Horazm – XIV asr O’zbekistonining ham viloyati bo’lgan birinchi o’zbeklar diyoridir

Hiva

O’zlarini “o’zbek muholifati” vakillari deb ataydigan Muhammad Solihning safdoshlari yaqinda bir necha maqolalar e’lon qilib, bu maqolalarda ular turk millatiga mansub ekanliklarini ta’kidlar ekanlar, shulardan biri bo’lmish Maksud Bekjon degan kimsa “Dunyo o’zbeklari” degan saytda e’lon qilingan “Turkiyzabonlar” kim?” degan maqolasida o’zbek millatini xaqoratlashdan ham tap tortmagan. Shuning uchun ham muallif ushbu maqolada uning va Muhammad Solihning shunga o’xshash maqolalarini tahlil qilib, ularning o’zlari ko’targan masalalarni yoritishdagi jiddiy hatolari nimalardan iborat ekanligini ko’rsatib berishdan tashqari: O’zbeklar turkiyzabon xalqmi yoki yo’qmi? O’zbek tili sof turk tilimi yoki yo’qmi? O’zbeklar turk millatiga mansubmi yoki yo’qmi? Tarixiy o’tmishimizda axolisi turk millatiga mansub bo’lgan Turkiston degan davlat bo’lganmi yoki yo’qmi? Panturkizm, Turon va Turkiston regionalizmi va federalizmi g’oyalari ─ bu qanday g’oyalar va ularga o’zbeklar qanday munosabatda bo’lishi kerak? ─ degan savollarga jabob berishga harakat qilgan. 

Shohu toju xil’atikim, men tamosho qilg’ali
O’zbagim boshida qalpoq, egnida shirdog’i bas.

Alisher Navoiy

So’z boshi. Fan – borliq to’g’risidagi ob’ektiv bilimlarni ishlab chiquvchi va ularni umumlashtirish orqali bir tizimga keltirish bilan shug’ullanadigan inson faoliyati sohalaridan biri hisoblanadi. Olim esa ─ dunyoning ilmiy ko’rinishini (suratini) ongli ravishda shakillantirish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bo’lgan ijodkor fan vakilidir.

Sheriyat (nazm) va nasr san’atning ikkita bir–biriga yaqin sohalari. San’atning o’zi esa ─ borliqni obrazlar orqali anglashga xizmat qiladi. Gonorar, royalti va grantlar hisobiga hikoya, qissa va roman ko’rinishidagi badiiy asar yozadigan odamni ─ yozuvchi, deb atashsa, alohida she’r yozish qobiliyatiga ega bo’lgan yozuvchilarni  jamiyatda ─ shoirlar deb atashib, ularga katta hurmat va ehtirom bildirishadi. Men ba’zida oshna–og’aynilar bilan bo’ladigan munozaralarda, hazilomuz qilib: yozuvchi ─ bu “adabiy to’qima” deb ataladigan yolg’onni san’at darajasiga ko’targan shaxsdir, deb ta’rif beraman.

Demak shoir va yozuvchilar bilan olimlar o’rtasida katta farq bor ekan. Shunining uchun ham ko’pincha ba’zi bir o’zbek shoir va yozuvchilari fanning borliqni o’rganishga xizmat qiladigan alohida usul va uslublari borligini bilmay yoki bilishni hoxlamay, ijtimoiy fanlarlardan tarix va falsafaga o’xshagan uning sohalarida, bu fanlarni juda ham sayoz darajada yoki yuzaki bilishlariga qaramay, o’zlarini juda ham aqilli odamlar sifatida ko’rsatishga harakat qilishib, bu sohalarning yirik olimlari bilan munozara qilmoqchi bo’lishadi va matbuotda ularning asarlariga hamda nuqtai nazarlariga, o’zlarining o’ta past saviyadagi bilimlari darajasida berilgan baholarini o’z ichiga olgan va noilmiy hulosalari bayon qilingan maqolalarini e’lon qilishib, o’z o’quvchilarini (mushtariylarini) gangitish orqali, mutlaqo asossiz ravishda olimlarimizning obro’siga putir etkazishga urinishadiki, ularning bunday faoliyatlarini sira ham oqlab va ijobiy baholab bo’lmaydi.

Masalan, fizika fanida: tezlik, tezlanish, kuch, bosim, quvvat degan va xokozo tushunchalar va ularga berilgan ta’riflar, o’lchov birliklari xamda ularning SI va SGS tizimlaridagi (sistemalaridagi) o’lchov birliklari borki, ularni hech kim boshqa ma’no va maqsadda ishlatishga urinmaydilar. Chunki faqat g’irt axmoqlargina shunday qilishi mumkinligini hamma biladi…

Lekin ba’zi bir shoir va yozuchilar, masalan, tarix fan[lar]idagi, huddi fizikadagi kabi: urug’, qabila, el, elat, millat va xalq tushunchalari o’zbek tili lug’atidan faqat XX asrdagina o’rin olib, ular umuman G’arbning yoki Evropaning umumlashgan tarix fanida qanday tushunchalarga to’g’ri kelishidan va ularga qanday ta’riflar berilganligidan mutlaqo behabar holda, shunday va boshqa tushunchalarga hattoki o’zlarining axmaqona talqinlarini berishga urinib, yirik o’zbek tarixchi olimlari bilan sirtdan baxslashgan holda, ularni o’zlaricha qattiq tanqid ostiga olib, obro’sini to’kmoqchi bo’ladilarki, ular bu jihatlari bilan boshqa mamlakatlarning tarix soxtakorchiligi bilan shug’ullanadigan “tarixchi–olimlari”dan ham zararliroq faoliyat ko’rsatadilar, desak ─ bu sira ham mubolag’a bo’lmaydi.

Men shaxsan siyosiy iqtisod fani bo’yicha mutahassisman. Siyosiy iqtisod fani esa jamiyat va davlatlar rivojlanishi tarixini ibtidoiy-jamoa tuzimi davridan to shu bugungacha bo’lgan holatini o’rganganligi uchun, shaxsan menga tarix fani ham begona emas. Buni ustiga barcha fanlarni o’rganishning uslubiy (metodik) asoslari bir hil. Shuning uchun ham men o’zimning o’zbeklar va o’zbek davlatlarining kelib chiqishi tarixiga bag’ishlangan va rus tilida bayon etilgan nazariyalarimni o’z ichiga olgan maqolalarni [1–7], Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademigi), tarix fanlari doktori Raxim Masov boshchiligidagi bir guruh tojik tarixchi-olimlari, Rossiya, Qirg’izston, Qozog’iston va ba’zi bir boshqa mamlakatlarning Valeriya Andreevaga o’xshagan, SSSR parchalanganidan so’ng Vatanimiz va millatimiz dushmanlariga aylanib qolgan olimlari hamda ziyoliylarining, O’zbekiston va o’zbeklarning kelib chiqish tarixini soxtalashtirishga qaratilgan harakatlariga qarshi men o’zim shaxsan olib borgan keskin kurashlar jarayonida, obro’li ilmiy manbalarga va mantiqning isbotlash nazariyasiga qat’iyan tayangan va amal qilgan holda, yozganman.

Biroq, nafaqat shoirlik ham qiluvchi Hurshid Davrondek, o’zbek millatiga mansub bo’lmagan ba’zi bir jurnalistlar, balki chet elga qochib ketgan Muhammad Solihga (Salay Madaminovga) o’xshagan, o’zlarini “o’zbek muholifati” deb ataydigan va boshqa: tarixga “bosmachilar” degan nom bilan kirgan shaxslarning Turkiyada istoqomat qiluvchi Temir Ho’jao’g’liga o’xshagan avlodlari bo’lmish, bir qator kimsalar ham borki, ular bu masalalarga bag’ishlangan o’zlarining tariximizni soxtalashtirishdan iborat “asar”larini o’zbek tilida yozganliklari uchun, xalqimizning bir qismiga bevosita ta’sir qila oladigan; O’zbekistonni parchalab, uning nomini “Turkiston” degan nomga aylantirishni orzu qiladigan yoki Turon va Turkiston regionalizmi hamda Panturkizm g’oyalari bilan zaxarlangan, o’zbek millati va O’zbekiston deb ataluvchi Vatanimizning ashaddiy dushmanlariga aylangan turkparast kimsalar, desak ─ bu sira ham hato va mubolag’a bo’lmaydi!

1. Tahlil

Mana shunday, chet elga qochib ketib, o’zini “o’zbek muholifatchilari”dan biri deb biluvchi tarix soxtakorlari safiga siyosiy saviyasi etarli darajada bo’lmagan, lekin boshqalar shoir va yozuvchi deb ham ataydigan, Maksud Bekjon degan kimsani ham qo’shish mumkin. Albatta bu muallifning “Turkligimizni anglab etaylik…”, deb sarlovha qo’yib, “O’zbekiston Xalq Harakati” (O’XH) deb ataladigan saytda e’lon qilgan va fashistik g’oyalar bilan sug’orilgan bunday va boshqa maqolalarini u, musofirchilikdagi ma’naviy va g’oyaviy qashshoqlik natajasida tushkinlikka tushib, turkparastga aylanib qolishi natijasida yozgan, deb qarab, ularni e’tiborga olmasak ham bo’lar edi.

Biroq ilgari hech qanday matbuot organlaridi e’lon qilinmagan: “TURKIYZABONLAR” KIM?”, degan sarlovha ostida Kanadaning Toronto shaxrida yashaydigan, muhojir Ismat Xushevning “Dunyo o’zbeklari” deb ataluvchi Internetdagi hususiy gazetasida 2014 yilning 14 noyabrida e’lon qilingan maqolasida, Maksud Bekjon bu maqolani bundan 20 yil muqaddam, ya’niy 1994 yilda yozilganligini da’vo qilishi, biroq uning mazmuni Muhammad Solih ham aynan o’sha yilda yozilganligini da’vo qilib, o’zining “Turkiston shuuri” degan maqolalar to’plamining 23–29 betlarida “Manqurtlik mafkurasiga javob” deb sarlovha qo’yib, Internetda 2013 yili e’lon qilgan maqolasining mazmuniga o’xshashligi, meni taajjubga soldi. Shuning uchun ham men o’zimning ushbu maqolamda Muhammad Solih va Maksud Bekjonning yuqorida ko’rsatib o’tilgan maqolalarini tahlil qilib, uning natijasini mushtariylar bilan o’rtoqlashishni maqsadga muvofiq deb bildim.

