiy va sermazmun suhbati uzoq davom etdi. Tomonlar O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari, jahonning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan voqealar xususida atroflicha fikr almashdilar. Tashrifning [...]

YAXSHI QO‘SHNICHILIK VA AZALIY DO‘STLIKKA ASOSLANGAN HAMKORLIK IZCHIL RIVOJLANMOQDA

Каримов и Назарбаев 15.04.16г. 2а

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 14-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 15-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tdi. Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalardagi hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan [...]

PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING NAVRO‘Z BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI SO‘ZI

И.Каримов 1.1 21.03.2016

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Tabiat uyg‘onib, gul-chechaklar ochilib, atrof yashil libosga burkanib borayotgan shu kunlarda yasharish va yangilanish fasli bo‘lmish Navro‘zi olam yurtimizga kirib kelishi bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat va samimiy tilaklarimni izhor etish – men uchun katta baxtdir. Navro‘zi olam barchamiz uchun necha ming [...]

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332