Nega vatanimiz – O’zbekiston, millatimiz – o’zbek, Navoiy esa – buyuk o’zbek shoiri deb ataladi?

Mushtariylar: 25916
Navoiy

O’zbeklar tarix saxnasidagi millat sifatida o’z saflariga ko’plab turkiy urug’larni birlashtirish yoli bilan paydo bo’lganliklari uchun ham, ularnign bag’ri keng va ularga millatchilik g’oyalari begona. Shuning uchun ham bugungi zamonaviy O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elatlarning va’killari tinch va osoyishta hayot kechirmoqdalar. Biroq bunday milliy totuvlik va tinchlikning dushmanlari bo’lgan chet eldagi kuchlar va ularning Ozbekistondagi ba’zi bir tarafdorlari ozbek millati va o’zbek davlatlari tarixini tan olmasdan, uni soxtalashtirishga qaratilgan harakatlar bilan ham shug’ullanib keladilar. Bunday urinishlar qatoriga Alsher Navoiy va boshqa buyuk tarixiy shaxslarimizning o’zbek millatiga mansubligiga gumon bilan qarab, o’zbek yoshlarining kallasini gangitishga hamda ulardagi o’z millati va ajdodlarining buyuk o’tmishidan fahirlanish hissini so’ndirishga hamda ularning ongini “Turkiston regionalizmi” goyasi bilan zaharlashga qaratilgan harakatlarni ham kiritish mumkin. Shuning uchun ham bunday harakatlarga qanday munosabatda bo’lish kerak va ular ma’lum bir tarihiy asoslarga egami? – degan savollar paydo boladiki, ularga javob bermaslikning sira ham iloji yo’q.

     Men buyuk yurt o’g’lidirman, men bashar farzandiman,
     Lekin avval senga bo’lsam sodiq og’lon, o’zbegim.
     Menga Pushkin bir jahonu menga Bayron bir jahon,
     Lek Navoiydek bobom bor, koksim osmon, o’zbegim.
                                                                                 Erkin Vohidov. 

Kirish. “O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri” degan faxriy unvon sohibi va O’zbekiston jurnalistlari uyushmasi “Oltin qalam” mukofatining ham bosh sovrindorlaridan biri bolmish Xurshid Davrondek bir journalist, o’zining “NAVOIY KIMDIR? TURKMI, CHIG’ATOYMI, O’ZBEKMI?”, deb atalgan va Facebookda e’lon qilinib, bir nechta boshqa saytlarda ham kochirib bosilgan maqolasida [1], Turkiyaning oliy dargohlaridan birida ishlaydigan Temur Xo’jao’g'li [2] degan og’asining: o’zbeklar “…Alisher Navoiyni “o’zbek shoiri” deb bilishlari yanglishdir.

Chunki Navoiy 15 asrda, o’zining aytishicha, “Turk” edi va “Turk shoiri” edi. 1920 yilga qadar Turkistonda O’zbek milliy kimligi tushunchasi yo’q edi, biroq O’zbek milliy kimligi tushunchasi sovet davrida yaratildi. 1924 yildan so’ngra o’zlarini O’zbek deb bilgan bugungi O’zbeklar shak-shubhasiz tozaqonli Turkdirlar!”, degan so’zlari yuzasidan:

Temur og’a shaxsan men uchun oydin bo’lgan haqiqatni yozgan… Vaqtu soati kelib, 1924 yilda sodir bo’lgan xato tuzatilsa, O’zbekiston nomi Turkiston nomiga aylansa, yana yarim asr kechib, o’zbeklar yalpi ravishda o’zini turk, turkiy, turkistonli deb his eta boshlasa, Alisher Navoiyning kimligi va kimga mansubligi masalasi o’z-o’zidan yechiladi”, degan, ozining sub’ektiv fikrlarini bildiribdi. Shuning uchun ham Xurshid Davronning bu fikrlari fan nuqtai nazaridan, y’niy tarixiy dalillar asosida isbotlash mumkin bolgan оb’ektiv jihatdan: to’g’rimi yoki noto’g’rimi? ― degan va javob berilishi juda ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan, jiddiy savol tug’iladi. Shuning uchun ham men bu savolga quyidagi sabablarga ko’ra javob berishga qaror qildim.

Tojikiston Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori Rahim Masov (Рахим Масов) boshchiligidagi bir guruh tojik tarixchi-olimlari Rossiya va ba’zi bir boshqa mamlakatlarning Valeriya Andreevaga (Валерия Андреевага) o’xshagan olimlari bilan til biriktirgan holda: O’zbeklar 1924 yilga qadar hech qachon tarixda mavjud bo’lmagan va ular sovet tuzimi davrida tojiklarning bir qismini va kelib chiqishi asli shu millatdan bo’lgan sortlarni ham o’zbeklashtirish orqali yaratilgan sun’iy millatdir; shuning uchun ham Samarqand, Buhoro va O’zbekistonning boshqa ba’zi bir hududlari tojiklarga tegishli va biz ― tojiklar, ularni albatta qaytarib yoki bosib olishmiz kerak, degan va o’z paytida Tojikiston rahbariyati tomonidan ham qo’llab quvvatlangan, g’oyalarni olg’a surib [2-5], O’zbekiston mustaqillikka erishgach 20 yilga yaqin davr moboynida bizning tarixchilarimiz tomonidan qarayib hech qanday jiddiy qarshilikka uchramay, ochiq matbuotda biz o’zbeklarni kamsituvchi, yuqorida qisqacha mazmuni keltirib o’tilgan, o’z tezislarini har tomonlama asoslashga xizmat qiluvchi, ahmaqona maqolalrini e’lon qilib kelishar edilar.

Shuning uchun ham ular, men iqtisodiy masalalarga bag’ishlangan o’zimning ikki qismdan iborat “O’zbekiston: sinovlar, tahdidlar, muammolar va echimlar” [6-7], sarlovhali maqolamning rus tilidagi birinchi qismini Rossiyaning “Kapital straniy” (“Капитал страны”), degan federal internet-nashrida 2010 yil 15 martda e’lon qilganimdan so’ng, unu 130 mingdan ziyod odam o’qib chiqib, o’sha manzilda ulardan tojik va MDHning boshqa mamlakatlarida yashovchi xalqlarning va’killari bo’lgan yuzlab mushtariylar bahs va munozaralar qilgan holda, muhokama qilishni boshlashdilar [6].

Lekin o’z tarixchi-olimlarining uydirmalarini o’zlashtirishga ulgirgan va mening shu maqolam muhokamasida xar-hil laqablar (niklar) ostida pinhona ishtirok etgan yuzlab tojik mushtariylari, biron bir andishani o’ylab ham o’tirmay, o’z “tarixchilari”ni surbetlarcha qo’llab quvvatlab, ulardan ham be’maniroq fikrlarni bildirisha boshlagan edilar.

Bundan tashqari Qozog’iston ziyolilari va rasmiy va’killari tomonidan ham shunga o’xshash hato, shuning uchun ham ahmaqona, lekin O’zbekistonning poytaxti bo’lmish Toshkentdek bizning buyuk poytaxtimiz va ona shaxrimizga nisbatan aniq bir da’volar bilan o’z xalqi ichda soxhta obro’ orttrish orqali Qozog’istonning siyosiy maydiniga qadam bosishga urinayotgan millatchi siyosatchilar ham paydo bo’lgan edi.

Shunng uchun ham menda:

1. Nima uchun Tojikistonlik bir guruh tarixchi-olimlar Rossiya va ba’zi bir boshqa mamlakatlardagi hamkasabalari bilan o’zaro kelishgan holda, o’z paytida Tojikiston rahbariyati tomonidan ham qo’llab quvvatlangan, bunday be’mani g’oyalarni olg’a suradilar? Ularning bu g’oyalari biron bir ilmiy asos va isbotga egami? Agar tojikistonlik tarixchi-olimlarning da’volari asosli va o’zbeklar O’zbekiston SSR Sovet Ittifoqi tarkibida 1924 yilda ittifoqdosh respublika sifatida dunyoga kelganidan keyin sun’iy ravishda yaratilgan millat bo’lsa, unda nega O’zbekiston Respublikasidan tashqarida mavjud bo’lgan boshqa mamlakatlarning, jumladan: Tojikistonning o’zida yashaydigan axolining – 2 millionga, Afg’nistonning – 3 millionga, Qirg’izistonning – 1 millionga, Qozog’istonning – 600 mingga, Turkmanistonning – 300 mingga, Rossiyaning – 300 mingga, Pokistonning – 70 mingga, Turkiyaning – 50 mingga, AQShning – 20 mingga, Xitoyning – 13 mingga yaqin qismi, o’zlarini faqatgina o’zbek millatiga mansub, deb hisoblaydilar?

2. “O’zbek” degan etno-nom (etnonim) va “O’zbekiston” degan topo-nom (toponim) qachon, qaerda va qanday qilib paydo bo’lgan va qachon tarix sahifasidan o’z o’rnlarini egallagan?

3. Nima sababdan va qachon o’zbek millati o’nlab turkiy urug’larni o’zida birlashtiruvchi millat sifatida tarix saxnasida paydo bo’lgan va bu birlashish jarayoni qanday va qaysi geografik hududlarda kechgan?

4. Sohibqiron Amir Temur va uning avlodi, hozirgi Hindiston, Pokiston va Afg’oniston hududlarining asosiy qismini o’z ichiga olgan hamda tarixga Buyuk Mog’ol Imperiyasi nomi bilan kirib XIX asirning o’rtalariga qadar mavjud bo’lgan bu saltanatning Andijonda tug’ilib o’sgan asoschisi, bo’lmish buyuk o’zbek yozuvchisi va shoiri, deb ham ataladigan Zahiriddin Muhammad Boburdek ulug’ zotlar o’z asarlarida qanday ozbeklar to’g’risida o’z fikrlarini bildirganlar? Barlos nomli turkiy urug’dan kelib chiqqan bu tarixiy shaxslar, shu jumladan ularning urugudan bo’lmish Alisher Navoiy, qaysi millatga mansub?

5. “Tojik” degan etno-nom va “Tojikiston” degan topo-nom qachon, qaerda va qanday qilib paydo bo’lgan va qachon tarix cahifasidan o’rin olgan?

6. Sortlar kim va bu atama etno-nommi yoki boshqa ma’noni anglatadimi?

7. Qozoq ziyolilarining poytaxtimiz Toshkent ilgari qozoqlarga qaragan, shuning uchun ham Qozog’iston O’zbekisnondan uni qaytarib olish kerakligi to’g’risidagi da’volari qanday tarixiy va boshqa asoslarga ega? ― degan va boshqa bir qancha muhim savollar tug’ilib, tojikistonlik va boshqa yurtlik tarixchi-olimlar hamda mushtariylar bilan keskin munozaralar jarayonida dunyoga kelib, shu savollarga ilmiy asosda javob beruvchi o’zbeklar va o’zbek davlatlari kelib chiqishi tarixining men ishlab chiqqan yangi nazariyalari dunyoga keldi. Va bu nazariyalarim aks ettirilib rus tilida yozilgan o’zimning MDH mamlakatlarining ko’plab Internet-nashirlarida ham chop etilgan, turkum maqolalrimni e’lon qilib, ularda Tojikistonlik va MDHning boshqa mamlakatlari tarixch-olimlarining bu savollarga berilgan javoblari mutlaqo hato ekanligini va o’zbek millati o’rta asirlarda paydo bo’lgan hamda sobiq Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqan ko’pchilik mustaqil davlatlarning fuqorolariga aylangan asosiy (titul) millatlaridan qadimiyroq ekanligini. Tojiklar esa Tojikiston SSR 1929 yili O’zbekiston tarkibidan ajralib chqib sobiq Sovet Ittifiqining ittifoqdosh respublikalaridan biriga aylanguniga qadar TOJIK MILLATI sifatida va ular asos solib, Tojikiston yoki Tojik xonligi, amirligi, podsholigi va qirolligi, deb atalgan biron bir davlat tarixda ilgari hech qachon bo’lmagan ekanligini.

Tojik’ nomi kelib chiqqan “tazik’ degan atama bilan aslida forslar VIII asrda O’rta Osiyoni istilo etgan arab bosqinchilarini ataganliklarini. Lekin u davrlarda yashagan bizning ota-bobolarimiz (hozirgacha ham qo’ng’irotlar urug’idan bo’lib, Surhandaryo viloyatida yasaydigan o’zbeklar “y” harfini talaffuz eta olmay “j”, deb talaffuz qilishganlaridek), “z” harfini talaffuz eta olmay, uni ham “j’ deb tallaffuz etishganliklari va “a” harfi orniga (hozirgi Andijon viloyati Izboskan tumani To’rtko’l qishlog’i aholisi kabi), o’z nutqlarida ko’pincha “o” harfini ishlatganliklari sababli, arablarga forslar bergan “tazik” degan nom “tojik” atamasiga aylanganligini. Keyinchalik esa bizning turkiy xalqlarimiz o’sha arab bosqinchilarini hasharchilar sifatida yollab, ota-bobolarimizning VIII asrdagi yurtlarini bosib olishda yordamchilar sifatida ishlatgan Fors, Zagros va Hurosonlik forsiyzabon askarlar O’rta Osiyoning o’tiroq aholisiga aylanganlaridan keyin, arablarning o’rniga huddi ana o’sha askarlarning to’dasidan paydo bolgan xalqni – TOJIKLAR, deb atashda davom etganliklarini, men Eron, AQSh va Rossiya olimlarining tadqiqotlari asosida “Encyclopædia Iranica” degan, dunyodagi eng obro’li ensiklopediyalaridan birida ham e’lon qilinib, bu haqiqat hattoki Vikipediyaning bu xalq kelib chiqishiga bag’ishlab e’lon qilingan “Таджики” (“Tojiklar”) degan maqolasida  ham aks ettirilganligini. Mana shu sabablarga ko’ra ham hozir Tojikistonda yashayotgan axolining kopchilik qismi va O’zbekistonda yashagan holda, ularga o’xshab, adashib, o’zlarini tojik millatiga mansub, deb o’ylaydigan davlatimiz fuqoralari ham, aslida, ikki – fors va o’zbek tillarida gaplashadigan o’zbeklar ekanligni, sortlar esa Markaziy O’syoning savdogarlari yoki tadbirkorlari ekanligini, isbot qilib bergan edim.