O’zbeklar va o’zbek davlatlarining kelib chiqishi to’g’risidagi tarixiy bilimlardan mutlaqo behabar bo’lgan Maksud Bekjon, menimcha, Muhammad Solih bilan kelishgan holda o’zining maqolasini “TURKIYZABONLAR” KIM?”, deb atab, unda, uyatmay netmay va mutlaqo asossiz ravishda: “… ko’chmanchi Shayboniyxon urug’lari bilan bog’liq bo’lgan va hozirgi O’zbekiston hududlariga ilk bor Shayboniyxon istilosi bilan kirib kelgan “o’zbek” degan nom tarixda ham, bugungi kunda ham biron bir shonli, ulug’ ishlar bilan bog’liq holda aytilmaydi”, degan, o’zbeklarga nisbatan dushmanlik hissi bilan to’lib toshgan, o’zining o’ta salbiy fikrini bildirgan.

Agar u rostdan ham bu maqolani 1994 yili yozgan bo’lib, uni 20 yildan so’ng ham hech qanday o’zgarishsiz e’lon qilishga qaror qilgan bo’lsa, unda u, bu maqolani astoydil tekshirib, tarihiy manbalarga solishtirib ko’rganida edi, unda albatta o’zining yuqorida iqtibos sifatida keltirilgan fikirlari mutlaqo hato ekanligini bilib, agar vijdoni pok va beg’araz inson bo’lgani holda, o’zini o’zbek millatiga mansub deb bilganida, o’z hatosini to’g’rilab, tarixni bilmaydigan mushtariylarining kallasini gangitmagan, tarixni biladigan odamlar oldida esa ─ sharmanda bo’lmagan bo’lar edi.

Chunki Maksud Bekjon tarixiy masalalar yuzasidan bu sohada mutahassis bo’lgan O’zbekistonlik yirik olimlarni tanqid qilishga jur’at etishdan oldin, tarixni ular darajasiga yaqin va jiddiyroq o’rganganida edi, QO’NG’IROT urug’idan bo’lib, 1312 yili 30 yoshida, bobosi Mangu–Temur davrida, ya’niy 1269 yili davlat mustaqilligini qo’lga kiritib, Mo’g’illar Imperiyasidan ajralib chiqqan; lekin tarix soxtakorlari Oltin O’rda deb atab olgan Buyuk Davlat taxtiga o’tirib, bu davlat va uning zodagonlariga o’z nomini bergan XIV asr buyuk O’zbekistonining asoschisi va birinchi hukmdori O’zbekxon 1282 yili aynan Horazmda tug’ilib o’sgan o’zining hamyurti ekanligini; shuning uchun ham bu ulug’ zot, o’z nomiga Mamlakat–i–O’zbekiy, yani O’zbekiston deb atalgan davlatning hududiy boshqarish tizimini isloh qilishda uni 4 ta ─ Saroy, Qrim, Dashti–qipchoq va Xorazm uluslariga yoki viloyatlariga bo’lib, samarali boshqarganligini bilgan bo’lar ediki. Huddi ana o’sha XIV asr O’zbekistonining dvoryan va samuray atamalari mazmuniga mos keladigan ma’noda o’zbeklar deb atalgan zodogonlari, bu davlat parchalanganidan keyin, o’zlarining 24 ta quyidagi:

boyli, barak, jat, do’rmon, imchi, yijon, korluq, kenagas, qiyot, qo’ng’irot, kurlaut, qo’shchi, mang’it, ming, nayman, toymas, tangut, tubay, tuman, ug’rish-nayman, uyg’ur, uysun, o’tarchi, xitoy,

deb nomlanuvchi turkiy urug’larini birlashtirib, 1428 yili Muhammad Shayboniyxonning emas, balki Yo’lchining (Jo’chining) to’rtinchi o’g’li Shibonxonning (Shiybonxonning) avlodlaridan bo’lgan shaxzodaAbulxayr (1412—1468) hukmdori bo’lgan, Mirza Muxammad Xaydar dug’latning “T’arix-i Rashidi”  [8], degan asarida nomi aniq qilib [XV asr milliy] O’zbekiston[i] deb atalgan, boshqa tarixiy asar yoki manbalarda O’zbek xonligi deb ham atalib, xozirgi Qozog’iston hududini to’liq o’z ichiga olgan davlat tuzgan paytlarida, O’ZBEKLAR jahon etnik saxnasiga millat sifatida qadam bosib, o’sha davrdan e’tiboran o’z yurtlari bo’lmish Horazmni ham qaytarib olishni va uni qayta tiklashni orzu qilganlar. Va bu orzulariga ular 1512 yilda erishganlar edilarki, ular Shayboniyxondan ajralib chiqib, poytaxti O’rganch shaxri bo’lgan va 1920 yilgacha mavjud bo’lgan yangi Horazm davlati bo’lmish ─ Hiva xonligini tuzgan edilar.

Demak — Horazm, bir tomondan, XIV asr buyuk O’zbekistonining ham viloyati bo’lmish birinchi o’zbeklar diyori bo’lsa, ikkinchi tomondan ─ o’sha davlat parchalanib ketgach, aynan Shayboniyxondan ajralib chiqqan o’zbeklar 1512 yilda Hiva xonligini tuzgan ekanlarki, uning taxtini o’zbeklarni tashkil etuvchi 92 turkiy urug’lar safiga kiruvchi va boshqa urug’ va qavmlar va’killari ham egallab, bu davlat taxtini 1804 yildan 1920 yilga qadar yana QO’NG’IROT urug’i va’killari egallab kelganligi, barcha tarixiy manbalarda qayd etilgan.  Bularni bilmay Muhammad Solih va Maksud Bekjonlardek, yuqoridagiga o’xshash, mutlaqo hatodan iborat va o’zbeklarga nisbatan dushmanlikdan boshqa narsani anglatmaydigan fikirlarni matbuotda e’lon qilish va tarqatish — bu tarix fani va u beradigan bilimlarga ega bo’lmagan kimsalarning axmaqona ishlaridan boshqa hech narsa emas, debgina baholash mumkin. Bunday bahoning, asli kelib chiqishlari zamonaviy O’zbekisonning Horazm viloyatidan bo’lgan va ko’pchilik taniydigan yuqorida ismi shariflari aytib o’tilgan va o’ziga “Horazmiy” deb tahallus, to’g’rirog’i laqab qo’yib olgan, ba’zi bir kimsalarga ham ta’luqliligi, ayniqsa kulgili emas, balki juda bir achinarli xol, desam to’g’ri bo’ladi.

Tahlil qilinayotgan maqolaning davomida uning muallifi Maksud Bekjon na o’zbeklar va na horazmliklar va na Horazm tarixini bilmaganligi sababli: “Biz o’zimizning bobolarimiz deb g’ururlanadigan sohibqiron Amir Temur ham, uning vorislari, Bobur ham, o’zbeklarga qarshi kurashib (ajratib ko’rsatgan ─ R.A.), o’zlarini “turk” deb atagan”, degan yana bir, unga o’xshab tarixni bilmaydigan zamonaviy o’zbek millati vakillari va O’zbekistonning boshqa aholisi bo’lgan mushtariylarning kallasini gangitishga qaratilgan, fikr bildiripti.

Men bu masalani obro’li ilmiy manbalarga, ya’niy buyuk fors va arab tarixchi–olimlari asarlariga tayangan holda har tomonlama chuqur o’rganib chiqib, o’zimning rus tilida:  “Узбеки — дворяне тюркских народов, а сарты — предприниматели Центральной Азии” [1], degan sarlovha ostida, keyinchalik o’zbek tiliga o’zim tarjima qilib: “O’zbeklar — turk xalqlarining zodagonlari, sortlar esa — Markaziy Osiyoning tadbirkorlaridir” [7] degan nom ostida e’lon qilingan maqolamda, bu masalaga quyidagicha javob bergan edim:

«Sohibqiron Amir Temur hazratlari, o’zining tarjimai holiga bag’ishlangan kitobida [...], harbiy nayrang ishlatib o’zbeklar ustidan g’alaba qozonganligi to’g’risida hikoya qilib, o’zbeklar uning mavhum bo’lgan lashkarlaridan qo’rqib, Movarounnahr qal’asini tark etgan holda, tun qariga singib ketganliklari to’g’risida so’z yuritadilar. Lekin harbiy to’qnashuvlar paytidagi qandaydir axoli yashaydigan hududda, qaro tun qariga faqatgina mahalliy axoligina singib ketishi mumkin. Demak Amir Temur bobomiz o’zining asarlarida [...], o’zbeklar to’g’risida so’z yuritganlarida, u bunday o’zbeklarning O’zbekxon qurolli kuchlari safidagi harbiy xizmatdan ozod qiliganlaridan so’ng o’z vatanlariga ― Movarounnahrga, qaytib kelgan qismini nazarda tutgan, deyishga to’liq haqlimiz.

Demak “Temurlang. Temurlangning tarjimai holi” [...]  va “Temur tuzuklari” [...] asarlarida qandaydir o’zbek jamoalari to’g’risida so’z yuritilganda, uning kitoblari [masalan, rus tilidagi] tarjimalariga izohlarda, go’yoki ularda: “So’z ko’chmanchi, ya’niy dashtiqipchoq o’zbeklari: Movarounnahr qal’a―shaxarlariga joylashgan Oltin O’rda harbiy qismlari to’g’risida ketmoqda”, ― deb mutlaqo hato va yolg’on gaplarni yozishadi. Chunki, birinchidan, Movarounnahr hech qachon Oltin O’rdaga qaramagan bo’lsa, ikkinchidan: ular bu qal’alarda, Oltin O’rda hukmdori tomonidan, o’sha davrda vaqtinchalik Chig’atoy Ulusi va Mog’oliston xoni vazifasini otasi To’g’luq Temur o’rniga bajarib turgan Ilyosxon ixtiyoriga bergan, deb faraz qilgan taqdirimizda ham, ular o’sha Movarounnahr qal’alarida qanday paydo bo’lganlar? ― degan savolga mutlaqo javob yo’q. Bunday holat esa Mirzo Ulug’bek hazratlarining “To’rt ulus tarixi” [...] kitobidagi O’zbekxon qurolli kuchlari safidagi harbiy xizmatdan ozod bo’lgan o’zbeklar o’z vatanlariga ― Movarounnahrga, qaytib kelganligi to’g’risidagi ma’lumot aynan haqiqat ekanligini tasdiqlaydi.

Biroq men, Sohibqiron Amir Temur harbiy xizmatdan ozod qilinib o’z vatanlariga qaytib kelgan o’zbeklarga bo’lgan salbiy munosabatining sababi nafaqat diniy namoyondalar shikoyatlariga asos bo’lmish ularning yomon xulq-atvorlarida, balki shu bilan bir qatorda, uning o’zi BARLOS degan turk urug’idan bo’lganligida hamdir, degan fikirdaman. Bundan tashqari uning o’sha paytdagi hali millat sifatida shakillanmagan va o’zlarini harbiy zodagonlar sifatida biluvchi o’zbeklarga bo’lgan bunday salbiy munosabatiga, uning o’ziga bo’ysingan 40 ta qabila va urug’lari ichidan, uning barlos nomli o’z urug’idan tashqari yana faqatgina: arg’in, jaloyir, tulkichi, dulday, mog’ol, sulduz, to’g’ay, qipchoq, orlat va tatarlardan iborat 11 tadan iborat urug’largagina ishonganligida hamdir, degan fikirdaman. Chunki, Amir Temur hazratlari ularning  bunday mavqelari, Movarounnahr taxtini egallashda ular unga ko’rsatgan sadoqat va yordamni unitilmasligini, o’zining hukmdorlik tamg’asi bilan muhirlab qo’ygan ham edi [...].

Sohibqiron Amir Temur hazratlarining jumlaiy mo’minlaridan biri bo’lmish Oq So’fi ismli malika QO’NG’IROT nomli turk urig’idan bo’lgan. Biroq, yuqorida ro’yhati keltirib o’tilgan va o’zining buyuk ishlarida Sohibqiron tayangan 12 ta urug’ va qabilalar ichida Oltin O’rda Uluslarining o’zagini tashkil etgan shuhratli turk urug’laridan bo’lmish QO’NG’IROT urug’i mutlaqo yo’q. Chunki bu urug’ning vakillari o’sha paytlarda hali Buyuk Davlat bo’lmish ― O’zbek Ulusiga, o’zbeklar (zodagonlar) sifatida xizmat qilishni davom ettirib, Oltin O’rda to’liq qulagunga qadar unga ― Amir Temur xazratlariga, qarshi xarbiy to’qnashuvlarda qatnashib kelganlar. Buni ustiga 1359 yildan 1388 yilga qadar, ya’niy Hiva xonligini (Horazmni) Sohibqiron Amir Temur xazratlari zabt etgunga qadar, uning hokimiyati tepasida aynan shu ― QO’NG’IROT urug’idan bo’lgan xonlar sulolasi turgan.

Xuddi shunday sababga ko’ra u bosh amirlar lavozimlariga ham shu 12 turkiy urug’lar va’killarini va, birinchi navbatda, o’zining BARLOS nomli turk urug’i vakillarini tayinlar, ularga: Badaxshon, chegara viloyatlari va boshqa hududlarini, in’om qilar edi. Bundan tashqari Sohibqiron boshqa yuqori amir va mingboshi lavozimlariga ham o’zining BARLOS urug’i vakillarini tayinlar ediki, balki u shu yo’l bilan kelakjakda ularni ham o’z saltanatining Oltin O’rda o’zbeklariga o’xshagan xarbiy zodagonlariga aylantirish maqsadlarini ko’zlagan bo’lsa ajab emas…

Lekin shu erda: nima uchun Amir Temur hazratlari harbiy xizmatdan ozod bo’lgan va bunday xizmatni Oltin O’rdada davom ettirayotgan o’zbeklarni, ularning urug’-aymog’i yoki tarkibiga qarab farqlamay, ularni hammasini o’zining kitoblarida […] faqtgina o’zbeklar deb atagan, ― degan savol tug’ilishi ham mumkin.

Bu savolga javob juda ham oddiy. O’zbekxon o’zining “o’zbeklar” deb atalib, nafaqat uning o’z ismi va ulusining nomiga to’liq mos keladigan, balki uning kelajkni ko’zlab o’ylab qo’ygan fikr va rejalariga ham mos keladigan jamiyatning xarbiy zodagonlardan iborat qatlamini tashkil etishda, u Chingizxonning mo’g’il qurolli kuchlarini tashkil qilishda o’nlik, yuzlik, minglik va o’n-mingliklarni (tumanlarni) asosi bo’lgan mo’g’il urug’-aymoqlarini aralashtirib yuborishdek, tajribasiga tayangan. Voxolanki o’zining “o’zbeklar” degan harbiy zodagonlari qatlamini yaratishda, o’sha davrlar uchun juda ham xos bo’lgan urug’-aymoqlar o’rtasidagi kelishmovchilik va to’qnashuvlar unga xizmat qilishi kerak bo’lgan qurolli kuchlarni buzib yubormasligi uchun, u ham barcha turk urug’-aymoqlari va qabilalarini, aralashtirib yuborgan.

Bu davr shunday bir qahramonona xarbiy ishlar davri bo’lganki, u paytlarda qudratli davlatlar hukmdorlariga boshqa  mamlakatlarni zabt etish, zabt etilgan xonlar, knyazlar, shoxlar va qirollardan ko’ra ularning o’zlari ustun ekanliklarini namoyish qilish oddiy bir hol bo’lib, ularning soni qancha ko’p bo’lsa, bunday holat shunchalik a’lo ish hisoblanar edi. Vaholanki bu zabt etilgan va talon-toroj qilingan davlatlar va xalqlar hisobidan ular o’zlarining shaxsiy boyishlari va o’z fuqoralari farovonligini oshirishning yana bir yo’li sifatida foydalanar edilar. Shuning uchun ham tamoman boshqa davrda va boshqa hayotiy qadriyatlar olamida yashayotgan ularning avlodlari bo’lmish biz, ularni qoralashga haqimiz yo’q: biz, agar ular biz tarkibiga kirgan xalqlarning ajdodlari yoki ular bilan u yoki bu yo’sinda bog’liq bo’lsalar, faqatgina ulardan faxrlanishimizgina mumkin holos.

Biroq Oltin O’rda xonlari ichida To’xtamishga o’xshash, jahon tarixidagi buyuk shaxslardan biri bo’lgan Chingizxonga mutlaqo hech qanday aloqasi bo’lmasa ham xozirgi davrdagi o’zlarini chingiziylar, deb atovchi, o’zining haqiqiy kelib chiqishi tarixini bilmay, uning zamonidagi Jo’chi Ulusini (Oltin O’rdani) tiklash uchun jon fido qilgan, xon ham bo’lgan. Bu o’sha: ko’plab rus erlari va shaxarlarini zabt etgan, shu jumladan Moskvani ham xarbiy aldov va ayyorlik ishlatib bosib olib; unga ishonib bu buyuk shaxarning darvozalarini ochib berib, uni non va tuz bilan qarshi olganlarni ham ayamay qirib tashlab; bundan so’ng Moskvani talagan va unga vayronagarchilik keltiruvchi yong’in uyushtirgan, ―  o’sha To’xtamishxondir […].

Lekin Movarounnahr hukmdorlari ichida shunday, Chingizxondan sira ham qolishmaydigan, o’zini Turonning sultoni va Turkistonning amiri deb atagan,  nafaqat «Rus erlari»ni To’xtamishxondan ozod qilgan, baliki Oltin O’rdani to’liq zabt etib, uning mavjudligiga barxam bergan  Sohibqiron Amir Temur ham bo’lgan […]. Bu esa, o’z navbatida, u yoki bu ko’rinishda bo’lsada, lekin o’zlarini [samuray, dvoryan va xarbiy zodagon tushunchalari ma’nosida] O’ZBEK deb biluvchi va atovchi turk urug’laridan chiqqan jangchilarning ― Oltin O’rdasi parchalaridan, XV va XVI  asrning, Jo’chixonning beshinchi o’g’li bo’lmish Shiyboniylar sulolasi xonlari hukmronlik qilib, hattoki Sohibqiron Amir Temur sulolasi davlatlarini ham zabt etgan, sof o’zbek davlatlari paydo bo’lishiga olib kelgan. Lekin ular o’sha paytdagi o’zbeklar XVI asrda Movarounnahrdan surib chiqargan shunday Temuriylar edilarki, ulardan biri bo’lmish buyuk o’zbek shoiri va yozuvchisi Bobur, xozirgi Hindiston, Pokiston va Afg’oniston hududlarini zabt etib, faqatgina, inglizlar adashib “Buyuk mog’ollar saltanati”, deb atagan davlatning sultoni bo’lish bilangina kifoyalangan edi.

Lekin Sohibqiron Amir Temur nafaqat «Rus erlari»ni Toxtamishxondan ozod qilgan shaxs, balki Evropani ham sulton Bayazid I davridagi O’smon saltanati (imperiyasi) asoratidan u erdagi hukmdorlar shaxsan o’zlari qilgan iltomoslariga ko’ra ozod qilgan buyuk tarixiy shaxs hamdir…

Shuning uchun ham zamonaviy O’zbekiston rahbariyati, men ilgari ham aytib o’tganimdek […], xalqimizga o’z nomini in’om etgan buyuk O’zbekxonni emas, balki aynan Sohibqiron Amir Temurni buyuk o’tmishimizning haqiqiy timsoli sifatida tanlagan.

Lekin tarixiy saxnaga millat sifatida chiqqan o’zbeklar qudratining asoschisi, birinchi “ko’chmanchi o’zbeklar davlati”ning xoni Shiboniylar sulolasidan bo’lgan shaxzoda Abulxayrdir (1412—1468). Bu davlat tarixga O’ZBEK XONLIGI nomi bilan kirib, bu davlatga uning birinchi xoni bo’lmish Abulxayrxon 1428 yildan 1468 yilgacha 40 yil davomida hukmronlik qilgan.

Xuddi shu davlat tuzilishi jaroyonida “o’zbeklar” atamasi “o’zbek” atamasiga aylanib, yo’lboshchilari shaxzoda Abulxayrni birinchi o’zbek davlatining xoni sifatida saylagan bir guruh turkiy qabila va urug’larining umumiy nomi bo’lib qoldi. Shaxzoda Abulxayrning birinchi qadamlarini qo’llab-quvvatlab birinchi milliy o’zbek davlati bo’lmish O’ZBEK XONLIGI bayrog’i ostida birlashib, o’zbek millatini yaratgan 24 turkiy qabila va urug’lar safiga quyidagilar kiradi [...]:

boyli, barak, jat, do’rmon, imchi, yijon, korluq, kenagas, qiyot, qo’ng’irot, kurlaut, qo’shchi, mang’it, ming, nayman, toymas, tangut, tubay, tuman, ug’rish-nayman, uyg’ur, uysun, o’tarchi, xitoy.