Bundan tashqari juda ham ishonchli manbalarga tayangan holda qozoqlar ham ilgari, XV asrda, Jonibek va Kerey sardorlari bo’lgan turkiy urug’lar sifatida o’zbeklar safiga kirganliklarini isbot qilib bergan edimki, keyinchalik ularning tarixchi-olimi, tarix fanlari doktori Azimboy Gali buni tan olib: “Qozoqlar ham qachonlardir o’zbek bo’lganlar…”, degan maqola yozishga majbur bo’lgan edi.

Shuning uchun ham Xurshid Davronning, nomi yuqorida tilga olinib, Facebookda e’lon qilingan maqolasida aytgan sub’ektiv fikrlari [5] meni qattiq ranjitdi va uning o’zbek millatiga mansub ekanligi menda jiddiy shubha uyg’tdi. Chunki 30 millionga yaqin O’zbekiston fuqoralarining, o’zlarini o’zbek millatiga mansub, deb qat’iy ishonadigan 80 foizga yaqin bo’lgan qismi ichida Xurshid Davronga o’xshash fikr bildiradigan kimsalarni toppish oson emas…

Mana shunday sabablarga ko’ra ham Xurshid Davronning Internetdagi o’z sayti va Vikipediyada e’lon qilingan tarjimaiy holi bilan tanishib chiqib, u haqiqatan ham o’zbek millatiga mansub emas, balki VIII asrda O’rta Osoiyoni istilo qilgan arablarning ajdodlaridan biri ekanligini aniqlash men uchun qiyin bo’lmadi. Cunki uning o’zi, o’z qo’li bilan yozib, Internetda va o’z saytida e’lon qilgan tarjimai holidan, u onasi tomonidan aslida, hozirgi Namangan viloyatining Kosonsoy shaxridan, lekin kelib chqishi asli arab millatiga mansub odamlar toifasidan bo’lib, XV asrda yashab o’tgan (Xurshid Davron Vikipediada o’z qo’li bilan uning avlodi ekanligini ko’rsatib, yozishicha), islom so’fiylaridan biri sifatida tarixda o’z nomini qoldirgan Maxdumi A’zamning avlodi ekan.

Shunng uchun ham Xurshid Davron Facebookda e’lon qilgan maqolasida Temir Xo’jao’g’li degan, undan farqli o’laroq, to’lig’cha arab millatiga mansub bo’lgan, lekin Turkiyada yashab, o’zining bu masalalarda hamfikri bo’lgan Muhammad Solih to’g’risida maqolalar yozib turadigan, og’asining so’zlarini ma’qullab, uning Navoiy o’zbek millatiga mansub emasligi to’g’risidagi, shaxsan o’zi uchun ilgaritdan oydin bo’lgan ayni haqiqatni aytganligini, bir necha bor takrorlab o’tibdi. Temir Xo’jao’g’lining ham arab millatiga mansub ekanligini aytayotganligimning sababi esa, men o’zimning maqolalarimdan birida isbotlab berganimdek [8], xo’jalarning kelib chiqishi ham arablardan bo’lganligidadir. Chunki xo’jalar XVII asrga qadar payg’ambar Muhammad s.a.v.ning Fotima ismli qizi va jiyani hamda to’rtinchi halifa bo’lmish Ali ibn Abu Taliba r.a.a.dan tarqalgan avlod sifatida – sayyidlar, deb atalganlar.

Buyuk fors tarixchisi Rashid-ad-DinningYilnomalar to’plami” (Jami’ at-tavarix) degan asaridan Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi” (Tarix-i arba ulus) [12], degan kitobiga ko’chib o’tgan rivoyatga ko’ra, turklarga o’z nomini bergan TURK degan shox Bibliya (Injil) va Qur’oni karimda aytib o’tilgan va buyuk to’fondan so’ng tirik qolgan payg’ambar Nuh s.a.v.ning nevarasi bo’lgan ekanligini e’tiborga olsak: Xurshid Davronga o’xshab onasi tomonidan yoki to’lig’icha arab millatiga mansub bo’lgan ziyolilar, nima uchun O’zbekiston nomini tarixdan o’chirish orqali, uning nomini – Turkiston, o’zbek millatini esa – turk millati, deb atashni orzu qilishadi? – degan savolga oydinlik kiritish mumkin. Chunki ular o’zlarining arab millatiga mansub ekanliklarini bilganliklari uchun ham, mana shunday hom hayollar bilan boshqalarni gangitish orqali, o’zbeklarning kelib chiqishini ham o’zlari mansub bo’lgan arab millatiga yoki Nuh s.a.v.ni oz millatlariga mansub deb biladigan Banni Isroil qavmi bilan bog’lash orqali, o’z ko’ngillariga taskinlik toptirmoqchi bo’lsalar ham, ajab emas…

Broq o’zbeklar millat sfatida qachon paydo bo’lganligi, ularning tarkibiga qaysi turkiy urug’lar kirishi va shu jumladan: ― Alisher Navoiy o’zbek millatiga mansubmi yoki yo’qmi? ― degan savolga javob berish uchun, O’zbekiston fuqorosi bo’lsalar-da, ammo o’zbeklar va o’zbek davlatlarining kelib chiqishi tarixini o’zbek sivilizatsiyasi mavjud ekanligi, mening bu masalalarga bag’ishlangan maqolalarim bilan tanish bo’lmaganliklari va Si Tszinpinning o’zbek svilizatsiyasi to’g’risida bildirgan bayonatini ko’rmagan va eshitmaganliklari, agar eshitgan bo’lsalar uni tushinmaganliklari yoki tushinishni istamaganliklari uchun, mutlaqo bilmaydigan. Lekin bunday holni bizdan yashirib, oddiy xalq ichida o’zlarini hattoki o’zbeklarning “oqsuyaklari” deb atashdan ham toymaydigan, arab va boshqa millatlarga mansub. Ammo o’zbek va rus tillarida ijod qiladigan shoir, yozuvchi, jurnalist va hattoki tarixchilardan farqli o’laroq men, o’zbek millatiga mansub tadqiqotchi sifatida, bu masalalarga o’zimning ilgari e’lon qilingan maqolalrimda, zamonaviy fan nuqtaiy nazaridan ilmiy asoslangan. Y’niy Xurshid Davronning sub’ektiv fikrlaridan farqli o’larog, ob’ektiv asosga ega bo’lgan fikrlarimni yanada lo’ndalashtirib, bu masalaga javob berish uchun, boshqa tadqiqodchi-olimlar ham, oddiy mushtariylar ham, oldin: urug’, qabila, etnos, elat, millat, svilizatsiya va shu masalalarga ta’lluqli tegishli fanlardagi boshqa hokozo tusunchalarga, jahon va o’z tarixiy tajribamizdan kelib chiqqan holda berilgan (kerak bo’lsa boshqa mutahassislar tomondan yanada boyitilishi mumkin bo’lgan), mening yangi ta’riflarim asosida o’rganishlari va bilishlari kerakki, shundan keyingina biz bu masalalrda haqiqatni aks ettiruvchi aniq bir to’htamga kelishimiz mumkin ekanligini, ta’kidlamoqchiman.

Chunki bunday tushunchalar va ularga berilgan ta’riflarni o’zimizning va boshqa xalqlarning tarixiy tajribalaridan kelib chiqqan holda qayta ta’riflab va tarixiy dalillarga qat’iy tayangan holdagina oldimizda paydo bo’layotgan tarix sohasidagi murakkab savollarga javob berishimiz va ularning to’gri yoki noto’g’ri ekanliklarini mana shunday ilmiy asosda tahlil qilish orqali, isbotlab berishimiz mumkin. Aks holda bu sohadagi har qanday baxs va munozaralarni, shu jumladan Xurshid Davron xech qanday tarixiy dalil va isbotlarga hamda ta’riflarga asoslanmay Facebookda tashkil qilgan baxs va munozaralarini ham [1], bu masalalrni yaxshi bilmaydigan hamda asosan o’zlarini o’zbek millatiga mansub deb bilmaydgan odamlar o’rtasida olib borilayotgan; Vatanimiz va qo’shni mamlakatlarda, shu jumladan Afg’oniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda ham o’sib ulg’ayayotgan o’zbek yoshlarining kallasini gangitishga hamda ulardagi o’z millati va ajdodlarining buyuk o’tmishidan faxirlanish hissini so’ndirishga xizmat qiladigan; matbuot organlari va ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston va o’zbek millatiga qarshi Vladimir Jirinovskiyga o’xshagan Rossiya hamda qo’shni davlatlarning johil siyosatchilaridan dunyonining boshqa reaktsion va ekstrimistik markazlari tomonidan uyishtirilib, ularga tariximizni sohtalashtirish orqali xizmat qilishga bel bog’lagan akademik Rahim Masov va Valeriya Andreevaga o’xshagan tarixchi-olimlar olib borayotgan jirkanch axboriy (information) urush, ya’niy g’oyaviy kurash sohasidagi dushmanlarcha safsatalarini targ’ib qilishga qaratilgan, juda ham zararli mafkuraviy harakat va kurashdan boshqa hech narsa emas, deb baholash mumkin holos.

Shuning uchun ham endi men ushbu maqolaning asosiy mazmuniga o’tar ekanman, unu:

1. O’zbek millatining kelib chiqishi va shu jumladan Alisher Navoiyga o’xshgan tarixiy shaxslarni o’zbek millatiga mansub ekanligini isbotlash uchun fandagi: urug’, qabila, elat, etnos, millat va svilizatsiya tushunchalariga berilgan eski va yangi tariflar qanday xizmat qilishi mumkin?

― degan savollarga javob berishdan boshlamoqchiman.

Men o’zimning rus tilida yozilgan “O’zbek svilizatsiyasi – bu to’g’rida Xitoy rahbari Si Tszinpin gapirdu” [9], degam maqolamda svilizatsiya tushunchsiga fanda berilgan ta’riflarning umumlastirilgan qisqacha mazmunini keltirganman. Shuning uchun ham bu maqolam hali o’zbek tiliga tarjima qilinmaganligi uchun, undan ushbu maqola uchun kerakli bo’lgan ba’zi bir asosiy fikrlarnigina tarjima qilib, ularni urug’, qabila, elat, etnos va millat tushuncalariga fanda berilgan ta’riflarni umumlastirib, o’zimizning va boshqa xalqlarning tarixiy tajribasidan kelib chiqqan holda qayta ta’riflab, tegishli hulosa chiqarganimizdan keyingina, bu maqolada ham keltirish maqsadga muvofiq boladi deb o’ylayman.

Chunki men o’z maqolalrimda ko’plab tarixiy manbalarga va ularga kritirilgan 10 dan ziyod ro’yxatlarga tayangan holda: o’zbeklar 92 turkiy urug’lardan tashkil topgan millatdir, degan tezisni isbotlab, bunday milliy konsolidatsiya (birlashish yoki birlashma ma’nolarida o’zida jamiyatning holati va unda kechayotgan jipslashish va mustahkamlanish jarayonlarini ham aks ettiruvchi tushunca) tarkibiga qaysi turkiy qabila va urug’lar kirishini aniqlash va mavjud ro’yxatlarni tahlil qilish orqali faqatgina ularning alifbo tartibidagi asosiy ro’yxatini ilmiy asoslangan holda tuzish bilangina kifoyalanib qolmay. Shu bilan bir qatorda tarix fani menga qadar sira ham javob berishga urinib kormagan, agar uringan bo’lsa javob topa olmagan va ushbu maqolaning kirish qismida sanab o’tilgan va boshqa bir qancha muhim savollarga ham ilmiy asosda javob berishga harakat qilgan edim.

Mening fikrimga ko’ra o’zbek millatinign kelib chqishi (etnogenezi) masalalrini o’rganish va tahlil qilishda, arabcha bo’lgan “qabila” atamasi bilan bog’liq tushunchadan foydalanishga hojat yo’q. Chunki fanda bu tushuncha sivilizatsiyaga qadar bo’lib o’tadigan o’ta qoloq va vaxshilik (varvarlik) davri bilan bog’liq salbiy ma’noga ega tushuncha sifatida qattiq tanqid ostiga olingan va olimlar tomonidan uni qo’llashdan voz kechish kerakligi to’g’risidagi takliflar kritilgan.