Bular hammasi esa o’zbeklar jahon tarixiy haritasida mustaqil millat sifatida 1924 yil Sovet Ittifoqi tarkibadagi O’zbekiston SSR tuzilgan paytda emas, balki 1428 yil, ya’niy undan 596 yil muqaddam paydo bo’lgan. Buni ustiga o’zbeklar millat sifatida jahon tarixiy maydoniga boshqalardan farqli o’laroq to’lig’icha dvoryan va samuray manosida tushinish mumkin bo’lgan Oltin O’rda turkiy qabila va urug’larining harbiy zodagonlaridan iborat bo’lgan holda, O’ZBEK XONLIGI deb atalgan markazlashgan davlat tuzilayotgan paytda, kirib kelgan. Shuning uchun ham o’zbeklar 1924 yilda faqatgina O’zbekiston SSRning ko’pchilik aholasini tashkil qiluvchi asosiy millat sifatidagi huquqiy maqomiga ega bo’lganlar halos, deyish mumkin».

Tahlil qilinayotgan maqolaning davomida Maksud Bekjon: “Covetlar davrid esa, o’zbeklarni dunyodagi eng qonxo’r xalq sifatida ko’rsatishga urunishdi – nega endi professorlarimizning milliy g’ururiga bunday haqoratlar putur etkazmaydi-yu, o’zbekning turk ekanligi haqidagi fikr putur etkazadi? Bizning g’ururimiz turkligimizda emasmi?”, degan va hech qanday asosga ega bo’lmagan axmaqona fikir va o’rinsiz savolni o’rtaga tashlabdi.

Chunki sovetlar yoki SSSR davrida hech qanday tarixchi olim “o’zbeklarni dunyodagi eng qonxo’r xalq sifatida ko’rsatishga” uringan emas. Balki, men o’z maqolalaarimda ismi va shariflarini ko’rsatib o’tgan ba’zi bir o’ta millatchi tojik, rus va boshqa mamlakatlarning tarixchi olimlar o’zbek degan millat asli yo’q. Ular Maksud Bekjonga o’xshab: o’zbek millati sovetlar davrida sun’iy yaratilgan millatdir, degan axmaqona fikirda bo’lganlarki, bunday “olimlar” o’zlarining o’zbeklar etnogeneziga bag’ishlangan asarlarida “o’zbeklarning qonxo’rligi” to’g’risidagi fikirlarni yozishni o’ylab ham ko’rmaganlar. Shuning uchun ham faqatgina Maksud Bekjon to’qib chiqqan yolg’on gap, u tilga olgan o’zbek professorlarining milliy g’ururiga putur etkaza olmaydi. Nima uchun o’zbek turk millatiga mansub emasligi va shuning uchun ham bizning g’ururimiz turkligimizda emas ekanligi to’g’risida esa sal keyinroq to’xtalaman.

Bu joyda esa Maksud Bekjondek tarix soxtakorining: “Umuman, “o’zbek” kalimasini 1924 yilda kommunistlarning dohiysi Vladimir Lenin rasmiylashtirdi. Turkiston nomi yo’q qilinib, uning o’rniga bir qancha yangi, yasama jumhuriyatlar, shu jumladan, “O’zbekiya” ham tashkil etildi. Bir muddatdan so’ng esa, “milliylik prinstipi”ga amal qilingan bo’lib, “O’zbekiya” nomi “O’zbekiston”ga almashtirildi”, degan mutlaqo asossiz va yolg’on gaplari ustida to’xtalamiz.

Birinchidan, Vladimir Ilich Lenin 1918 yili Kaplan to’pponchadan uzgan zaxarlangan o’qdan yaralanib, uzoq muddatli og’ir kasallikdan so’ng 1922 yilning bahoridan boshlab falajlikka mubtalo bo’lib, to’liq tildan ham qolgan va 1924 yilning 21 yanvarida olamdan o’tgan edi. Shuning uchun ham “o’zbek” kalimasini u 1924 yilda rasmiylashtirishi mumkin emas edi.

Ikinchidan, xech qachon “Turkiston nomi yo’q qilinib, uning o’rniga bir qancha yangi, yasama jumhuriyatlar, shu jumladan, “O’zbekiya” ham tashkil” etilmagan. Chunki tarixiy manbalarda Qo’qon muxtoriyati ham deb ataluvchi Turkiston muxtoriyati Chor Rossiyasi 1917 yil Fevral burjua inqilobi natijasida qulab, uning o’rniga o’sha yilning 1 (14) sentyabrida e’lon qilingan Rossiya [demokratik] Respublikasining hududiy avtonomiyasi sifatida 1917 yilning 27 noyabirida tuzilgan va u, taxminan shu kundan 2,5 oy o’tgach, 1918 yilning 6 fevralidan 9 fevraligacha bo’lgan Qo’qondagi ko’cha janglarida sovet hokimiyati tomonidan tugatilib, uning o’rniga 1918 yilning 30 aprelida poytaxti Toshkent shaxrida bo’lgan va Sovet Rossiyasi (RSFSR) tarkibida yana bir avtonomiya (muxtoriyat) shaklidagi Turkiston ASSR tuzilib, u to SSSR tarkibida ittifoqdosh respublika sifatida O’zbekston SSR tuzilgunga qadar mavjud bo’lgan.

Horazm Xalq Sovet Respublikasi esa o’sha Turkiston bilan parallel ravishda Hiva xonligi qulagach 1920 yilning 26 aprelida tuzilgan bo’lsa (uni hududida 1924 yil 27 oktyabrda Turkmaniston SSR ham tuzilgan), Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Buxoro amirligi o’rnida 1920 yilning 8 oktyabrida tuzilib, 1924 yilning 19 oktyabrida Buxoro SSRga aylantirilib, 1924 yilning 27 oktyabrida O’zbekiston SSR tashkil topishi munosabati bilan, tugatilgan.

Demak xozirgi O’zbekiston mustaqillikka erishmasdan oldin, sovetlar davrida, hech qachon “O’zbekiya” yoki “Uzbekiya” deb atalmagan. Lekin uning 1937 yilgi O’zbekiston SSR Konstitustiyasida ham aks etgan rus tilidagi “Uzbekskaya SSR” degan topo-nomini (toponimini) o’zbek tiliga so’zma-so’z tarjima qilsak, uni ─ “O’zbeklar Sovet Sostialistik Respublikasi”, deb yozish mumkin. Lekin buni o’rniga o’zbek tilida u “O’zbekiston Sovet Sostialistik Respublikasi” deb atalishi va O’rta Osiyodaga barcha millatlar yagona o’zbek millatiga mansub bo’lganligini Abdurauf Fitrat boshliq jadidlar va “Yosh buhoroliklar” asoslab berganligi tarixiy hujjatlarda va hatto chet el tadqiqotchilarining ilmiy asarlarida ham o’z aksini topgan.

Vladimir Ilich Lenin “Uzbekiya» degan so’zni yoki nomni, uning To’liq asarlar to’plami 41–tomining, 435–betida keltirib o’tilgan va 1920 yil 13 iyundagi “RKP(b)ning Turkistondagi vazafalari to’g’risidaga MK qarorining loyixasi ustidagi mulohazalar” (“Замечания на проекте решения ЦК о задачах РКП(б) в Туркестане”), degan hujjat ustiga: “1) Поручить составить карту (этнографическую и проч.) Туркестана с подразделением на Узбекию, Киргизию и Туркмению”, degan va faqat 1942 yili shunday to’plamlarning XXXIV raqami bilan belgilanib, nashir etilgan jildida (yoki sonida) e’lon qilingan qo’lyozma rezolyustiyasi matnidagina ishlatgan holos.

Shu joyda Vladimir Ilich Lenin to’g’risidagi yaqindagina oshkor etilgan va tarihiy hujjatlar bilan o’z isbotini topuvchi yana bir muhim fikrimni ham aytib o’tib ketishni lozim topdim.

Yaqinda rossiyalik tarixchi–olim Anatoliy Latыshevning econet.ru internet–nashriga bergan va “Открыты шокирующие секретные архивы о Ленине” degan sarlavha ostida e’lon qilingan intervyusida, u davlat arxivlarida yaqingacha “maxfiy” degan tamg’a ostida saqlangan hujjatlarda Lenining otasi Ilya Nikolaevich Ulyanovning ajdodlari qolmoq deb ataluvchi turkiy urug’lardan ekanligi to’g’risida ma’lumotlar borligini aytib, u shuning uchun ham o’rislarni yomon ko’rganligi to’g’risidagi fikirlarini bildirgan holda, uning g’iybatini qilibdi. Shundan ko’rinib turibdiki bundan 90 yil oldin, ya’niy 1924 yili O’zbekiston SSR tuzilishida muhim rol o’ynagan bu XX asrning buyuk siyosatchisi va tarixiy shaxsi bo’lgan Lenin, onalari tomonidan o’zbek bo’lishgan [rus] podshosi Ivan Groznыy va Rossiya Imperatori Buyuk Pyotrdan (Pyotr I) farqli o’laroq, otasi tomonidan o’zbek bo’lgan deyishga etarli asosimiz bor. Chunki qolmoqlar o’zbeklarni tashkil etuvchi 92 turkiy urug’lar safiga kiradi.

Endi yana tahlil etilayotgan maqolaga qaytsak, Maksud Bekjon uning davomida: “Agar biz o’zimizni bizga boshqa xalqlar (masalan, ruslar yoki ovrupoliklar) bergan nomlar bilan atashni to’g’ri deb topsak, u holda, biz o’zbek deb hisoblayotgan Temur, Ulug’bek, Bobur kabi ulug’larimizning ham rus va Ovrupo olimlari tomonidan “mo’g’ullar”deb atalishiga ko’nikishimiz lozim: Hindistonda uzoq davr mobaynida hukmronlik qilgan boburiylar ham “buyuk mo’g’ullar” bo’lib chiqadi. Xuddi shunday muvaffaqiyat bilan “doych”larni ruscha qilib, “nemis”, “xungar” yoki “major”larni – “venger”, “o’zbek”larni – Chor imperiyasi paytida keng qo’llanilgan “sart” nomlari bilan atayverish mumkin”, degan mutlaqo hatodan iborat safsatani sotgan ekanligining guvohi bo’lishimiz mumkin.