Turkiy “el” va shu asosda paydo bo’lgan “elat” tushunchasi esa arabchadan tilimizga kirib kelgan “millat” (lotincha ekvivalenti natio – xalq, ruscha esa – natsia) tushunchasiga yaqin. Lekin “millat” tushunchsuni biz  Evropa mamlakatlaridagi “siyosiy millat” tushunchasiga yaqin tushuncha sifatida talqin qilib, unga tirkalgan millatbu industrial davr maxsuli, deb, tagiga chizib ko’rsatilgan, qisqacha umumiy ta’rifni olib tshlagach, tarixiy darsliklarda keltiriladigan: ― “millat ma’lum bir hududda muqim yashab, taruxiy taraqqiyot davomida rivojlanib kelgan odamlarning ma’naviy-ruhiy birligining vujudga kelishi asosida tashkil topadi”, ― degan, sovet tuzimi davrida bizni O’zbekistonning hozirgi hududiga mahkam bog’lab qo’yishga mo’ljallangan va shuning uchun ham mutlaqo hato ta’rifdan voz kechishimiz kerakki, shundan keyingina:

Faqatgina o’z davlatiga ega bo’lgan, yagona tilde so’zlashuvchi (gaplashuvchi) madaniyati ham bir hil yoki bir-biriga juda ham yaqin bo’lgan, bitta yoki bir nechta hududlarda tarqalgan holda yashovchi hamda boshqa jihatlardan birlshgan qardosh urug[-aymoq]lardan tashkil topgan xalqgina shu davlatning asosiy fuqarolarini tashkil etuvchi [siyosiy] MILLAT bo’la oladi va bunday MILLAT tarixiy rivojlanish davrida o’z davlatini va yashayotgan hududini kengaytirishi yoki (yrish va janjallar oqibatida)  ularning bir qismini yoki hammasini yo’qotishi natijasida, shu hududlarda yangitdan paydo bo’lgan boshqa davlatlar hududlarida ham qolib ketishi va yashashi yoki boshqa millatlar tarkibiga kirib, ularda kechgan va kechayotgan assimilatsiya jarayonlari oqibatida, ularga singib, tamoman yo’qolib ketishi ham, mumkin, – degan ta’rif bersak, bu ayni muddao va millat tushunchsi to’g’risidagi tarixiy haqiqatni o’zida aks ettira olgan, ilmiy ta’rif bo’ladi.

Shu nuqtaiy nazardan kelib chiqqan holda endi ELAT tushunchasiga: ELAT (El) ― bu bur tilde so’zlashuvchi (gaplashuvchi), madaniyati bir va ma’lum hududda yashaydigan hamda boshqa jihatlardan birlashgan va o’z siyosiy tuzilmasiga ega bo’lgan, lekin hali o’z mustaqil davlatiga ega bo’lmagan yoki uni har-xil tarixiy jarayonlar (urish va janjallar) natijasida yo’qotib qo’ygan qardosh urug’[-aymoq]larni jipslashtirgan ma’lum bir axoli to’plamidan iboratdir, ― degan ta’rif  bersak, bu ham juda to’g’ri va o’zida tarixiy haqiqatni aks ettira olgan ilmiy ta’rif bo’ladi, degan fikrdaman.

ETNOS tushunchasi to’g’risida gapirilganda biz Lev Gumilev yaratgan Etnogenezning passionarlik nazariyasidagi kerakli tushunchalarga asoslanib ish tutishimiz maqsadga muvoffiq bo’ladi degan fikrdaman. Chunki bu nazariyaga asosan O’ZBEK MILLATINI etnos sifatida qabul qiladigan bo’lsak, umumiy TURKIYLIKka biz superetnosga bo’lgandek munosabatda bo’lishimiz mumkinligi uchun, o’zbeklarni tashkil etuvchi 92 turkiy urug’lardan ajralib chiqib, millat va elat ko’rinishini olgan etnoslarga nisbatan bo’ladigan o’z munosabatlarimizni ham, aynan shunday asoslarda qurishimiz mumkin. Ya’niy, ularga nisbatan o’zbek millati CUPERETNOS sifatida tarixiy, siyosiy va xalqaro maydonga chqadi

Lekin bu masalada, unday bo’lsa: Turkiyadagi rasmiy ravishda “TURK MILLATI” deb ataladigan xalqning Markaziy Osiyodagi bizning ramziy Vatanimiz bo’lgan Turkiston turklariga nisbatan munosabati qanday etnik ko’rinish oladi? – degan yana bir, juda ham qiziqarli savol paydo bo’ladi. Albatta TURKIYA TURKLARIGA biz ETNOS sifatida qaraydigan bo’lsak Turkiston TURKLARI  tarxiy, siyosiy va xalqaro maydonga SUPERETNOS  sifatida chiqisi to’g’risidagi hulosaga kelish qiyin emas.

Shuning uchun ham bunday rasmiyatchilik asosida paydo bo’lgan muammoni TURKIYA TURKLARINI, biz, birinche o’zbek davlati bolmish XIV asr O’ZBEKISTONiga o’z nomini berib, uning asoschisi bo’lgan O’zbekxon sharafiga – O’ZBEK, deb atalganimizdek, ular ham O’smon Imperiyasi davrida, y’niy 1299 yili hokimiyat tepasiga kelgan Osmon I Gazi (turkcha Gazi Osman Paşa, Birinci Osman) sharafiga – O’SMONLAR, deb atalgan bo’lganliklari uchun, ularni shu nom bilan atashda davom etish yo’li bilan echib, bu masaladagi paradoksdan qutilish mumkin bo’lar edi, degan fikrdaman.

Cunki men globalizatsiya va regionalism g’oyalari bilan bog’liq dunyodagi iqtisodiy va siyosiy muammolarni o’rganib, bu masalalarga o’zining doktorlik dissertatsiyasiga asos bo’lgan monografiya va qator ilmiy asarlarini bag’ishlagan mutahassis sifatida, Markaziy Osiyodagi turkiy davlatlarning chuqur integratsiyasini nazarda tutuvchi “Turkiston regionalizmi” g’oyasi, Evroittifoq va Evroosiyo ittifoqi kabi,  kelajagi yo’q yoki bunday kelajakka gumon bilan qarash mumkin bo’lgan loihalardan biri sifatida, o’z mustaqilliklariga erishganliklariga hali chorak asr ham bo’lmagan, endigina rivojlanih yo’liga o’tib, o’zlarining yangi davlatlari qurilishini hali to’liq nihoyasiga etkizib ulgurmagan mamalakatlar qatoriga kiruvchi Markaziy Osiyoning bunday davlatlari uchun, nafaqat mutlaqo dolzarblikka (aktuallikka) ega bo’lmagan, balki juda ham zararli g’oya, deb hisoblayman.

Shuning uchun ham men Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Evroosiyo Ittifoqi tuzish taklifi bilan chiqib “Izvestiya” (“Известия”) gazetasida 2011 yilning 3 oktyabrida o’z maqolasini e’lon qilganidan so’ng, hozir IA REGNUM internet-nashining bosh muharriri bo’lib ishlayotgan M.Zaxarova honimning bu taklifga munosabat bildirishimni so’rab qilgan murojaatiga asosan rus tilida yozilgan, o’zimning “RFning Rus Respublikasini tuzishni va Evroosiyo ittifoqini O’zbekiston deb atashni taklif qilaman”, degan maqolamni e’lon qilgan edim.

Insoniyat urug’-aymoqlar va boshqa har-xil ijtimoiy hamda siyosiy qatlamrdan tashkil topgan holda qadim zamonlardan beri mavjud bo’lgani holda: etnos, super etnos, elat, millat (natio), svilizatsiya va shunga o’xshash boshqa tushunchalar Evropa, sovet ittifoqi va boshqa mamlakatlarning olimlari tomonodan fanga XIX-XX asrlardagina joriy qilinganligi sababli, bu davrlardan ancha oldin yashab o’tgan buyuk tarixiy shaxslar qaysi millatga mansubligi to’g’risida har-xil, ko’pincha bir-biriga mutlaqo zid va munozarali fikrlar mavjudligi ucun, bunday shaxlarning millatini aniqlashda:

― Buyuk tarixiy shaxslar kelib chiqqan urug’[-aymoq] hozirgi zamonda qaysi millat safiga kirsa, bu millat tarix sahifasida qachon va qanday paydo bo’lishidan qat’iy nazar, mana shu millatga mansub, deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham buyuk tarixiy shaxslarning qaysi millatga mansub ekanliklarini aniqlash uchun ular qaysi urug’dan ekanligi va bu urug’[-aymoq] tarxiy xujjatlar va manbalarda qayd qilingan hamda xozirgi davrga qadar mavjud bo’lgan qaysi millat safiga kirishini aniqlash orqali, belgilanadi, ― degan qoidaga amal qilish zarur, deb hisoblauman.

SVILIZATSIYA tushunchasi esa (lotincha sivis ― fuqoro va sivilis ― fuqoroviy va davlatning, degan ma’nolarni anglatib) ― bu:

― o’ziga hosligi ijtimoiy va madaniy sabablar bilan farovon va uzoq muddatdan beri mavjud bo’lgan mamlakatlar va xalqlar hamjamiyati tarixiy vaqtning asosiy o’lchov birliklaridan biridir;

― odamlar madaniy birligining eng yoqori cho’qqisi va insonni boshqa biologic mavjudotlardan ajratib turuvchi hamda eng keng ma’nodagi madaniy o’zligini belgilovchi darajadir;

madaniy jihatdan hamma o’zini o’z uyidagidek his qiladigan va boshqalardan ajrata olishi natijasida o’zligini anglay oladigan eng kata “biz” deganidir.

Bu tushuncha umumiy ob’ektiv bo’lgan til, tarix, din, urf-odat, ijtimoiy ustqurtma (institutlar) va odamlar uchun cub’ektv bo’lgan o’zligini anglash orqali o’z ma’nosiga ega bo’lady.

Bundan tashqari svilizatsiya, xar-hil boshqarish usullariga ega bo’lgan: shaxar-davlat, imperiya, federatsiya, konfederensiya, milliy va ko’pmillatli davlatlardek siyosiy tuzilmalarni, o’z ichiga olishi mumkin.

Ilmiy manbalarni o’rganish orqali insoniyat tarixida 12 tagina svilizatsiya mavjud bo’lganligini tan olish to’grisidagi kelishuv mavjudligini bilishmiz mumkin. Biroq ulardan mesopotam, misir, klassik (mumtoz), vizantiya, markaziy-amerika va and svilizatsiyalari tarix maydonlaridan allaqachon o’chib ketgan. Lekin ulardan xitoy, yapon, hindu, islom va g’arb svilizatsiyalari, deb ataladigan 5 tasi, haligaca mavjud.

Lekin, yuqorida ta’kidlab o’taganimdek, Xitoy Xalq Respublikasining raisi Si Tszinpin (Xi Jinping) Davlat tashrifi bilan O’zbekistonga kelgach, 2013 yil 8-10 sentyabrda mamlakatimizda bolib, 9 sentyabr kuni o’zining bu tashrifi yakunlarigi bag’ishlab dunyo ommoviy axborot vositalari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan birgalikda o’tkazgan yakunlovchi briffingi chog’da, shunday yuqori darajada va xitoy olimlarining hulosalariga tayangan holda, o’zining O’ZBEK SVILIZATSIYASI mavjud ekanligi to’g’risidagi, mening o’zbeklar va o’zbek davlatlarining kelib chqishi tarixi yuzasidan yaratgan yangi nazariyalarim bilan ham o’z isbotini topa oladigan, g’oyasini bayon qilganini o’z qulog’im bilan eshitib va teleekranda ko’rib, bundan men, o’zbek millatiga mansub bir oddiy vatanparvar inson va tadqiqodch sifatida, qalbim faxr va iftixorga to’lib, boshm osmonga etgan edi. Chunki men o’zimning, hozirgacha ham Xitoyda hukm surayotgan sotsialistik tuzimga o’xshash bo’lgan o’tmishimizdan, bunday tuzim sharoitida shunday buyuk mamlakat Kommunistik Partiyasi va davlatining rahbari bo’lmish Si Tszinpin, bunday jiddiy masalalar to’g’risida hech qachon tarixiy dalillar asosida o’z isbotini topa olmaydigan fikrlarni xalqaro maydon darajasidagi yuksak minbardan aytmasligini, yaxshi bilaman.

Biroq Xitoy Xalq Reapublikasining raisi Si Tszinpinning O’zbekistonga qilgan rasmiy tashrifini yoritgan nafaqat chet el ommaviy axborot vositalari, balki o’zbekistonlik jurnalistlar va bu masalalarni o’zlari yoritishga xizmat qilishi kerak bo’lgan tarixchi olimlar va ularning ishlarini muvofiqlashtirib turgan davlat idoralarining va’killari ham, bu muhim tarixiy voqiea to’g’risida lom-mim demadilar…

Shuning uchun ham men bunday voqieadan ajablanib, Si Tszinpin UZBEK SVILIZATSIYASI to’g’risida bayonat berganligini o’zim yoritishga qaror qilgach, bunday olamshumul voqie haqiqatan ham sodir bo’lganligini tasdiqlovchi video-xujjat, ya’niy dalil-isbot mening ixtiyorimga tushgachgina: “УЗБЕКСКАЯ ЦИВИЛИЗАЦИЯ ― О НЕЙ ГОВОРИЛ ЛИДЕР КИТАЯ СИ ЦЗИНЬПИН” (“O’zbek svilizatsiyasi – bu to’g’rida Xitoy rahbari Si Tszinpin gapirdu”) [9], deb nomlangan va, nafaqat men o’zim bosh muharriri bo’lgan internet-jurnalida, balki runetning ko’plab internet-nashirlari va ijtomoiy tarmoqlarining sahifalarida ham e’lon qilingan, maqolamni yozgan edim.

Endi yuqorida keltirilgan tushunchalar va ularga berilgan ta’riflar hamda tarixiy shaxslarning millatini aniqlash to’g’risidagi qoida va mening yangi tarixiy nazariyalarim nuqtaiy nazaridan o’zbeklar va o’zbek davlatlarining kelib chiqishi tarixiga qisqa bir nazar tashlasak, undan tarixiy manbalar bilan to’liq tasdig’ini topa oladigan quyidagi savollarga ham javob beradigan ma’lumotlarni bilib olishimiz mumkin.

2. “O’zbeklar” degan atama, “o’zbek etno-nomi va “O’zbekiston” degan topo-nom qachon, qaerda va qanday qilib paydo bo’lgan va qachon tarix sahifasidan o’z o’rinlarini eganllagan?

Men bu savollarga asli rus tilida yozilib, o’zbek tiliga o’zim: “Ozbeklar – turk xalqlarining zodogonlari, sortlar esa – Markaziy Osiyoning tadbirkorlari”, deb tarjima qilib e’lon qilingan maqolamda [11], batafsil javob berishga harakat qilganman. Shuning uchun ham bu maqolada qisqacha qilib shuni aytmoqchimanki, “o’zbek” degan atama urug’, elat va millatning nomi emas, balki har-xil davlat arboblarining ismi sifatida, XIV asrga qadar ham mavjud bo’lgan. Broq bu atama millatimiz nomiga aylanishining asil sababi quyidagicha.

Chingisxonning katta o’gli bo’lgan, rus tilida Djuchi (Джучи), o’zbek va boshqa turkiy tillirda yuqorida aytib o’tilgan sabablarga ko’ra no’to’g’ri talaffuz qilinganligi tufayli – Jo’chi (yoki Jo’ji) ismi bilan va shuning uchun ham uning o’z nomi bilan Jochi Ulusi deb atalgan davlatning birinchi hukmdori sifatida tarixdan o’z o’rnini egallagan. Uning onasi – Bo’rte, QO’NG’IROT nomli, otasi – CHILGIR BOQO ismli bahodir esa – MARKIT (merkit) nomli, hozirgi o’zbek millati safiga kiruvchi turkiy urug’lardan bo’lishib, qonuniy nikohdan o’tganlar.

Lekin xomilador bolgan Bo’rte, kelin sifatida kuyov bo’lmish Chilgir-Bokoning uyiga ko’chirilayotgan paytda, bunday holatdan behabar va u davrlarda qaroqchilik bilan ham shug’llangan  yosh Temuchin (Chingishon) tomonidan o’z eridan tortib olingan. Bu voqieadan ma’lum vaqt o’tgach esa, Bo’rte yo’lda ko’z yorganligi sababli Chilgir-Boqoning zurriyotidan tug’ilgan chaqaloq (Mirzo Ulug’beknng “To’rt ulus tarixi” degan asarida aytilganidek) “Yo’ldan kelgan mehmon” [12], degan ma’noni anglatuvchi va to’gri talaffuz qilinganda, aslida bizning eski va zamonaviy tilimizda ham bir hil ― YO’LCHI, deb yangraydigan ism bilan atalgan. Shuning uchun ham u buyuk Chingishon tomonidan o’zining to’ngich farzandi sifatida tan olingan bo’lsa ham, lekin u bilan ona bir, biroq ota boshqa hamda begona ukalari tomonidan tan olinmay, begona o’g’illigicha qolib, na uning o’zi, va na uning avlodlaridan birontasi, Mo’g’il Imperiyasining hukmdori bo’la olmagan.

Lekin Jo’chi Ulusining birinchi hukmdori Yolchi (Jo’chi) avlodlaridan eng buyugi bo’lmish O’zbekhon (1283 — 1341), shu Ulus hokimiyati tepasiga kelgach (1311-1341), o’sha davrdagi an’analarga ko’ra bu davlat uning sharafiga O’zbek Ulusi, Mamlakat-i-o’zbeki va O’zbeklar mamlakati, ya’niy O’ZBEKISTON, deb atala boshlangan davrdan e’tiboran, yanada kuchayib, butun dunyoga mashhur bo’lib ketgan. Shuning uchun ham bu davlat va uning hukmdori bolmish O’zbekxon bunday kata obro’e’tiborga ega bo’lib ketganligi o’sha davrning arab, fors, turkiy xalqlaridan va evropaliklardan iborat bo’lgan buyik tarixchilar asarlarida aks ettirilgan. Biroq bu tarix saxnasida birinchi bo’lib paydo bo’lgan ko’pmillatli o’zbek davlatida O’ZBEKlar, deb atalgan uning fuqorolari millat sifatida emas, balki o’z podshosi nomi bilan atalgan, yaponlarda VIII asrda paydo bo’lib ― samuraylar, ruslarda esa XVII asrda paydo bo’lib ― dvoryanlar, deb atalgan, harbiy zodogonlar qatlamiga o’xshagan va ulardan farqli o’laroq o’z saflariga: xon, beklarbek, amirlar, beklar, bohodirlar, mingboshilar, yuzboshilar va o’nboshilardan tashqari, oddiy askarlarni ham kiritgan, harbiy zodogonlar va feodallar qatlami sifatida tarix saxnasida paydo bo’lgan, desam, aynu haqiqat bo’ladi. Chunki bu haqiqatni isbot etish uchun, men o’zimning yuqorida nomi tilga olingan [11] va boshqa maqolalarimda ko’rsatib o’tilgan manbalarda keltirilgan va ularda ko’rsatishning iloji bo’lmagan boshqa juda ham ko’p tarixiy ma’lumotlar, yaqqol dalil bo’lib xizmat qila oladi.

Shuning uchun ham bu davrda O’ZBEK atamasi O’zbekxon tuzgan, tarixda Buyuk Davlat deb ham atalgan, lekin aslida O’ZBEKISTON degan nomga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan davlat tomonidan o’z harbiy zodogonlariga berilgan umumlashgan ZODOGONLIK FAXRIY UNVONI bo’lgan, deyishga ham barcha asoslat bor [11, 13].

Shuning uchun ham Xurshid Davron o’zining yana bir necha jiddiyroq maqolalarida, jumladan o’z saytida e’lon qilgan: “O’zbek atamasining kelib chiqishi bilan bog’liq bir farazning to’rt kishi tomonidan aytilishi haqida”, degan maqolasida bildirgan: “… bugungi kunda “o’zbek” etnonomi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manba’larda aksariyat bu atamani bepayon Dashti Qipchoqda kochmanchilik qlgan turk-mo’gil urug’larning ayrim o’zlarini erkin, hech kimga bo’ysinmagan deb bilganlari sababli “o’zbek”, ya’niy “o’ziga bek” deb da’vo qilinsa, yana bir guruh olimlar Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqan deb yozishlari asossiz ekanligi va bu ism juda qadimdan mavjud ekanini, demak, “o’zbek” ildizini ham olisdan izlash lozimligini uqtirib o’tishdan iborat”, degan fikrlari ham, mutlaqo noto’g’ri, deb hisoblayman.

 Shunday sabablarga ko’ra ham Xurshid Davron va unga o’xshagan boshqa muallitlarning bu masalaga bag’ishlangan maqolalarini ham o’qib, ularda va sovet tuzumi davridagi tarix darslikarida Oltin O’rda to’g’risida so’z yuritilishini biladigan mushtariylarda:

3. O’zbekxon hukmronlik qilgan davlat tarixiy manbalarda O’zbekiston emas, balki Oltin O’rda, deb atalib Mo’g’il Imperiyasiga qaragan deyiladi-ku: bu davlatga shundau munosabat, nima – to’gri emasmi?

― degan savol tug’lishi ham tabiy bir holder.

Bu savolga men yuqorida nomi tilga olingan maqolamda [11] bayon qilingan tadqiqotlarim natijalari asosida: ― Ha, o’sha davlatni Oltin O’rda deb atsh mutlaqo noto’gri va juda kata hato! ― deb ishonch bilan javob bera olaman. Chunki o’zlarini rus millatiga mansub deb hisoblagan sovet va rossiyalik tarixchi-olimlar, tojikistonlik o’z kasbdoshlariga o’xshab, Rossiya davlatchiligi tarixini va rus millati kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan tarixiy manbalarni bir necha marta soxtalashtirib, qayta yozganlar va hozir ham bu ishni davom ettirmoqdalar. Shuning uchun ham Sovet Ittifoqi davridagi va hozirgi Rossiya hamda O’zbekistonda tarix bo’yicha tasdiqlangan asosiy darsliklarda XIV asrda O’zbekxon tuzgan va tarkibiga sovetlar tuzomi paytidagina “Rus knyazliklari” deb atalgan viloyatlar ham kirgan O’ZBEKISTON va u hokimiyat tepasiga kelgunga qadar Yo’lchi (Jo’chi) Ulesi deb atalgan davlat, uning bobosi bo’lmish Mangu-Timur (1266—1280) hukmronlik qilgan davrdayoq Mo’g’il Imperiyasidan to’liq ajralib chqib, o’zining davlat mustaqilligiga erishganligi; Mangu-Timur hamda Chig’atoy va Ugede Uluslarining xonlari Borak va Xaydu 1269 yili Talas vodiysida o’tkazilgan quriltoyda bir-birlarini mustaqil davlatlarning hukmdorlari  sifatida, tan olganliklari va bu ittifoqni ular, agar o’zlari erishgan bu mustaqillikka Mo’g’il Imperiyasining o’sha davrdagi buyuk xoni Xubulay qarshi chiqdigan bo’lsa, unga bas kela olish maqsadini ko’zlab tuzganliklari to’g’risidagi ma’lumotlar, mutlaqo aks ettirilmagan.

Hozirgi zamonaviy o’zbek davlati ham XIV asrda O’zbekxon tuzgan va uning sharafiga O’ZBEKISTON deb atalgan birinchi o’zbek dablati sharafiga o’zining o’zbek tilidagi Asosiy qonunida Sovet Ittifoqi davrida ham, mustaqillik davrida ham ― O’zbekiston, deb atalishi va yozilishi mumkin bo’lgan O’zbekiston SSR va O’zbekiston Respublikasi, degan nomlar bilan atalgan. Biroq XIV asr O’zbekistonining nomi, atayin bo Buyuk Davlatning nomini tarix sahifasidan o’chirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan tarix soxtakorlari tomonidan Moskva va butun Rus shoxi, deb ham ataladigan, lekin o’zbeklarni tashkil qiluvchi 92 turkiy urug’lar safiga kiruvchi QIYOT urug’idan bo’lgan, o’sha XIV asr O’zbekistonining beklarbeki sifatida tarixga kirgan Mamayning nevarasi bo’lmish Ivan Grozniy 1552 yili Qozonni bosib olganligini butun dunyoga olamshumul g’alaba sifatida taqdim etish. Bu podshoni uluglsh hamda uning onasi ham, Mamayning qizi bo’lganligi uchun asli o’zbeklarga mansub bo’lganligini uning boshqa millat va xristian  diniga mansub bo’lgan fuqorolaridan yashirish maqsadida 1564-1566 yillarda yozilib ― “Qozon tarixi” (“Казанская история”), deb atalgan tarixiy-publististik asarda, o’sha birinchi o’zbek davlatining ohirgi xoni To’xtamishxon boshchiligidagi harbiy kuchlarni Cohibqiron Amir Temur o’z harbiy kuchlari bilan tor-mor keltirgach, qulaganudan qarayib 170 yil o’tganidan so’ng ZOLOTAYA ORDA (OLTIN O’RDA),  deb atalganligi uchun ham, uning o’rniga kelgan va tomirlarida o’zbeklarning qoni ham oqqan boshqa [rus] podsholari o’zlarini unga o’xshab tutib, bu davlatni shu nom bilan atashda davom eta boshlaganlar. Shuning uchun ham bu Oltin O’rda degan nom tarixiy va adabiy manbalarning asosiy qismida saqlanib, ulardan Sovet Ittifoqi, bu Imperiya tugaganidan keyin esa, uning o’rnida paydo bo’lgan barcha mustaqil davlatlarda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida nashir qilinayotgan darsliklarga ham ko’chib o’tib, ularning tarixchi-olimlari va Xurshid Davronga o’xshagan shoir va yozuvchilarning adabiy asarlarida ham aks etib kelmoqda.

Men esa bunday tarix soxtakorlariga qarshi ochiq matbuot sahifalarida hozirgacha bitta o’zimgina kurashib kelmoqdaman, desam hato bo’lmaydi. Bu kurashda O’zbekiston tarixchilari va boshqa ziyolilari menga yordam berish o’rniga, ulardan jurnalist va shoir Xurshid Davronga o’xshab, o’zbek millatiga to’liq mansub bo’lmaganlarigina emas, balki o’zlarini o’zbek millatiga mansub deb biladiganlari ham, menga yordamlashib, bunday tarixiy adolatsizlikka qarshi birga kurashish o’rniga, O’zbekustondan qarayib chorak asr oldin qochib ketib, o’zlarini “o’zbek myholifati” va “Turkiston regionalizmi” tarafdorlari sifatida ko’rsatuvchi Muhammad Solihga o’xshagan muhojirlar kabi tutib, menga qarshi chiqishga va men blan kurashishga harakat qiladirlar-ki, bunday holat meni juda ham ta’jubga solidi.

Albatta mening boshqa maqolalarim va ularda aks ettirilgan o’zbeklar va o’zbek davlatlari kelib chiqishining yangi tarixiy nazariyalari bilan tanish bo’lmasdan, bunday fikrlarimni birinchi marta ushbu maqolaladagina o’qiyotgan mushtariylarda, unday bo’lsa:

4. XIV asrdagi birnchi O’zbekistonda qaysi til davlat tili bo’lgan?

― degan savol tug’lishi ham mumkin.