Chunki bu Maksud Bekjon degan tarix soxtakori yuqoridagi o’zining hato fikirlarini olg’a surish orqali, birinchidan MO’G’ILlar (ruschasgia ─ MONGOLЫ) bilan MOG’OLlarning (ruschasiga ─ MOGOLЫ) farqiga bormasligini ham oshkor qilib, balki shuning uchun ham u, mo’g’il millati etno-nomini “mo’g’ul”, deb hato yozgandir. Lekin, ingiliz olimlari Zahiriddin Muhammad Bobur ilgari Chig’otoy Ulusi qulaganidan so’ng uni o’rnida Movarounnahr va Mog’oliston (yoki Mog’ollar Ulusi va Mamlakati Mog’oliston) degan davlatlar paydo bo’lib, ulardan ikkinchisi bo’lmish ─ Mog’oliston tarkibiga kirgan Farg’onaning Amiri bo’lganligini inobatga olib, uni o’zini, adashishib ─ Buyuk Mog’ol va u tuzib, xozirgi Xindiston, Pokiston va Afg’oniston hududlarini o’z ichiga olgan, davlatning nomini ─ Buyuk Mog’ollar Imperiyasi, deb ataganliklarini mutlaqo bilmasligi tufayli: “Temur, Ulug’bek, Bobur kabi ulug’larimizning ham rus va Ovrupo olimlari tomonidan “mo’g’ullar”deb atalishiga ko’nikishimiz lozim: Hindistonda uzoq davr mobaynida hukmronlik qilgan boburiylar ham “buyuk mo’g’ullar” bo’lib chiqadi” degan chuqur hatodan iborat hulosaga kelgan.

Buni ustiga Maksud Bekjon maslakdoshi va akasi bo’lmish Muhammad Solih o’zining “MANQURTLIK MAFKURASIGA JAVOB” degan maqolasida u munozara qilayotgan olimlarga murojaatan: “Siz “sart” degan kalimani qo’llaysiz. Ammo sart ham millat emas, shaharlik kishilarga qo’yilgan laqabdir”, degan so’zlarini aytganligini va uni balkim aynan mening etiborimni qaratiish uchun jo’rttaga bilmaydiganga solib: “o’zbek”larni – Chor imperiyasi paytida keng qo’llanilgan “sart” nomlari bilan atayverish mumkin, degan alimsiqdan qolgan gapni ham gapirib o’tganki, bu bilan u menga go’yoki, Muhammad Solih bu gaplarni mendan keyin, 2013 yilda, o’zining «Turkiston shuuri» degan maqolalari to’plami e’lon qilinganda emas, balki undan ancha oldin ─ 1994 yilda aytgan, demoqchi bo’lgan, degan fikirga bordim…

Chunki Maksud Bekjon aynan shu fikirlardan keyin: “Umuman, agar o’zbeklar O’zbekistondagi aksilmilliy rejim propagandasiga uchadigan bo’lsa, o’zining butun tarixidan mahrum bo’ladi. Chunki, 16 asrgacha bulgan tariximizda “o’zbek” nomi bilan bog’langan biron bir davlatchilik merosi yo’q”, degan axmaqona fikirlarni olg’a surib, bir tomondan o’zini fosh qilib ─ u nafaqat qadimgi tariximizning soxtakori, balki o’z maqolalarining yozilgan vaqtini ham qalbakilashtiruvchi kimsa ekanligini namoyish qilgan bo’lsa. Ikkinchi tomondan, bunday qalbakichilikni u, shaxsan men XIV-XV asrlar O’zbekistonlari va ularning fuqorolari bo’lgan turkiy xalqlarining o’zbeklar nomi bilan atalgan zodagonlari bo’lgan hamda aynan shu zodogonlar 1428 yilda Abulxayirxon hukmdori bo’lgan O’zbek xonligi ham deb ataladigan davlatni tuzishlari jarayonida 24 turkiy urug’larni birlashtirib o’zbek millatiga aylanganligi to’g’risidagi nazariyamni, asossiz demoqchi bo’lgan, degan fikirdaman.

Biroq bu tarix soxtakori ilmu–fandan juda uzoq va uning ilmiy nazaryalar va farazlarni isbotlash usullaridan behabar bo’lganligi uchun, u men o’zbeklar va o’zbek davlatlari to’g’risidagi o’z maqolalarimda ilgari surgan nazariyalarimni nafaqat o’qimagan, balki men ularni faqatgina buyuk tarixchi olimlar asarlari asosida isbotlab berganligimni ham bilmasligini, yaqqol namoyish qilgan.

Uning tarixiy bilimlardan uzoq ekanligini o’z maqolasining davomida quyidagi:

Bizning turk emas, faqat o’zbek bo’lishimizni istashlaridan ko’zlagan maqsadlari ham mana shunda – bizni o’z tariximiz va madaniyatimizdan mahrum qilishga urunishdadir…

Bu o’rinda 18 – asrda yashab o’tgan buyuk fransuz mutafakkiri Monteskyoning turklar haqidagi fikrlarini keltirish joiz bo’ladi, deb o’ylaymiz. Monteskyo turklar haqida gapirar ekan, ularni hamma joyda “tatarlar” deb ataydi. U xunlar, turk xoqonliklari, saljuqiylar, hhorazmorazmshoxlar, usmonli turklari, temuriylar, boburiylar va chingiziylar imperiyalari o’rtasida hech qanday farq ko’rmaydi, ularga bir xalq – tatarlar deb qaraydi. Fransuz mutafakkirining bu fikri, uning, yuqorida nomi zikr etilgan o’zbek akademiklari va professorlaridan ko’ra, o’zbeklar tarixini yaxshiroq bilishidan dalolat beradi. Matnni to’laligicha keltiramiz, zero, u juda ibratlidir:

“Shon-shuhrat va buyuk istilolar bobida dunyo xalqlarining birontasi ham tatarlarga teng kelolmagan. Bu xalq – jahonning haqiqiy hukmdoridir: boshqa barcha xalqlar go’yo unga xizmat qilish uchun yaratilganday. Bu xalq imperiyalar yaratguvchi va imperiyalarni mahv etguvchidir: u barcha zamonlarda jahonga o’zining qudratini namoyon qilib kelgan, u doimo xalqlar boshiga yog’ilgan ofat bo’lgan. Tatarlar ikki marta Xitoyni istilo qildilar va hozirgacha uni o’z hukmi ostida saqlamoqdalar. Ular Buyuk Mo’g’ul imperiyasi deb atalgan cheksiz-chegarasiz hududlarda hukmronlik qilishmoqda. Ular Eronning hukmdorlaridir, ular Kir va Gistaspning taxtlarida o’tirishmoqda. Ular Moskoviyani bosib olishdi. Ular turk nomi ostida, Evropa, Osiyo va Afrikadagi bepoyon hududlarni ishg’ol qilishdi, ular dunyoning uchta qit’asida hukmrondirlar. Agar uzoqroq davrlar haqida gapiradigan bo’lsak, Rim imperiyasini mahv etgan xalqlardan birining ham aynan tatarlar ekaniga guvoh bo’lamiz. Chingizxonning istilolari oldida Aleksandrning g’alabalari hech nima emas. Afsuski, bu muzaffar xalqning ajoyib qahramonliklarini ulug’laydigan solnomachilari kam bo’lgan. Qanchadan-qancha o’lmas qahramonliklar vaqt shamollari ostida unut bo’ldi! Tatarlar asos solgan qanchadan-qancha davlatlar tarixini biz hali bilmaymiz! Bu jangovor xalq faqat o’zining bugungi shon-shuhrati bilan band bo’lib, o’zining kelajakda ham engilmasligiga chuqur ishongani holda, tarixdagi buyuk g’alabalarini mangulashtirish haqida zarracha ham qayg’urmadi” (Nashr: Monteskyo. “Fors maktublari”. 198- bet. Moskva, 1956.)”, degan fikirlarni aytganligi ham yaqqol isbot etadi.

Chunki Maksud Bekjon yuqorida o’ziga o’xshagan tarix soxtakori bo’lmish franstiyalik XVIII asr yozuvchisi Sharl-Lui de Monteskyoga u o’zbeklarning turklar sifatidagi tarixini bizning o’zbek olimlarimizdan ham yaxshi biladi, degan yuksak baho berib, uning “Forsiy xatlar” (“Lettres persanes ─ Персидские письма”), deb atalib XVIII asrda 12 marta nashir etilgan asarining russcha tarjimasidan olingan iqtibosning (tsitataning) o’zi tarjima qilgan matnini keltirgan.

Lekin u, bu harakati bilan, nafaqat bu iqtibosni ham atayin soxtalashtirgan, balki o’zini Monteskyo asarlarining bilimdoni sifatida emas, balki ularni hech qachon o’qimagan luttiboz sifatida ko’rsatib, boshqalarni ham o’ziga o’xshagan kimsalardangina iborat deb o’ylaganligini yaqqol namoyish qilgan. Vaholanki u, shu bilangina chegaralanib qolmay, nafaqat Monteskyoning bu asari tarix soxasidagi ilmiy asar emas, balki turklarning ham, o’zbeklarning ham tarihini bilmaydigan va adabiy to’qimalar, ya’niy yolg’on gaplardangina iborat o’z romanini kimlarga bag’ishlab va kimlar to’g’risida yozganligini ham anglamagan engil tabiat yozuvchining badiiy asari ekanligini ham, mushtariylardan yashirgan. Chunki Monteskyo o’zbeklar va o’zbek degan nom yoki ism qanday millatga ta’lluqli bo’lishini ham bilmaganligi uchun, agar bilsa O’zbekxondek buyuk inson hukimdor bo’lgan XIV asr O’zbekistoni nomini tarix sahifasidan o’chirish maqsadida, o’zining bu adabiy asarida, o’sha davlatning fuqorolarini o’zbeklar ham, o’zbeklarni tashkil qiluvchi 92 turkiy urug’lar safiga kiruvchi ─ tatarlar, deb ham atamay, balki TARTARlar deb atamagan va o’zining romanidagi hatlarning asosiy muallifi va qaxramoni sifatida, O’zbek ismli qandaydir fors zodagonini tanlamagan bo’lar edi.

Maksud Bekjon esa Monteskyoning bu asarini haqiqatan o’qigan bo’lganida edi, uning asaridan o’zi tarjima qilib maqolasida keltirgan iqtibosdagi birinchi jumlani, unda mavjud bo’lgan “…mening qimmatli O’zbegim…”, degan iborasini atayin tashlab ketmay, to’lig’icha: “Shon-shuhrat va buyuk istilolar bobida, mening qimmatli O’zbegim, dunyo xalqlarining birontasi ham tartarlarga teng kelolmagan”, deb. Beshinchi jumlani esa: “Ular Buyuk Mo’g’ul imperiyasi deb atalgan…”, deb emas, balki asil nusxadagiedek: “Ular Buyuk Mog’ol Imperiyasi deb atalgan cheksiz-chegarasiz hududlarda hukmronlik qilishmoqda”, deb, to’g’ri tarjima qilib, unda yuqorida aytilib, o’zimizning buyuk ajdodlarimizdan biri bo’lmish Zahiriddni Muhammad Bobur Hindiston, Pokiston va Afg’oniston hududlarini o’z ichiga olib XVI asrda tuzgan va  Monteskyo yashagan davrda ham mavjud bo’lib, uning avlodlari boshqargan imperiya to’g’risida so’z yuritalayotganligini, bilgan va bundan faxirlangan bo’lishi kerak edi.

Men bu erda tarix soxtakorlari bo’lmish Maksud Bekjon va Muhammad Solih tarix fanining yuqorida o’zbek tilida men sanab o’tgan tushunchalarini va ular to’g’risida nafaqat SSSR va Rossiyaning, balki Evropalik olimlarning ko’plab nazariyalari mavjudligini bilmay O’zbekistonning yirik tarixchi olimlari bilan bevosita sirtdan munozara ochishga mo’ljallangan  maqolalarida, ularni O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyin ham bu olimlar, go’yoki, kommunistik tuzimdan qolgan millat to’g’risidagi nazariyalar doirasidan chiqa olmayotganliklari to’g’risidagi asossiz gaplari taxlilini qilib o’tirmasdan, mushtariylar e’tiborini bu masalalar to’g’risda tarix darsliklari va mashhur entsiklopediyalarda batafsil tushinchalar va ularning ta’riflari berilganligiga qaratib, ularga ana o’sha bilimlarni puxta egallab bo’lgachgina milliy masala yuzasidan bo’ladigan munozaralarda qatnashish mumkinligina uqtirib o’taman.

Bu maqolamni o’qigan va Muhammad Solix, Maksud Bekjon va boshqa “o’zbek muholifati” va’killari ko’targan masalalardan habardor bo’lgan mushtariylarda yana bir qator: O’zbeklar turkiyzabon xalqmi yoki yo’qmi? O’zbek tili sof turk tilimi yoki yo’qmi? O’zbeklar turk millatiga mansubmi yoki yo’qmi? Tarixiy o’tmishimizda axolisi turk millatiga mansub bo’lgan Turkiston degan davlat bo’lganmi yoki yo’qmi? Panturkizm, Turon va Turkiston regionalizmi va federalizmi g’oyalari bu qanday g’oyalar va unga o’zbeklar qanday munosabatda bo’lishi kerak? ─ degan, aniq javob berilishini talab qiladigan savollar tug’ilishi mumkin. Shuning uchun ham quyida bunday savollarga iloji boricha qisqacha javoblar berib ketishni maqsadga muvofiq deb bilaman. Shunday qilib:

2.O’zbeklar turkiyzabon xalqmi yoki yo’qmi?

─ degan savolga, masalan Muhammad Solih, tarixchi olimlarimizni tanqid ostiga olar ekan:

Akademiklar o’zbek tili xususida ham sodda mug’ombirlik qiladilar: “o’zbek tilini sof turk tili deb bo’lmaydi”, deya iddao etadilar”, lekin o’zbeklar: “Akademiklar maqolasida aytganday, “turkiyzabon ulus” emas… Bugungi o’zbek tili tamalida o’sha sanalgan uchta — qipchoq, qarluq, o’g’uz lahjalari – hammasi mavjuddir. Shu bois, bugungi o’zbekchamiz turk tilining qoq markazidir, hurmatli olimlar. Yoki tilimiz siz aytganday, “Turkiy tillar negizida shakllangan” bir yangi til emas, turk tilining o’zginasidir”, deb javob bergan bo’lsa. Undan bilim va saviyasi ancha past bo’lgan Maksud Bekjon esa, o’zini o’zbek millatiga mansub emas deb qat’iy ishonganligi uchun hech kimdan tap tortmay va uyatmay: “Bugungi o’zbek adabiy tilining naqadar sun’iy til ekanligini olim bo’lmagan odamlar ham yaxshi biladi… Bugun O’zbekiston hudularida yashayotgan va pasportlariga “o’zbek” deb yozilgan urug’lar turk tilining barcha lahjalarida gapiradigan qavmlardir… Akademiklarimizning “hozirgi zamon o’zbek adabiy tilini sof turk tili deb bo’lmaydi”, degan gaplari to’g’ri. Chunki, bu adabiy til, yuqorida aytganimizdek, sun’iy ravishda yaratilgan tildir…”, degan g’irt axmaqona va yolg’on gaplarni yozgan.

Biroq Muhammad Solih va Maksud Bekjonning bunday axmaqona iddaolari (yoki ta’kidlovlar), ular lingvistika va tarixiy lingvistika hamda bular hamnafasligining maxsuli bo’lmish lingvistik paleontologiya degan fanlardan mutlaqo behabar ekanliklarini ko’rsatadi holos.

Chunki ular shoir va yozuvchilar sifatida bu fanlarni hech bo’lmaganda juda ham yuzaki darajada bilganlarida edilar, unda tillar ham odamlarga o’xshab turli guruh va oilalarga bo’linishini; shuning uchun ham bu fanlarda turkiy tillar guruxlarini bir biridan farqlash uchun, masalan, rus tilida, hattoki Turkiya Respublikasi fuqorolari bo’lmish va ko’pchilik farqiga bormay o’zbekchasiga: “Turkiya turklari” va “turklar”, deb ataydigan xalq ham bir nechta turkiy urug’lardan iborat bo’lganliklari sababli, ularni ─ TURKLAR, deb atab, bu mamlakat axolisini turkiy tilda gaplashadigan ─ “туркоязычный народ”, ya’niy, o’zbek tiliga tarjima qilinganda ─ “turkiyzabon  turklar” deyilishini; boshqa davlat va hududlarda yashaydigan ularga qardosh xalqlarning nomini “у” o’rniga “ю” harfi bilan yozib ─  ТЮРКЛАР (TUYRKLAR), deb atab, ullarning tillarini “тюркская группа языков” (tuyrk tillari guruhi) deyilishini; u xalqlarni o’zini esa “тюркоязычные народы”, ya’niy “tyurkiyzabon  xalqlar” deb atashlarini; bu xalqlarning barchasi gaplashadigan tillar guruxlarini esa “Katta Oltoy tillari oilasi” deb atashlarini, bilishgan bo’lar; shuning uchun ham yirik tarixchi olimlarimiz biz o’zbeklarni, o’zbek tilida “turkiyzabon xalq” (“tyurkiyzabon xalq”), deb ataganlaridan norozi bo’lib, ular bilan sirtdan munozara qilmoqchi bo’lmagan; Maksud Bekjondek tarix soxtakorlariga shogird tushgan va ulardan ham o’tishga harakat qilayotgan  kimsa esa olimlarimizni tanqid qilib yozgan maqolasiga: “Turkiyzabonlar” kim?” degan sarlovha qo’ymagan va bu maqolisining ohirida saviyasi o’ta pastligi sababli barcha o’zbeklarni haqorat qiluvchi: “Qorong’i tarix ham qorong’i uy kabidir, bu qorong’ilikda ham qora xalqni (kelib chiqishi qorong’i bo’lgan xalqni) izlab topish qiyin…”, degan axmaqona so’zlarni yozmagan bo’lar edi.

3. O’zbek tili sof turk tilimi yoki yo’qmi?

─ degan savolga, lingvistika va unga qardosh bo’lgan fanlar yoki fan yo’nalishlari hamda o’zimning ilmiy izlanishlarim nuqtai nazarlaridan, men shaxsan:

─ Yo’q! O’zbek tili sof turk tili emas! “Mana shunchadan iborat so’zlar to’plami Turkiston degan davlat rasmiy va adabiy tili sifatida, uning xalqi gaplashgan sof turk (tyurk) tilini tashqil qiladi”, ─ deb ilmiy jihatdan asoslangan lug’atning o’zi yo’q. Shuning uchun ham lingvistika fani nuqtai nazaridan turk tili o’zbek tili uchun uzoq ajdod[lar tili] hisoblanadi.

Qo’yilgan savolga esa: ─ o’zbek tili 92 turkiy urug’lar va ularning tarmoqlari tili va lahjalarini (shevalarini) o’z ichiga oluvchi alohida turkiy [tyurkiy] tillar guruhini tashkil etadigan zamonaviy O’ZBEK MILLATIning tili sifatida O’zbekiston Respublikasida rasmiy davlat va adabiy til hisoblanadi, ─ deb javob berishim mumkin.

4. O’zbeklar TURK millatiga mansubmi yoki yo’qmi?

─ degan savolga, men shaxsan, o’zim olib borgan ilmiy izlanishlarga asoslanib:

─ Yo’q! O’zbeklar 92 turkiy urug’lardan tashkil topgan millat bo’lsalar-da, lekin ular hech qachon turk millatiga mansub bo’lmagan deb aytishim mumkin va buni o’zimning  “Nega Vatanimiz – O’zbekiston, millatimiz – o’zbek, Navoiy esa – buyuk o’zbek shoiri, deb ataladi?”, degan maqolamda har tamonlama isbotlab berishga harakat qilganman.