Xushid Davron bu mening maqolamda tanqid ostiga olinayotgan o’zining Facebookda e’lon qilingan maqolasi sarlavhasidan o’rin olgan: “NAVOIY KIMDIR? TURKMI, CHIG’ATOYMI, O’ZBEKMI?”, degan savollarni o’rtaga tashlab, va ularda CHIG’OTOU nomli millat ham bor ekanda degan, mutlaqo hato hulosa chiqarilishiga ham sababchi bo’lib, tarixiy masalalarda malakasi etarli bo’lmagan journalist ekanligini ham yaqqol korsatgan. Chunki Xurshid Davron tarixda Chingishonning, QO’NG’IROT nomli turkiy urug’dan bo’lmish Bo’rte ismli eng sevimli rafiqasidan dunyoga kelgan haqiqiy [ikkinchi] o’g’li bo’lmish Chig’atoyga (1185—1242) uning o’zi tomonidan in’om qilingan va O’rta Osiyo va Xitoyning hozir uyg’urlar yashaydigan hududlarining ham ancha qismini o’z ichiga olib, poytaxti oldin, 1222-1266 yillarda ― Olmaliq, 1266-1370 yillarda esa ― Samarqand shaxarlarida bo’lgan va uning nomiga Chig’atoy Ulusi, deb atalgan dablat mavjud bo’lib, uning davlat tilini keyinchalik rossiya va sovet olimlari “chig’atoy tili”, deb atagan bo’lsalarda, lekin hech qachon CHIG’ATOY MILLATI bo’lmaganligiday, oddiy bir haqiqatni bilmaganligi uchun ham bunday be’mani va mutlaqo o’rinsiz savolni o’rtaga tashlagan, degan fikrdaman.

Chunki men o’zimning o’zbeklar va o’zbek davlatlarining kelib chqishi tarixiga bag’ishlangan nazariyalarim aks etgan maqolalarimda, bu masalani chuqur o’rganib ― mutlaqo hato tarzda Oltin O’rda ham deb atalgan O’ZBEKISTON 4 ta: Qirim, Saroy, Dashti qipchoq va Xorazm degan “ulus” deb atalgan ma’muriy hududlarga bo’lib, ulardan Qirimga, sovet hokimiyati davridagina “Rus knyazliklari” deb atalgan hududlar ham qaragan XIV asr O’zbekistonining davlat tili bo’lib ham tarixchilar tomonidan noto’g’ri ravishda “chig’toy tili” deb atalgan o’zimizning eski o’zbek tilimiz xizmat qilgan, deb ishonch bilan aytishim mumkin, degan hulosamni bayon qilgan edim.

Chunki bizning eski o’zbek tilimiz:

― o’sha davrlarda nafaqat birinchi O’zbekistonda, balki turkiy urug’lar va qabilalr istiqomat qilgan Xorazmning bir qismi, Samarqand, Buhoro va Movarounnahr yoki Turkistonning boshqa shaxarlarini ham o’z ichiga olgan, CHG’ATOU ULUSIDA ham davlat tili bo’lgan;

― ko’plab tarixchilar, Chingizxonning ikkinchi o’gli sharafuga Chigatoy nomi bilan atalgan Chig’atoy Ulusida ham davlat tili bo’lib xizmat qilgan tilni, bu ulusni boshqargan mo’g’illarning ona tili bo’lmish ― mo’g’il tilidan ajrata olmay hato ravishda “chig’toy tili”, deb atashgan. Chunki bu masalani o’rgangan olimlar ilgari ham, hozir ham: na eski o’zbek tilini, va na mo’g’il tilini bilishmay va bilishga intilmay, buni ustiga ular o’rtasida juda kata farq bor ekanligini bilmay, akademik  V.Bartolddek (В.Бартолддек) rus tarixchisiga o’xshab BUYUK MOFOLLAR IMPERIYASI deb atalgan davlatning asoschisi Boburning ona tili hato ravishda “chig’atoy tili” deb atalgan eski o’zbek tili bo’lganligini bilmay yoki tariximizni soxnalashtirish maqsadida bilishni istamay: ― Buyuk Mog’ol Imperiyasidagi mogollarning tili mo’g’ilca bo’lgan, degan o’zlarining mutlaqo hato fikrlarini bildirishdan ham tap tortmaganlar [11]. Eng achinarli holat esa bunday hato fikrlarni o’zbek tilshunis, etnograf va tarixchilari menga qadar qat’iy ravishda inkor qilmaganliklaridadir.

Shuning uchun o’sha davrdagi birinchi o’zbek davlati bo’lmish XIV asr O’zbekistoninida ham, Chig’atoy Ulusida ham davlat tili bo’lib xizmat qilgan hamda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburdek buyuk o’zbek shoirlari o’z asarlarini yaratgan bizning eski o’zbek tilimizni ular atayin, birinchi o’zbek davlati va uning rasmiy tili bo’lib xizmat qilganligi va bu haqiqat Turkiya va Evropa arxivlarida saqlanayotgan shu davlatlar hukmdorlarining rasmiy hatlari orqali o’z isbotiga ham ega ekanligini yashirish maqsadida yoki bunday dalillar borligini o’z vaqtida bilmaganliklari tufayli, “chg’atoy tili”, deb atab yuborishgan.

Endi o’z navbatida:

5. O’zbeklar millat sifatida qachon va qaerda paydo bo’lgan?

― degan asosiy savollardan biri tug’ilishi ham tabiy bir hol.

Bu savolga javobni ham men, tarixiy manbalar va tegishli materiallar hamda hech inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida o’zimning yuqorida nomi tilga olingan [11] va boshqa maqolalarimda, berganman. Chunki tarix saxnasida o’zbek millati paydo bo’lishining aniq oyi va kuni ma’lum bo’lmasa ham, Tojikiston va boshqa yurtlar tarixchi-olimlari hamda Xurshid Davron va uning qandaydir turkiyalik Temir Xo’jao’g’li degan og’asi hamda o’zbekistonlik, ularni o’ziga o’xshgan tarafdorlarining bu masaladagi fikrlari mutlaqo hato ekanligini isbot etib berishga qodir bo’lgan, o’zbek millati va birinchi milliy o’zbek davlatining qaysi yilda paydo bo’lganligi, sira ham inkor qilib bo’lmaydigan darajada aniq, va bu sana ― 1428 yildir.

 Chunki tarixiy saxnaga millat sifatida chiqqan o’zbeklar qudratining asoschisi Muhammad Shaybonuxonning emas, balki Yo’lchining (Juchinin) to’rtinchi o’g’li Shibonxonning  avlodlaridan bo’lgan shaxzoda Abulhayr (1412—1468) o’zbek millatini tashkil qiluvchi 92 turkiy urug’lardan birinchi bolib 24 nafarini birlashtirish yo’li bilan hozirgi Qozog’iston hududi va shu uruglar safiga kirgan zamonaviy qozoq xalqi ajdodlarini ham to’lig’icha o’z ichiga olgan holda tuzib, tarixga nafaqat O’ZBEK XONLIGI, balki Mirza Muxammad Haydar [dug’lat]ning “Tarix-i Rashidi” degan mashhur asarida aytilishicha, yana bir yoki ikkinchi O’ZBEKISTON nomi bilan ham kirgan va hukmdorligiga shu turkiy urug’larning sardorlari tomonidan saylanib, uni 40 yil davomida boshqargan, BIRINCHI MILLIY O’ZBEK DAVLATI, aynan shu 1428 yilda, jahonning tarixiy saxnasida paydo bo’lgan.

Xuddi shu davlat tuzulishi jarayonida “ozbeklar” atamasi “o’zbek” atamasiga aylanib, bu atama etno-nom sifatida O’ZBEK XONLIGINI tuzgan 24 nafardan iborat bir guruh turkiy uruglarning umumiy nomiga aylangan. Xuddi ana shu o’zbeklar safiga esa quyidagi 24 nafar turkiy urug’lar kirgan [14-16]:

boyli, barak, jat, do’rmon, imchi, yijon, qorluq, kenagas, qiyot, qo’ng’rot, qurlaut, o’shchi, mang’it, ming, nayman, toymas, tangut, tubay, tuman, ugrush-nayman, uyg’ur, uysun, o’tarchi, xitoy.

Bu tarixiy ma’lumotlar esa Tojikiston FAning akademigi, tarix fanlari doktori Raxim Masov boshchiligidagi bir guruh tarixchi-olimlar niqobi ostidagi tarix soxtakotlari va Xershid Davrondek O’zbekistonda va boshqa mamlakatlarda yashovchi ularning tarafdorlari ta’kidlayotgan fikrlar mutlaqo noto’gri ekanligini ko’rsatib, o’zbeklar millat sifatida 1924 yili Sovet Ittifoqi tarkibidagi O’zbekiston SSR tuzilgan paytda emas, balki 1428 yili, ya’niy undan 596 yil muqaddam davlat mustaqilligiga ega bo’lgan O’ZBEK XONLIGI yoki XV asr O’ZBEKISTONI tarix saxnasidan o’rin olgan yili paydo bo’lib, undan keyingi davr moboynida safiga boshqa turkiy urug’larni ham qabul qilish va ularni birlashtirish orqali ham rivojlanib borganligini yaqqol isbotlaydi.

Eng asosiy masala esa o’zbeklar jahon tarixiy maydoniga, boshqalardan farqli o’laroq, dvoryan va samurai ma’nosida tushiniladigan XIV asr birinchi O’zbekistonidagi turkiy urug’larning to’lig’icha harbiy zodogonlaridan chiqqan millat va O’ZBEK XONLIGI yoki yana bir O’ZBEKISTON, deb atalgan MARKAZLSHGAN O’ZBEK MILLIY DAVLATI 1428 yili tuzilayotgan paytda, uning fuqorolari sifatida kirib kelgan bo’lib ― bu sira ham inkor qilish mumkin bo’lmagan, tarixiy haqiqatdir.  

O’zbeklar etnogeneziga (kelib chqishiga) bo’lgan bunday yangicha yondoshuvning asosli ekanligini dunyo tajribasida bunga aynan o’xshash tarixiy voqiea va jarayonlar sodir bolganligini S.Ya.Kozlovning  “Пути этногенеза неисповедимы. Из сословия ― в этнос через язык, образ жизни, обычаи и религию”, degan maqolasida qadimgi ariylarning asil avlodlari bo’lmish Hindistonlik rajuplar va Efiopiyadagi amxarlarning harbiy zodogonlar qatlamlaridan chiqqanligi to’g’risidagi misollari ham, yaqqol isbot etadi [15].

Bundan tashqari XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoga darvish sifatida yashirin yo’llar bilan sayohatga kelib, “O’rta Osiyo boyich sayohat” [18], degan, 1864 yili ingiliz tilida nashir etilgach, Evropaning barcha mamlakatlari tillarida ham qayta nashir etilgan, juda ham mashhur bo’lgan asarni yozgan va ko’plab tillarni, shu jumladan Turkiyadagi (o’sha paytdagi O’smom Imperiyasi)  turk tilini ham yahshi bilgan (poliglot), buyuk venger sharqshunos olimi, ARMENIY VAMBERI, oz kitobida o’zbek millatini tashkil etuvchi 92 turkiy urug’lardan unga ma’lum bo’lgan 32 nafari to’g’risida so’z yuritar ecan:

Bu bo’linish eski, lekin shu narsa e’toborni jalb etadikiy, nomi aytilgan hududda (O’rta Osiyo va Qashg’ar, nazarda tutilmoqda), alohida qavmlar keng tarqalgan, va tadqiqodchini, unga ko’p hollarda mutlaqo mumkin emasday tuyiladigan, Hiva, Qo’qon va Yorkendlik, tili, urf-odatlari va yuz tuzilishilari mutlaqo har-xil bolgan o’zbeklar, o’zlarini nafaqat bir millatga, balki bitta qavmga ham ta’luqli ekanliklarini anglashlari, lol qoldiradi”, degan so’zlari ham, qadimda Turon va Turkiston, deb hozirgi davrda O’rta Osiyo va Markaziy Osiyo deb ataladigan hududlarda: “1920 yilga qadar … o’zbek milliy kimligi tushunchasi yo’q edi, biroq O’zbek milliy kimligi tushunchsi sovet davrida yaratildi”, deb, Xurshid Davron o’z maqolasida qandaydir Temir Xo’jao’g’li degan og’asining gapi sifatida keltirilgan fikrlar mutlaqo yolg’on ekanligini isbot etadi.

Bundan tashqari Armeniy Vamberining yuqorida nomi tilga olingan kitobidan keltirilgan iqtibos (tsitata), agar biz o’zbek millati to’lig’cha XIV asr O’zbekistonining harbiy zodogonlari safiga kirgan turkiy urug’larning erkaklaridan kelib chiqqanligini inobatga olsak: nima uchun o’zbek millati o’z safiga 92 turkiy urug’larni birlashtirgan? ― degan savolga ham to’liq javob bera oladi. Chunki o’sha va undan keyingi davrlarda yana 68 nafar turkiy urug’lar o’zbek millati safiga birlashib, ularning soni 92 nafarga etishiga va keyinchalik 140 dan oshib ketshiga sabab, ularning erkaklari ham, bu safga kirgach, ular o’zbek davlatlarida qanday amalga ega bo’lishlaridan qatiy nazar ― harbiy zodagon va o’zbek degan faxriy unvonga ega bolishga intilganliklaridadir, degan hulosa chqarishga imkon beradi.