Shuning uchun ham ana o’sha maqolamga qo’shimcha ravishda bu maqolada, logika (mantiq) fani nuqtai nazaridan o’zbeklarning o’zlari xozirgi zamondagi fan va xalqaro huquqiy normalarga (me’yorlarga) asosan dunyo hamjamiyati tan olgan alohida millat bo’lganliklari uchun boshqa millatning safiga kirishi mumkin emasligini ta’kidlab o’tar ekanman. Xozirgi zamonda fan ham, BMT timsolidagi xalqaro hamjamiyat ham: biz, birinchi o’zbek davlati bo’lmish XIV asr O’ZBEKISTONiga o’z nomini berib, uning asoschisi ham bo’lgan buyuk O’zbekxon sharafiga ― O’ZBEKLAR, deb atalganimizdek, faqatgina, o’zlarini O’smon Imperiyasining birinchi hukmdori, sulton O’smon I Gazi (turkcha Gazi Osman Paşa, Birinci Osman) sharifiga― O’SMONLAR deb atagan;  lekin bu imperiya XX asrdagi Birinchi Jaxon Urushi natijasida, SSSRga o’xshab parchalanib ketishi tufayli, unga tegishli hududlarning bir qismida 1923 yilning 29 oktyabrida Turkiya Respublikasi degan nom bilan, davlat mustaqilligiga ega mamlakat paydo bo’lganidan keyin, uning fuqoralariga aylangach, o’z etno–nomini TURKLAR deb atab olgan, aslida esa ilgari O’SMON MILLATIga mansub bo’lgan xalqnigina tan olishiga, hamma mushtariylarning e’tiborini yana bir bor qarataman. Va shuning uchun ham siyosiy saviyasi o’ta past, tarix, etnologiya, lingvistika, millat va uning adabiy hamda davlat tili to’g’risidagi bilimlarni beradigan fanlardan mutlaqo behabar; shuning uchun ham shoir yoki yozuvchi deb atab, o’zbek xalqi ardoqlaydigan ziyolilarimiz qatoriga qo’shishga ham arzimaydigan, Muhammad Solih, Maksud Bekjon va ular tarafdorlarining axmaqona, faqatgina o’zlarining zamonaviy o’zbek lahjasini, ba’zi bir enstiklopediyalarda, o’zbek millati paydo bo’lguniga qadar mavjud bo’lgan, deb taxmin qilinadigan “horazm–turk tili” bilan chalkashtirib; bu til esa, turkiy xalqlarlarning va’killari bo’lgan hukmdorlar Horazmni bosib olganlaridan so’ng, aslida forsiyzabon bo’lgan HORAZMIYLAR (ya’niy qadimgi zamonlardagi Horazm xalqi) tili o’rnini egallaganligidek tarixiy haqiqatni ham bilmaydigan yoki bilishni istamaydigan; shunday sabablarga ko’ra olimlarimiz ishlatadigan o’zbek tilidagi “turkiyzabon” so’zida, lingvistika qonunlariga asosan fors tilidan o’zlashtirilgan “zabon”, ya’niy bizdagi “til”, degan so’zga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ishlatilganligidan o’zlarini go’yoki  jahillari chiqqan odamlarga solib; nazariy lingvistika fanidagina ishlatiladigan “horazm–turk tili” degan nomda yoki atamada “turk” so’zi bo’lganligi uchun, o’zlarini TURK millatiga mansub, deb o’ylab yoki o’zlarini bunga ishontirib, chet ellarga qochib ketgach, o’zbek millati va bu millatning xozirgi zamondagi ona Vatani bo’lmish O’zbekistonning ashaddiy dushmanlariga aylangan; O’zbekistonni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo’yicha hech qanday yangi amaliy bilim, g’oya va loyihalarga ega bo’lmaganliklari sababli: O’ZBEK millatining etno–nomini ─ TURK, degan etno–nomga, O’ZBEKISTON degan topo–nomni ─ TURKISTON, degan topo–nomga aylantirishdek axmaqona g’oyani o’zlarining g’oyasiga aylantirib, hammani kallasini gangitayotgan hudbin kimsalarlarning hom–hayollari hech qachon amalga oshmasligiga, shaxsan mening ishonchim komil!

5. Tarixiy o’tmishimizda axolisi turk millatiga munsub bo’lgan Turkiston degan davlat bo’lganmi yoki yo’qmi?

─ degan savolga ham, tarixiy manbalarga tayangan xolda:

─ Yo’q! Tarixiy o’tmishimizda hech qachon axolisi turk millatiga mansub bo’lgan Turkiston degan davlat bo’lgan emas! ─ deb, qat’iy javob berishim mumkin.

Lekin Sohibqiron Amir Temurning: “Biz kim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz kim, millatlarning eng qadimi, Eng ulug’i – Turkning bosh bo’g’inimiz”, degan so’zlariga kelsak. Sohibqiron o’zlarining bu shiorlarida Turon va Turkiston degan davlatlar to’g’risida emas, balki shunday nomli hududlar to’g’risidagina so’z yuritgan, degan fikirdaman. Ya’ni bobomiz Firdavsiyning “Shoxnoma” degan afsonaviy asarida tilga olingan hududlar to’g’risidagina so’z yuritib, Turon deganda, Eron shoxi Faridun o’zining o’rtanchi o’g’li Turga in’om qilinib, undan tarqab «turlar» deb atalgan forsiyzabon qavmlar yashagan hududlalarni; Turkiston deganda esa u Rashid–ad–Din o’zining “O’g’uz–noma” degan asarida tilga olgan va turkiy urug’lar yashagan hududlarni nazarda tutgan, degan fikirdaman [1, 7]. Chunki u kishi yashagan davrlarda, ayniqsa musulmonlarda, millat tushunchasi bo’lmagan va Sohibqiron Amir Temur bu hududlarda o’zi asos solib, faqatgina o’zi yakka  hukmronlik qilgan juda ham yirik monarxik davlat qurgan…

Shu bilan bir qatorda yana XX asr boshlariga qaytadigan bo’lsak, Rossiya Imperiyasi Qo’qon xonligi hududlarini bosib olgach, bu o’zbek davlatining nomini xalqimiz xotirasidan o’chirish maqsadida, uning hududi kattagina qismida 1865 yili o’zining Orenburg–general–gubernatorligiga qaragan Turkiston oblastini (viloyatini) tuzib, bu oblastga 1867 yili G’arbiy Turkistonni to’liq qo’shib olgach, uni, Turkiston harbiy okrugiga qarashli va markazi Toshkentda bo’lib, bu shaxarda general–gubernatorning qarorgohi joylashgan Sirdaryo oblasti va markazi Верный (Olmaota) shaxri bo’lgan Semirechinsk oblastidan iborat Turkiston–general–gubernatorligiga aylantirgan. Va bu hududlarni o’ris chinovniklari qisqacha: “Turkistan” va “Turkistanskiy kray”, deb atashib, uning hududida yashagan aholini Rossiya Imperiyasi fuqoralariga aylantirishgan. Rossiyaning xuddi shu gubernyasida 1917 yilgi Fevral burjua Inqilobidan so’ng 1 (14) sentyabrda Rossiya Respublikasi degan davlat tuzilganaligi e’lon qilinib, 1917 yilning 27 noyabrida huddi ana o’sha respublikaning avtonomiyasi sifatidagi Turkiston muxtoriyati ham deb atalib, erli axoli va’killari tomonidan tashkil etilgan Qo’qon muxtoriyati degan siyosiy tuzilma vujudga kelib, u 72 kungina faoliyat ko’rsatgan. Lekin bu muxtoriyat hukumati 1918 yilning 18 fevralida ulamochilar tomonidan ag’darilgach, uning o’rniga kelgan Ergash boshliq hukumat harbiy kuch ishlatish yo’li bilan sovet hokimiyati tomonidan tugatilgan va uning o’rniga, РСФСР (RSFSR) tarkibiga kiruvchi Turkiston ASSR tuzilgan…

Demak, O’zbekistonning nomini o’chirib, uni Turkiston nomiga almashtirishni orzu qiluvchi Xurshid Davron, Temir Xo’jao’g’li, Maksud Bekjon va ularga o’xshagan kimsalar, bunday tarix haqiqatlaridan behabar yoki o’zlarini shunday bo’lgan ovsarlardek tutib, bizning mamlakatimiz davlat mustaqilligini yo’q qilish yo’li bilan, uni yana Rossiya Federatsiyasi safiga qaytarmoqchi bo’layotganliklarini o’zlari tushinmayotgan, siyosiy saviyalari o’ta past kimsalar, shekilli desak, bunday fikir ham ayni haqiqat bo’ladi. Endi oxirgi:

6. Panturkizm, Turon, Turkiston regionalizmi va federalizmi g’oyalari ─ bu qanday g’oyalar va unga o’zbeklar qanday munosabatda bo’lishi kerak?

─ degan savolga, tarixiy manbalarga tayangan xolda, quyidagicha javoblarni berishim mumkin:

6.1. Maksud Bekjondek Norvegiya Xelsing [inson huquqlarini himoya qilish] qo’mitasining a’zosi maqomiga ega, lekin huquqiy madaniyati va siyosiy saviyasi o’ta past kimsa bo’lganligi uchun ham o’zining O’XH saytida 2014 yilning 19 oktyabrida e’lon qilingan “Turkligimizni anglab etaylik…” degan maqolasida, panturkizmdek, hattoki nems va italyanlarning fashistik g’oyalaridan ham oldin paydo bo’lib, ulardan sira ham kam bo’lmagan O’SMON MILLATI ziyoliylari va harbiylarining o’ta millatchilik g’oyasi bilan zaharlangan va’killari O’smon Imperiyasining arman millatiga mansub axolisiga nistabatan genotsid o’tkazib, ulardan ko’pchiligini qirib tashlaganligi bilan bog’liq dunyo hamjamiyatining ko’pchilik mamlakatlari, shu jumladan Germaniya Federativ Respublikasi ham tan olgan, jinoyatlarni oqlash maqsadida:

Turkiya, O’zbekiston va Ozarboyjondagi milliy shuurli olimlardan iborat bir hay’at tashkil etilmog’i lozim-ki, bu hay’at armanlarning turklarga qarshi bildirayogan iddaosining yolg’onligini fosh qilish bilangina cheklanib qolmay, balki, turklarning armanlarga qarshi davosini ochishi yo’lida odim tashlashi lozim”, deyish bilangina kifoyalanmay. Bu so’zlarning davomida: “Zotan, armanlar Turkiyada, O’zbekistonda va Ozarboyjonda genodsid o’tkazar ekan, ularga bir millat – Turk millati deb qaragan, keling, biz ham armanlar anglab etgan narsani – bizning yagona millat – Turk millati ekanligimizni anglab etaylik”, degan yolg’on gaplarga asoslangan, chaqiriq bilan chiqib, bizning o’zbek millatimizga mansub bo’lgan muhojirlar va O’zbekiston fuqorolarini, ayniqsa bunday tarixiy voqiealardan behabar yoshlarimizni aldamoqchi bo’lgan.