Chunki bu fikrni Mirzo Myhammad Haydarning “Tarix-i Rashidi” degan kitobining I Daftarida aytilgan: “Rashid-sulton qo’lida bo’lgan qirg’izlarning o’sha qismi, qalban o’zbeklar [qozoqlar] bilan birlashgan qirgizlarga qo’shilishni hoxlar edilar”, degan so’zlari ham yaqqol isbot qiladi [19].

Shuning uchun ham yuqoridagi fikrlardan o’zbeklar MILLAT sifatida tarix saxnasida 1428 yilda paydo bo’lib, O’ZBEK XONLIGI yoki O’ZBEKISTON deb atalgan davlat tarix saxnasini tark etgach, Hiva va Qo’qon xonliklari hamda Buhoro amirligi, deb atalgan o’zbek davlatlarining asosiy axolisini tashkil qilganlari holda, ular ham qulashi natijasida 1924 yili Sovet Ittifoqi safiga kirgan va bu imperiyada rasman ittifoqdosh davlat maqomiga ega bo’lgan O’zbekiston SSR tuzilgan paytda esa faqatgina bu respublikaning kopchilik axolisini tashkil etuvch asosiy millat sifatidagi huquqiy maqomiga ega bolganlar holos, degan hulosa qilsak, bu ham ayni haqiqat bo’ladi.

Endi o’zbek millatini tashkil qiluvchi 92 turkiy urug’larning men o’zimning yuqorida nomi tilga olingan maqolamda [11] berilgan ro’yxatini bu erda ham keltirib va bizning buyuk ajdodlarimiz bu urug’lardan qaysi biriga ta’luqli ekanligini tahlil qilish uchun, Xurshid Davron Facebookda e’lon qilingan maqolasining sarlavhasi sifatida keltirgan:

6. Navoiy kimdir? Turkmi, chig’atoymi, o’zbekmi?

― degan savollarga, tegishli manbalar asosida javob izlab ko’rsak, quyidagi hulosalarga kelishimiz mumkin.

Bizga ma’lum bo’lgan ensiklopediyalar va Alisher Navoyining tarjimaiy holi aks ettirilgan asarlarga murojaat qilsak, ulardan eng mashhurlarida, jumladan Vikipeduyada ham u, Sohibqoroni a’zam Amit Temur Ko’ragoniy muazzam va uning avlodi bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur kelib chiqqan Barlos urig’idan ekanligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Lekin uni turk va uyg’ur millatiga mansub degan ma’lumotlar ham mavjud. Shuning uchun ham:

6.1. Alisher Navoiy turk millatiga mansubmi? ― degan savolga faqat: ― Yoq! Alisher Navoiy turk millatiga mansub emas! ― deb javob berish mumkin. Chunki hozirgi davrda rasman turk millatiga, ilgari O’smon Imperiyasining fuqorolari bo’lganliklari uchun “o’smonlar” deb atalgan va bu imperiya qulaganidan so’ng, uning umumiy hududi kata bir qismida 1923 yili 29 oktyabrda Turkiya Respublikasi degan nomga ega bo’lgan davlat tuzilganligi e’lon qilinganidan keyin “TURK” deb nom qo’yilgan, unga qadar esa “O’SMONLAR” deb atalgan xalqgina mansub, deyishimiz mumkin holos. Boshqa barcha turkiy   urug’, elat va millatlarning esa xozirgi davrdagi o’z etno-nomlari va xar-hil davlat hamda avtonom respublika, viloyat va hokozo ko’rinishdagi, siyosiy tuzilmalari mavjud.

Eng asosiysi esa: Alisher Navoiy 1401 yili tug’ilgan Hirot shaxri o’sha paytda Sohibqiron Amir Temur davlatiga qaragan, keyinchalik esa temuriylardan bo’lmish Husayin Boyqoro sultoni bolgan Huroson davlatiga qaragan, u o’z asarlarini yozgan til turkiy, lekin tarixchilar tomonidan sohtalashtirish yo’li bilan “chig’toy tili” deb atalgan eski o’zbek tili bo’lgan bo’lsada, u paytlarda TURK degan nomga ega bo’lib, Turkiston degan va “TURK TILI” deb atalgan til ygona davlat tili bo’lgan na davlat va na shunday davlatning fuqorolari maqomiga ega bo’lgan hech qanday TURK MILLATI ham bo’lmagan. Shuning uchun ham Temir Xo’jao’g’li va Xurshid Davron: “Navoiy 15 asrda, o’zining aytishicha, “Turk” edi va “Turk shoiri” edi”, degan gaplarni aytishlari uchun hech qanday ob’ektiv, ya’niy tegishli xujjatlar orqali ilmiy usullar bilan isbot etish mumkin bo’lgan tarixiy va yuridik asoslar yo’q.

Sohibqiron Amir Temurning o’zi tuzgan davlatni uning o’zi karsakpay va eski o’zbek tilida Turon, deb yozdirganligi to’g’risida ma’lumotlar bor bo’lib, unga fuqorolar sifatida bo’ysingan 40 ta turkiy urug’lardan, o’zining olamshumul ishlarida o’zi mansub bo’lgan BARLOS urig’dan tashqari yana faqatgina: tarxon, arg’on, jaloir, tulkichi, dulday, mog’ol, suldus, to’g’ay, qipchoq, arlot va tatar deb atalgan 11 nafar turkiy urug’largagina tayangan holos. Lekin ular o’sha davrlarda yaxlit bir ― TURK MILLATI, ularning davlati esa ― TURK ULUSI, deb atalmagan. Agar ular fuqoro bo’lgan davlatni Ulus qoshimchasi bolan atash kerak bo’lganida edi, uni Jo’chi va Chigatoy Uluslari kabi, TEMUR ULUSI, deb atagan bo’lar edilar.

Lekin qarayib hamma yozuvchi va shoirlar Sohibqiron Amir Temur to’g’risida so’z yuritilganda, uning tilidan aytilgan: “Biz kim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulug’i ― Turknin bosh bo’ginimiz” deyilgan ihtbosni (sitatani) keltiradilar. Undan esa sira ham: Sohibqron Amir Temurning o’zi va uning fuqorolari TURK MILLATIga mansub bo’lgan, degan hulosa chiqmaydi. Chunkiy islomda millat tushunchasi yo’q. Islomda odamlar faqat qaysi dinga mansubligi bilangina bir-birdan ajratiladi…

Tarixga Fevral va Ulug’ Oktyabr Sotsialistik Revolyutsiyasi nomi bilan kirgan Rossiya Imperiyasi va 1917 yilning 1 sentyabrida uning o’rnida e’lon qilingan Rossya Respublikasi hamda uni to’ntarib, o’sha yilning 7 noyabridayoq bolsheviklarni hokimiyat tepasiga olib kelib, 1922 yili Sovet Ittifiqi tuzilishiga sabab bo’lgan, jarayonlar moboynida tuzilib, 1917 yil 27 noyabridan 1918 22 fevraligacha mavjud bo’lgan Turkiston Muxtoriyati va Rossiya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida bo’lib, 1918 yil 30 aprelidan  1924 yilning 27 oktyabriga qadar mavjud bo’lgan Turkiston ASSR deb atalgan siyosiy tuzilmalarning Sovet Ittifoqi davrida bo’lib o’tgan milliy o’zligini anglash va milliy chegaralash davrida yo’q bo’lib ketishining sababi ham o’sha davrda, ular tuzilgan hududlarning erli aholisi o’zlarini sira hamTURK MILLATIga mansub, deb bilmaganligidadir, desak ham juda to’g’ri boladi. Chunki aynan shuning uchun ham TURKISTON degan davlat tuzish tarafdorlarini o’sha inqilobiy davrlarda: TURK MILLATINING MILLIY OZODLIGI UCHUN KURASHGAN QAXRAMONLAR, deb emas, balki hech ikkilanmay BOSMACHILAR, deb atashgan bo’lsa, ularning mafkurasi tarixiy manbalarda panislamizm va PANTURKIZM degan, biz uchun hozir ham zararli bo’lgan siyosiy oqimlarga qarashli bo’lgan, deyiladi.

Lekin o’sha XX asr boshlaridagi kommunistlarga qo’shilgan jadidchilar va Yosh buhoroliklar harakatidan chqqan Abdurauf Fitratga o’xshagan modernist-ziyolilarimizning qilgan eng kata xizmatlaridan biri ― bu ular tarixni o’rganib, XIV-XV asrlar O’ZBEKISTONlari va O’ZBEK MILLATI o’sha davrlardan beri mavjud bo’lgani holda butun O’rta Osiyo xalqi ham shu millatga mansub ekanligini bilganliklari. Va suning uchun ham, bizning respublikamiz nomi o’sha rus tili davlat tili bo’lgan suronli davrlarda, Sovet Ittifoqi tarkibiga ittifoqdosh davlat sifatida kirayotganida, Bolsheviklar Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining qaroriga asosan Yan RudzutakkaUzbekskaya” SSR, ya’niy o’zbek tiliga tarjima qilganda: “O’zbeklarning” Sovet Sotsialistik Respublikasi, deb atash topshirilgan bo’lsada, lekin uni o’zbek tilida O’zbekiston SSR, deb atab. Bu nom keyinchalik respublikamizning 1927 va 1978 yillardagi Konstitutsiyalarida va amaliy hayotida aks etib, 1991 yili, u o’zining davlat mustaqilligiga erishgach, uni O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI degan nom bilan teng huquqqa ega bo’lgan O’ZBEKISTON atamasi (yoki topo-nomi) bilan qayta nomlash imkoniyatini bergan. Bu esa uni, ota-bobolarimiz o’zlarini O’zbekxon tuzgan XIV asr O’zbekistonida o’zbeklar nomi bilan uning zodogonlari va bu davlat qulagach, uni takroran o’sha nom bilan atagan va ularning o’zlari kelib chiqqan 24 turkiy urug’larni 1428 yili birlashtirish orqali o’zbek millatiga aylantirgan XV asr milliy O’zbekistonining va boshqa barcha o’zbek davlatlarining VORISI bo’lgan mustaqil davlat sifatida 1991 yili qayta tug’ilib, jahon hamjamiyatining suyosiy va iqtisodiy maydonida yangittan paydo bo’lishiga, olib keldi.

Shu bilan bir qatorda Salohiddin ToshkandiyningTEMERNOMA” deb atalib, Toshkentning Chor Rossiyasi davridagi Ilin (Ильин) bosmahonasida 1908 yili bosib chiqarilib, 1991 yili respublikamizning “Cho’lpon” nomli nashiryotida qayta nashir etilgan [20], dostonlar to’plami shaklidagi adabiy kitobning: 135-betida ― O’zbekiston, 145-betida ― o’zbek qo’shinlari, 150-betida ― o’zbek musulmonlari, 165-betida ― o’zbek beklari, 166-betida ― o’zbeklar, 207-betida ― O’zbek; 221-betida XIV asr O’zbekistonining poytaxti bo’lgan Saroy ahli O’beklar bo’lganligi to’g’risida fikrlar borligi. Va ayniqsa bu kitobning 245-betida: “… Andin keyin Amirni askarlari birdan ot qo’yib, zanburakka yaqin turgan o’ruslarni adam kazarmasig’a yubordilar, andin keyin shaxarni qo’rg’onini olti tarafidan buzib, ot qo’yib, Moskovni ichiga kirdilar. O’zbek askarlar andog’ urush qildilarkim, o’ruslarni bug’doy bog’idek o’rib, falokat hirmonig’a yig’ib, halokat xo’kizi birla haydab, yanchib, adam yolig’a sovurib yubordilar”, degan sozlarni ham o’qishimiz mumkinki, bu so’zlar mening o’zbeklar va o’zbek davlatlari tarixiga bag’ishlangan nazariyalarim asosli va Toshkent ziyolilari 1908 yilda ham nafaqat XIV asr O’zbekistoni, balki o’sha davrda ham o’zbeklar bolganligini va o’zlarni ham o’zbek millatiga mansub ekanliklarini bilganliklarini, isbotlaydi.

Shuning uchun ham yuqorida nomi tilga olingan maqolamda Temit Xo’jao’g’lining: “1920 yilga qadar Turkistonda O’zbek milliy kimligi tushunchasi yo’q edi, biroq O’zbek milliy kimligi tushunchasi sovet davrida yaratildi. 1924 yildan so’ngra o’zlarini O’zbek deb bilgan bugungi O’zbeklar shak-shubhasiz tozaqonli Turkdirlar!“, degan va Xurshud Davronning: “Vaqtu soati kelib, 1924 yilda sodir bo’lgan xato tuzatilsa, O’zbekiston nomi Turkiston nomiga aylansa, yana yarim asr kechib, o’zbeklar yalpi ravishda o’zini turk, turkiy, turkistonli deb his eta boshlasa, Alisher Navoiyning kimligi va kimga mansubligi masalasi o’z-o’zidan yechiladi”, degan sub’ektiv fikrlari, tarix dalillari va siyosiy saboqlarini mutlaqo bilmaydigan, yoki ularni unitgan, yoki ularni sohtalashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan, havaskor tarixchilarning xato va xom-hayoldan iborat quriq gaplaridan boshqa hech narsa emas, deb baholash mumkin halos, deb o’ylayman.

6.2. Alisher Navoiy chig’toy millatiga mansubmi? ― degan savolga yuqorida ham javob bergan bolsak-da, yana takroran: ― Yo’q! Alisher Navoiy chig’toy millatiga mansub emas! Chunki, Chingisxonning ikkinchi o’g’li sharafiga Chig’atoy Ulusi, deb atalgan davlat tarixda mavjud bo’lgan va uning ba’zi bir fyqorolari o’zlarini chig’atoy elatiga mansub deb hisoblagan bo’lsalarda, lekin CHIG’ATOY MILLATI tarixda hech qachon bo’lmagan, deb javob berishimiz mumkin.

6.3. Alisher Navoiy uyg’ur millatiga mansubmi? ― degan savolga ham: Yo’q! Alisher Navoiy uyg’ur millatiga ham mansub emas! ― deb javob berishimiz mumkin. Chunki hozir Xitoyning Shinjon-Uyg’ur avtonom tumanida uyg’ur nomi bilan ataladigan aholi yashayotgan bo’lsa-da, lekin ular hali millat sifatida shakillanib ulgurmaganliklari uchun elat ko’rinishidagina mavjud holos, deyish mumkin.

Buni ustiga Alisher Navoiyning uyg’urligini da’vo qilgan rus millatiga mansub, lekin Tojikiston FAning akademigi sifatida yuqorida nomi tilga olingan, tarix soxtakorligini o’ziga kasb qilib olgan, tarix fanlari doktori Raxim Masovning ustozi bo’lganligi uchun Xurshid Davron ham asarlariga havolalar beradigan A.A.Semenov ham, men uni to’g’risida o’zimning rus tilida yozilgan “Rus xalqi ― eroniylikrdan, tojiklar esa ― ariylardan emas” [13], degan maqolamda ko’rsatib o’tganimdek ― bu ToshDYning asoschilaridan biri bo’lgan tarixchi olim, nafaqat O’zbekiston FAning haqiqiy a’zolari (akademiklari) safiga saylanmay uning muxbir a’zolari safida qolib ketganligi uchun. Balki O’zbekiston SSRning tergov organlari tomonidan o’tgan asrning 30-yillarida ta’qib qilinganligi uchun ham, biz o’zbeklarning yashirin dushmaniga aylanib, O’zbekiston va o’zbeklarning buyuk o’tmishini tarix sahifasidan mutlaqo o’chrib tashlab, Xurshid Davronga o’xshagan havaskor tarixchiga aylangan o’zbekistonliklarning qo’liga soxta tarixiy ma’lumotlarni tutqazib, ularni 1924 yildan ilgari o’zbek degan millat va o’zbek davlatlari bo’lmagan degan yolg’on gaplarni targ’ibotchilariga aylantirib qo’ygan. Va shuning uchun ham bu A.A.Semenovdek, Tojikistondagi o’z tarafdorlari tomonidan e’zozlanib, bu respublika Fanlar Akadamasining xaqiqiy a’zosi va 1954 yili, bu akademiyaga qarashli Tarix instityti direktori lavozimiga tayinlangan kimsa, o’zining Alisher Naviy va Husayin Boyqaroga bag’ishlangan kitobida [21], Mirzo Muhammad Haydarning, fors tilida yozilgan nusxasi O’zbekiston FAsi Sharqshunoslik institutida 1430-sonli inventar nomer bilan ham saqlanayotgan “Ta’rix-i Rashidi” [22], deb atalgan kitobiga havola keltirilgan holda: ― “Mirzo Haydar-dug’lat guvohlik qilishicha, Alisher, uyg’ur baxshlaridan, ya’niy temuriylar paytidagi an’anaga ko’ra ba’zi bir rasmiy xujjatlarni uyg’ur tilida yozib yurgan, mirzs va kotib bolgan uyg’urlardan, kelib chiqqan”, deb ko’rsatgan.

Biroq bu, o’zining kelib chiqishi to’g’risida, uning o’zi yozgan kitoblaridan ham kim ekanligini aniqlash qiyin bo’lganligi sababli: ― Rossiya Imperiyasi va sovet davri tarixchisi, akademik V.V.Bartold Boburning xolavachchsi, deb o’ylagan. Uning bu mashhur kitobiga izoh bergan tadqiqotchilar esa: ― u mo’g’illarning Mog’oliston va Qashg’ar tarixida muhim ro’l oynagan du’g’lat urig’dan yoki uyg’urlardan bo’lsa kerak, deb fikr bildirgan, lekin Xurshid Davron juda ham yaxshi biladigan Mirzo Muhammad Haydardek yozuvchining Alisher Navoiy to’g’risidagi fikrlarini ham A.A.Semenovga o’xshagan o’zbeklarning buyuk o’tmishini tarix sahifasidan o’chirib tashlashga bel bog’lagan vijdonsiz tarixchilar, sohtalashtirishgan deyshga etarli asoslar bor, desak mutlaqo xato bo’lmaydi.

Chunki Alisher Navoiy olamdan o’tganidan ikki yildan keyin dunyoga kelgan Mirzo Muhammad Haydar qalamiga mansub bo’lgan “Tarix-i Rasidi”ning rus tiliga tarjima qilinib “Vostochnaya literatura” (“Восточная литература”) saytida keltirilgan ikkinchi kitobida [22], muallif yozgan asil nusxasida yo’q bolgan “(Выделение в главу сделано по Л2 106а, Л3 81б, R 191)” degan izohnng 9-bobidagi Naviyga bag’ishlangan satrlarida: “U o’zining kelb chqshi jihatidan uyg’ur baxshilaridan edi. Uning otasini “kichkina baxshi” deb atar edilar”, degan so’zlardan so’ng, bu qo’shimcha, kitobning faqatgina  “Vostochnaya literatura”dagi nusxasida paydo bo’lganligini bildiruvchi: “(Добавлено по Л1 92а, Л2 114а, Л3 90б)”, degan so’zlar borligi, bu holat ham tarix sohtakorlarining qilmishi ekanligini ko’rsatadi, deb hisoblayman.

Aks holda uyg’urlar tarixi sohasida obro’li va yirik mutahassislardan biri bo’lgan, Sovet Ittifoqi FAning akademigi, tarix fanlari doktori S.E.Malov Alisher Navoiy BARLOS degan turkiy urug’dan ekanlgini isbotlashga harakat qilmagan va:

Navoiyning boshqa tillar ichida kata grux bo’lib, bizning davrimizga qadar ham umir korib kelayotgan turk (o’zbek) tilida gaplashganligi har bir turkshunosga ma’lum. Naviy haqiqatdan ham, … o’zbek adabiy tili va adabiyotining sardori va asoschisi ekanligi har bir turkshunos uchun isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Navoiy, bizning zamonaviy tushunchalar nuqtaiy nazaridan ― o’zbek shoiri va mutafakkiridir”. Degan fikrlarni yozmagan bo’lar edi [23].

Haqiqatdan ham agar Alisher Navoiy Temuriylar ham kelib chiqqan Barlos urug’idan bo’lmaganda edi u, temuriylar mansub bo’lgan shu urug’dan bo’lmish Hurosan sultoni bo’lib o’tgan Husayin Boyqorodek ulug’ zot bilan yoshligidan birga o’smagan va shuning uchun ham uning eng yaqin do’sti, keyinchalik esa, uning amirlaridan biri va vaziri sifatlaridagi davlat arbobiga ham, aylanmagan bo’lar edi.

Yaqinda matbuot Bobur nomli jamoat fondi tashabbusi bilan Mirzo Muhammad Haydarning “Tarix-i Rashidi” degan asari o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashir etilganligi to’g’risida axborot tarqatdi. Shuning uchun ham bu e’lon qilingan tarjimadan: Mirzo Muhammad Haydar haqiqatan ham A.A.Semyonov unga havola qilgan holda, demakki Xurshid Davron ham Alisher Navoiy to’g’risida yozgan fikrlar, to’g’rimi yoki noto’g’rimi? ― degan savolga aniqroq javob topsak ham ajab emas…

Shuning uchun ham ushbu maqolaning shu 6-bolimi oxirgi:

6.4. Alisher Navoiy o’zbek millatiga mansubmi? ― degan savolga: Albatta! Mirzo Muhammad Haydar, Tojikiston FAning akademigi A.A.Semyonov, shoir Xurshid Davron va uning Turkiyalik og’asi Temir Xo’jao’g’liga o’xshgan o’zbek millatiga mansub bo’lmagan kimsalar, Alisher Navoiy haqida nima deyishlaridan qatiy nazar, u o’zbek millatiga mansubdir, ― deb javob berishimiz va bu fikrni isbot etish imkoniyatiga egamiz.

Chunki, bu javob ayni haqiqat ekanligini isbotlab, bunga ishonchimiz komil bo’lishi uchun, biz urug’, elat va millat tushunchalariga yuqorida berilgan ta’riflar nuqtaiy nazaridan, men o’zimning 2011 yilning noyabrida MDH mamlakatlarining ko’plab internet-nashirlarida e’lon qilingan maqolamda [11], o’zbeklarni tashkil etuvchi 92 turkiy urug’larning o’zbek tilidagi ro’yxatini shu erda quyidagi ko’rinishda keltirib:

agar, alchin, argan, arlot, bagan, BARLOS, baxrn, buday, buyovut, buytay, buyurak, burqut, busloq, boston, g’arb, girey, do’rmon, jaljut, jaloir, jiyit, juyrat, juyut, julaji, jurat, jusulaji, yaj.k.r., kalivay, qangg’li, qari, qatay qattag’on, kenegas, kerayit, qiyot, qilechi, qiochoq, qirg’iz, qirq, qishliq, qolmoq, qorluq, koxat, qur, qurlovut, kuchi, qo’ng’irot, mang’it, masid, maxdi, merkat, ming, mitan, nayman, nukus, oglen, og’lon, oymivut, oyrat, olxonut, ong, ongochit, po’latchi, ramazon, saroy, simirchiq, soxtiyon, sulduz, tabin, tam, tama, tamgun, targ’il, tatar, tuvadak, turkman, tushlub, UYG’UR, uymut, uyshun, urmiq, o’jar, o’z, o’tarchi, hofiz, chaqmoq, chilkas, chmboy, shirin, shuburgon, shoran, yuz, yabu.

Uni o’rganib va taxlil qilib choqsak, BARLOS urug’i ham, hozir elat sifatida Xitoyning Shinjon-Uyg’ur avtonom tumanida mavjud bo’lgan UYG’URlar ham, ilgaritdan, o’zbek millati safiga kirishini, bilib olishimiz mumkin.

Endi bu ro’yxatni tahlil etar ekanmiz, o’zbeklarni tashkil qiluvchi 92 turkiy urug’lar safiga nafaqat BARLOS va QO’NG’IROTdek juda ham mashhur turkiy urug’lar va UYG’UR elatidan tashqari, xozirgi davrda elat va millatga aulanib, o’zlarining avtonom va mustaqil davlatlariga ham ega bolib ulgurgan: qozoq, qirg’iz va turkman millatlari; elat sifatida mavjud bolgan: qozon, ufa (boshqird) va qirim tatarlari, qoraqalpoqlar hamda qolmoqlar ham borligi uchun: ― Bunday holatni qanday baholash mumkin, nima, bu turkiy urug’lar endi o’zbek millati tarkibidan chiqib ketdimi? ― degan savol tug’ilishi ham mumkin.

Bu savolga esa:

7. Si Tszinpinning O’zbek svilizatsiyasi to’g’risidagi tezisi

va unga men o’zimning shu masalaga bag’ishlangan va boshqa maqolalarimda [8-11,13,16] bildirgan fikrlarim, tushuntiris va izohlarim to’liq javob bera oladi, degan fikrdaman.

Cunki men Si Tszinpinning O’zbek svilizatsiyasi to’g’risidagi tezisini o’zimning o’zbeklar va o’zbek davlatlarining kelib chiqishi tarixi to’g’risidagi nazariyalarim ham to’liq isbotlay olishi to’g’risida gapirar ekanman, bu svilizatsiya safiga yuqorida nomi tilga olingan turkiy urug’, elat va millatlarni o’z ichiga oladigan: O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari kabi mustaqil davlatlar; Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirgan Tatariston, Boshqirdiston va Kalmikiya Respublikalari; ilgari Ukraina Respublikasi tarkibiga kirgan Qirim (avtonom) Respublikasi; Xitoy Xalq Respublikasi tarkibiga kiruvchi Shinjon-Uyg’ur avtonom tumanidan tashqari, tarixga ingiliz bosqinchilarining xato fikrlari tufayli ― Buyuk Mog’ollar Imperiyasi, degan nom bilan kirib, aslida Temuriylardan bolgan buyuk o’zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur hukmdor sifatida asos solgan va XIX asrning o’rtalarigacha mavjud bo’lib Boburiylar tomonidan boshqarilgan, buyuk davlat ham, kiradi.

HULOSA

Shunday qilib ushbu maqolaning sarlavhasidan o’rin olgan: Nega Vatanimiz – O’zbekiston, millatimiz – o’zbek, Navoiy esa – buyuk o’zbek shoiri, deb ataladi? ― degan savolga bu maqolada havolalar keltirilgan 80 dan ziyod manbalar tahliliga asoslangan quyidagi javoblarni berish mumkin:

1. Nega Vatanimiz ― O’zbekiston, deb ataladi? ― degan savolga:

― Chunki Vatanimiz, asoschisi buyuk O’zbekxon bo’lib, uning sharafiga O’ZBEKISTON deb atalgan XIV asrdagi birinchi o’zbek davlati sharafiga, shunday nom bilan ataladi;

2. Nega millatimiz ― o’zbek millati, deb ataladi? ― degan savolga:

― Cunki XIV asr O’zbekistonining o’zbeklar, deb atalgan harbiy zodogonlari o’zlarining 1428 yili 24 turkiy urug’larni birlashtirish yoli bilan tuzib, birinchi milliy davlati bo’lmish XV asr O’zbekistoni fuqorolarini O’ZBEK, deb atagan davrdan e’tiboran o’zbek millati paydo bo’lganligi uchun ham, keyinchalik o’z safini 92 va undan ham ko’p turkiy urug’lari hisobiga kengaytirish yo’li bilan birlashgan xalq ― O’ZBEK MILLATI, deb ataladi;

3. Nega Navoiy ― buyuk o’zbek shoiri, deb ataladi? ― degan savolga:

― Cunki Navoiy, Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi, ozbek millatiga mansub ekanligi sababli ham uni o’zbeklar buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri deb ataydilar va shunday buyuk tarixiy shaxs sifatida, chuqur hurmat qiladilib, e’zozlaydilar va ardoqlaydilar, degan javoblarni bersak, bu ayni haqiqat bo’ladi degan fikrdaman.

Manbalar ro’yhati

1. Xurshid Davron. “NAVOIY KIMDIR? TURKMI, CHIG’ATOYMI, O’ZBEKMI?” (https://www.facebook.com/photo.php?fbid=521948054593201&set=a.114278408693503.16978.100003340331309&type=1).

2. Temur Xo’jao’g’li. Muhammad Solih haqida maqolalar. She’r shoirga nisbatan uzoqroqni ko’radi (http://be.convdocs.org/docs/index-73253.html?page=14).

3. Р.Масов: Таджики никогда не были одним народом с узбеками (ответ Г.Хидоятову) (http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1191234780).

4. Масов Р. О термине «узбек» («озбак») встречается множество противоречивых суждений. К вопросу образования Узбекской ССР» (http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1265962380).

5. Дубнов А. Тема противостояния Таджикистана с Узбекистаном – больная для всех. Но Рахмон позволил себе… (http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1260813600).

6. Abdullaev Rustamjon. Ўзбекистон: синовлар, таҳдидлар, муаммолар ва ечимлар — I (https://uz.fundamental-economic.uz/?page_id=150).

7. Abdullaev Rustamjon. Ўзбекистон: синовлар, таҳдидлар, муаммолар ва ечимлар — II (https://uz.fundamental-economic.uz/?page_id=155).

8. Abdullaev Rustamjon.  Русский народ – не от иранцев, а таджики – не арийцы (http://fundamental-economic.uz/article/русский-народ-не-от-иранцев-а-таджик/).

9. Abdullaev Rustamjon.  УЗБЕКСКАЯ ЦИВИЛИЗАЦИЯ ― О НЕЙ ГОВОРИЛ ЛИДЕР КИТАЯ СИ ЦЗИНЬПИН (http://fundamental-economic.uz/o-nas/узбекская-цивилизация-―-о-ней-говорил/).

10. Abdullaev Rustamjon. Предлагаю создать Русскую Республику РФ и назвать евразийский союз Узбекистаном (http://fundamental-economic.uz/article/предлагаю-создать-русскую-республик/).

11. Abdullaev Rustamjon. Узбеки — дворяне тюркских народов, а сарты — предприниматели Центральной Азии (http://fundamental-economic.uz/o-nas/узбеки-дворяне-тюркских-народов-а-сар/).

12. Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tsrixi (Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи). — Т.: Чўлпон, 1993 — 352б.

13. Abdullaev Rustamjon. Я горжусь тем, что я – барлас и потомок Тимура (http://fundamental-economic.uz/o-nas/я-горжусь-тем-что-я-барлас-и-потомок-т/).

14. Рахманалиев Р. Империя тюрков. Великая цивилизация (http://www.uwed.uz/books/20/Imperiya-tyurkov—Velikaya-tsivilizatsiya-/74).

15. Масуд Бен Османи Кухистани. История Абулхаир-хана Тарих-и Абу-л-Хайр-хани (http://www.vostlit.info/Texts/rus12/Kuchistani/frametext2.htm).

16. Abdullaev Rustamjon. Прав В. Путин ― Узбекистан и Россию действительно связывают многовековые узы дружбы [Краткая история узбекских государств] (http://fundamental-economic.uz/article/прав-в-путин-―-узбекистан-и-россию-дей/).

17. Козлов С.Я. Пути этногенеза неисповедимы. Из сословия – в этнос через язык, образ жизни, обычаи и религию (http://www.ng.ru/science/2011-09-28/12_etnogenez.html).

18. Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. — М.: Восточная литература, 2003. — 230 с. — ISBN 5-02-017570-6.

19. Мирза Мухаммад Хайдар (дуглат). Т’арих-и Рашиди. Дафтар I. Восточная литература  (http://www.vostlit.info/Texts/rus14/Tarich_Rashidi_II/frametext.htm). Цитата: “Та часть киргизов, которая находилась при Рашид-султане 244, в душе желала соединиться с теми киргизами, которые примкнули к узбекам [казахам]»

20. Салоҳиддин Тошкандий. “Темурнома”. Амир Темур Кўрагон жангномаси. ― Т.: “Чўлпон” 1991 ― 352 б.

21. Семенов А.А. ВЗАИМООТНОШЕНИЯ АЛИШЕРА НАВОИ И СУЛТАНА ХУСЕЙН-МИРЗЫ// Исследования по истории культуры народов Востока. – М.-Л.: Изд. АН СССР, 1960, С. 237-249.

22. Мирза Мухаммад Хайдар Дуглат. Т’арих-и Рашиди. Книга вторая. Глава 9. Восточная литература. (http://www.vostlit.info/Texts/rus14/Tarich_Rashidi/frametext22.htm). Цитата: “По происхождению своему он из уйгурских бахшей. Отца его называли “кичкина бахши”.

23. Малов С.Е.  Мир Алишер Навои в истории тюркских литератур и языков Средней и Центральной Азии. — М.: Изд-во АН СССР, 1947. — Т. VI.

Muallif: Rustamjon Abdullaev, iqtisod fanlari doktori, akademik.

2014 yil 18 mart.

Ilova:

HURSHI DAVRON: NAVOIY KIMDIR? TURKMI, CHIG’ATOYMI, O’ZBEKMI?

Og’amiz Temur Xo’jao’g'li kuni kecha “Alisher Navoiy kimdir?” deya savolni o’rtaga chiqarib,shunday yozdilar: “O’zbekistonda Alisher Navoiyni “o’zbek shoiri” deb taniydilar. O’zbeklarning Navoiy o’zlariniki deb deb bilishlarida yanglishlik yo’q, to’g'ridir. Ammo, Alisher Navoiyni “o’zbek shoiri” deb bilishlari yanglishdir.

Chunki Navoiy 15 asrda, o’zining aytishicha, “Turk” edi va “Turk shoiri” edi. 1920 yilga qadar Turkistonda O’zbek milliy kimligi tushunchasi yo’q edi, biroq O’zbek milliy kimligi tushunchasi sovet davrida yaratildi. 1924 yildan so’ngra o’zlarini O’zbek deb bilgan bugungi O’zbeklar shak-shubhasiz tozaqonli Turkdirlar!

So’nggi bir necha kun ichida menga Temur og’aning yozmishlariga o’z munosabatimni bildirishni so’rab, O’zbekiston va chet elda yashovchi feysbukdagi davradoshlarim, xususan afg’onistonlik o’zbek birodarlarim ketma-ket murojaat qildilar. Shu sababdan men o’zimning sub’ektiv fikrlarimni bildirib o’tishni ma’qul topdim.

Aytishim lozimki,hozir, bu yozuvlarga kirishishdan oldin, bor-yo’g'i bir kun oldin (hali Temur og’aning yozmishlaridan bexabarligimda) Ozarbayjonning yangi chiqajak “Kitobchi” nashri tomonidan berilgan savollarga javob yozarkanman, “Siz uchun a’anaviylikning asosi nima?” degan savolga ” Men uchun a’anaviylikning zamini, eng avvalo, turkiy tilim va xalqim ruhining bir qismi bo’lmish yuragimdir” deb javob yozganimni esladim.

Temur og’a shaxsan men uchun oydin bo’lgan haqiqatni yozgan. Haqiqatan ham, 15 asrda “O’zbek” milliy kimligi tushunchasi bo’lmagan va ulug’ bobomiz, aynan o’zlarining aytishlaricha, “Turk” edilar,”Turk shoiri” edilar. Ammo, menimcha, “Alisher Navoiy o’zbek shoiri emas” yoki “Alisher Navoiyni o’zbek shoiri deyish yanglishdir” deyishning o’zi ham yanglishdir.

Bugun nafaqat o’zbeklar, qardosh turkmanlar “Alisher Navoiy turkman shoiridir”,qardosh uyg’urlar “Alisher Navoiy uyg’urdir” deb yozadilar. Alisher Navoiyning turkiy shoir ekanligi oydin haqiqat bo’lsa, o’zbeklar, uyg’urlar, turkmanlarning da’volarida ham ma’lum haqiqat borligini rad etib bo’lmaydi.

Hali internet tizimi endi O’zbekistonga kirib kelib, men ham bu oqimga qo’shilganimda, koshg’arlik bir qardoshimiz “Navoiy uyg’ur bo’lsa, nega siz o’zbeklar uni o’zbek shoiri deysizlar?” deb menga savol bergani hanuz yodimda turibdi. O’shanda men “Navoiy bobomiz o’zbeknikiyam, uyg’urnikiyam, ammo, u eng avvalo, uni o’qigan, uni targ’ibu tadqiq qilgannikidir. Bu masalada esa Navoiy meniki degan biron bir xalq o’zbekchalik katta va unumli ishlar qilmaganligi rad etib bo’lmas haqiqatdir”, deb javob bergan edim.

Ustoz Erkin Vohidov ham “Nizomiy turkmi, forsmi?” degan savolga “Hazrat Nizomiy qaysi xalqda ko’proq o’qilsa, o’sha xalqnikidir” deb javob berganini eslayman.

Ayni shu sababdan, biz, o’zbeklar, mutafakkir bobomiz so’ziga amal qilib, “Alisher Navoiy “Turk” edi va “Turk shoiri” edi” deyishga ham, bugungi yuzaga kelgan tarixiy vaziyatga binoan “Alisher Navoiy “O’zbek”dir va “O’zbek shoiri”dir” deyishga ham haqlimiz va bu aslo yanglish emasdir. Yanglishligi men yoki Temur Xo’jao’g'liga nechog’li ayon bo’lmasin, ko’p millionli o’zbek xalqi shunday deyishi yanglish emasdir. Zero, bu xalqning asosiy qismi men yoki Temur Xo’jao’g'li bilgan gapdan bexabar, u “turk” deganda eng vvvalo, Turkiyaliklarni nazarda tutishini hisobga olmasdan ilojimiz yo’q.

Qolaversa, bugun kunda “Turk” nomi bilan atalgan, o’zini turk deb bilguvchi Turkiyalik qardoshlarimiz (ziyolilarni hisobga olmasak) hali o’zbek, qozoq, xakas, tatar va h.k. xalqlarini turk deb bilishi uchun yetti qovun pishig’i bor. Hali 20 yillarda Mustafo Cho’qay Turkiyada bo’lib, “bu yerdagilar Turkistonda yashovchi xalqlar ham ular tilida gapishini mutlaqo bilmaydi” deb yozganini eslasak, hali bu masala kun tartibida turgani ayon bo’ladi.

Turkiya bugungi kunda Turkiy olamning ham iqtisodiy, ham harbiy, ham siyosiy jihatdan eng kuchli mamlakatidir. Turklik g’oyasi Turkiyada kuchlidir, ammo mamlakatda mavjud g’oyalarning oldida emas, keyinidadir.

Bugungi dunyo oldingi asrlardagidek, ma’rifiy g’oya sarhadi emas, bugungi dunyo faqat va faqat biznes va manfaatlar muhorabasi hokim beshafqat olamdir. Bir ota-onadan tug’ilgan aka-uka biznes olamiga kirishi bilan, eng avvalo, faqat o’z manfaatini o’ylaganidek, omadli akaning kasod ukasini emas, o’z bolasini o’ylashi tabiiy bo’lganidek, Turk birligi degan shiorga qanchalik sadoqatli bo’lmasin, Turkiya birlamchi o’z manfaatini ko’zlaydi. Va bu mavjud sharoitda tabiiydir.

Butun G’arb dunyosi bir paytlar Turk birligini rad etib, uni siyosiy ayblov darajasiga ko’targani oqibatida bu g’oya turkiy xalqlarning bir hovuch (menga o’xshagan) ziyolisining zarurati darajasida qolib ketganini tan olmay ilojimiz yo’q.

Vaqtu soati kelib, 1924 yilda sodir bo’lgan xato tuzatilsa, O’zbekiston nomi Turkiston nomiga aylansa, yana yarim asr kechib, o’zbeklar yalpi ravishda o’zini turk, turkiy, turkistonli deb his eta boshlasa, Alisher Navoiyning kimligi va kimga mansubligi masalasi o’z-o’zidan yechiladi. Bu gaplarni yozish bilan bugun biron bir o’zbek “Alisher Navoiy “Turk” edi va “Turk shoiri” edi” deb aytmasin demoqchi emasman.

Xullas, Temur og’aning fikri ayni haqiqatdir, ammo, bu haqiqat yonida mavjud kunimizning haqiqatlari ham borligini unutmasligmiz kerak . Demak, yana takrorlayman, ulug’ bobomiz, aynan o’zlarining aytganlaridek, “Turk” edilar,”Turk shoiri” edilar” deganda ham, shuning barobarida “Alisher Navoiy o’zbekdir va o’zbek shoiridir” deganda ham haqlimiz.

Муаллиф: Hurshid Davron.

Manba: Hurshid Davronning  Facebookdagi sahifasi.

2014 йил 26 феврал.

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332