Chunki armanilar hech qachon na SSSRning ittifodosh respublikasi sifatida 1924 yilning 27 oktyabrida dunyoga kelgan O’zbekiston SSR axolisi hisoblanuvchi va 1991 yil 31 avgustda  o’z davlat mustaqiiligiga erishgan O’zbekiston Respublikasi fuqorolari bo’lgan o’zbeklarga nisbatan, hech qanday genostid o’tkazmagan.

Agar gap, men yuqorida tilga olib 1917 yilning 1 (14) sentyabrida tuzilganligi e’lon qilingan Rossiya Respublikasining o’sha yilning 27 noyabrida poytaxti Qo’qonda bo’lgan holda tuzilib 2,5 oygina faoliyat ko’rsatgan Turkiston muxtoriyati ham deb ataluvchi Qo’qon muxtoriyati to’g’risida ketayotgan bo’lsa, uning hukumati ulamochilar tomonidan ag’darilgach, uning o’rniga kelgan Ergash boshliq hukumatni sovetlar hokimiyati harbiy kuch ishlatish yo’li bilan tugatgan. Bu harbiy kuchlar tarkibida armanilarning Dashnakstutyun partiyasining sovet askarlari safiga kirgan jangarilari ham qatnashganligini, ozarbayjon matbuoti ko’tarib chiqmaganida, biz u voqiealarda arman millatining va’killari ham qatnashganligiga e’tibor ham bermagan bo’lar edik, degan fikirdaman…

Maksud Bekjonning mana shunday hatti–harakatlaridan uning maqsadi nima ekanligi ham oydin bo’ldi. Chunki hech tap tortmay, o’zi aytayotgan, qozoq milatiga mansub Mustafo Cho’qaevga o’xshagan siyosatchilar raxbari bo’lib, Rossiya Respublikasining Turkiston muxtoriyatida, hali SSSR tuzilmasdan 5 yil va uning tarkibida ittifoqdosh respublika sifatida tuzilgan bizning Vatanimiz bo’lmish O’zbekiston SSR tashkil topmasidan 7 yil oldingi va Rossiya Imperiyasini qulatgan inqiloblar bilan bog’liq voqiealarni u, bizning o’zbeklarimizni kallasinini gangitish uchun, atayin O’zbekistonda bo’lgan o’zbeklarga qilingan genotsid, deb atab ─ g’irt yolg’on gaplarni gapirayotganligi, bizga endi yaqqol ayon bo’lib qoldi.

Endi, PANTURKIZM ─ bu, o’zbeklar uchun mutlaqo zararli bo’lgan, fashistik g’oya ekanligi masalasiga qaytib, uning aynan shunday ekanligini isbot etish uchun ko’plab manbalarga murojat qilib o’tirmasdan, faqatgina XX asrning 80–yillarida bo’lgan voqielargagina e’tiborimizni qaratsak, bu g’oyani, o’zi tuzgan Milliy Harakat Partiyasining mafkurasiga aylantirib olgan, polkovnik Alparslan Tyurkesh 1980 yili Turkiyada fashist diktaturasini o’rnatish maqsadida konstitustion tuzimni zo’rlik ishlatish yo’li bilan to’ntarishga harakat qilganlikda ayblanib, o’limga hukim etilganligi va uning partiyasi mutlaqo taqiqlanganligi, yaqqol isbot etishi mumkin.

6.2. Turon regionalizmi g’oyasi esa, panturkizm g’oyasini o’zining mafkurasiga aylantirib olgan Turkiyadagi fashistik Milliy Harakat Partiyasining shaxsan Alparslan Tyurkesh bashbux (fyureri) bo’lgan jangari idealistlarni birlashtiruvchi “Kulrang bo’rilar” degan tashkiloti tomonidan tuzilgan Buyuk Turon Imperiyasini qurish dasturining (programmasining) oliy maqsadi bo’lgan. Bu uning o’zi va Turkiyadagi uning partiyasi boshqa rahnomolarigina raxbari bo’lishi ko’zda tutilgan Buyuk Turon Imperiyasidek yagona davlat tarkibiga esa, boshqa turkiyzabon xalqlar va ular yashayotgan mamlakatlar qatori biz ─ o’zbeklar, o’zlarini turk millatiga mansub, deb bilgan holda, fuqoro sifatida, O’zbekiston esa ─ bu davlatning viloyatlaridan biri sifatidagini, kirishi ko’zda tutilgan bo’lgan.

Lekin turklar kulrang bo’rining farzandi bo’lganligi to’g’risidagi afsonaga ishonib, ularni o’z partiyasi va jangovor tashkilotining ramziga aylantirib olgan bashbux Alparslan Tyurkesh ham, Muhammad Solih, Maksud Bekjon va ularning tarafdorlari kabi, turlar bu turklar emasligini, tarixiy o’tmishda esa hech qachon turklarning vatani bo’lgan Turon degan mamlakat, davlat yoki imperiya bo’lmaganligini. Bu, aslida, birinchi tarix soxtakorlaridan biri bo’lmish Firdavsiyning adabiy to’qimasi sifatida, turkiy kelib chiqishga ega bo’lgan sulton Maxmud G’aznaviyga, undan mo’may mukofot olish ilinjida, unga bag’ishlab panegirik (maqtov) sifatida yozib, Turonni – Turkiston, turlarni – turklar, deb noto’g’ri hulosa chiqarashga olib keluvchi “Shohnoma” degan asaridan kelib chiqqan afsona ekanligini bilmaydigan, saviyasi past hayolparast fashist bo’lganligini ko’rsatadi.

Shuning uchun ham Turkiyaga qochib yoki sayoxatga borgan va boshqa mamlakatlarda muhojirlikdagina emas, hattoki O’zbekistonda yashayotgan ayrim o’zbeklar, Muhammad Solih, Maksud Bekjon va boshqa muholifatchilarning tashviqotiga uchib, o’zlarini turk, deb atab internetning Facebookka o’xshagan ijtimoiy tarmoqlarida tinmay kulrang bo’rilarning foto suratlarini e’lon qilayotganliklarini qanday baholash mumkin? ─ degan savol tug’ilashi ham tabiy bir holki. Endi biz ulardan: ─ Nima, siz ham turk fashistlari safiga qo’shilmoqchimiz? ─ deb so’rasak, juda ham o’rinli bo’ladi, deb o’ylayman.

6.3. Endi Turkiston regionalizm yoki federalizmi g’oyasi ustida to’xtaydigan bo’lsak, bu masalani ko’tarayayotganlardan barchasining siyosiy va iqtisodiy jihatlardan bo’lgan bilimi va saviyasi etarli darajada emas, desak ─ bu sira ham hato bo’lmaydi. Chunki ulardan ba’zilari, shoir Kenjabiy Qo’zievga o’xshab, o’zining “DEMOKRAT ShARHIGA ShARH”‏ degan maqolasida: “…hech bitta turkiy respublikaning mustaqilligini cheklamagan holda… Turkiston yoxud Turon federatsiyasini tuzish taklifini ko’tarib chiqing-chi. Qirg’izlar bu taklifga peshvoz chiqarmikan? Yo’q. Yuzingizga qayrilib ham qaramaydi”, deb, juda to’g’ri gaplarni aytishlari mumkin.

Biroq ular shu gaplarni davom ettirib, o’zlarini O’zbekiston rahbariyati va olimlari bu masalalarni go’yoki bilmaydigan yoki tushinmaydigandek va faqat ular biladigandek tutishib:

Turkiya, Ozorbayjon, Turkmaniston, O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlari Evropa Ittifoqi kabi federatsiyaga (Mustaqilligini cheklamagan holda) birlashib, Turkiston Davlatlari Federatsiyasiga asos solsalar geopalitik jihatdan aholisi 150 millionlik, hududi 4 million 712 ming kvadrat kilometrlik buyuk bir davlat vujudga kelgan bo’lardi”, ─ degan fikirlarni bildirib, bunday ittifoq yoki federastiya: qanday samara brishi mumkin? Uning (industrial)  rivojlanishda Evropa Ittifoqidan qanday iqtisodiy, texnik va texnologik farqi bo’ladi? Bunday ittifoqning Evropa Ittifaqi bilan xududiy maydoni tengligidan boshqa yana biron bir teng iqtisodiy ko’rsatkichining o’zi bormi? Nima uchun Turkiya Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga intilsa–da, uni bu ittifoqqa qabul qilishni istashmayapti? ─ degan va boshqa juda ko’p siyosiy va iqtisodiy savollarga javob berish kerakligi to’g’risida hattoki bosh qotirib ham o’tirishmaydi.

Evropa Ittifoqi iqtisodiy, texnik va texnologik ta’minlanganlik jihatlaridan jahondagi industrial asosda eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirib, hududi Kenjabiy Qo’ziev taklif qilgan “Turkiston ittifoqi” hududidan 407,2 kv. kilometrga kam yoki 4 324 782 kv.kilometr bo’lsa–da, axolisi 3,41 marta ko’p yoki 506,82 million nafar bo’lgani holda, sotib olish pariteti (qobiliyati) bo’yicha yalpi ichki daromadning (YaIMining) qiymati qarayib 9,34 marta ko’p, yoki 16,1 trillion AQSh dollariga teng bo’lib, bu ko’rsatkich bo’yicha Evropa Ittifoqi YaIMi jon boshiga “Turkiston Ittifoqi”ga kirishi taklif etilayotgan davlatlarning shunday umumiy ko’ratkichidan qarayib 2,7 barobar ko’proqdan to’g’ri keladi…

Buni ustiga Kenjbiy Qo’ziev “Turkiston Ittifoqi” safiga taklif qilayotgan mamlakatlar umumiy axolisining soni 2013 yil yakunlari bo’yicha AQSh MRBsi tarqatgan statistik ma’lumotlariga ko’ra 136,08 million nafarni tashkil qilgani holda, Turkiya axolisining umumiy soni xozir 81,6 million nafarni yoki bunday ittifoq axolisi umumiy sonining 54,45 foizni tashkil qiliyotganligini e’tiborga olsak, bunday ittifoq hokimiyati tepasiga doyim Turkiya fuqoralarining milliy manfaatlarini himoya qiladigan va fashist Alparslan Tyurkesh orzu qilgan partiyalar a’zolari bo’lgan siyosatchilar keladi va ular bu ittifoqni bir kuni kelib u orzu qilgan yagona davlat sifatidagi Buyuk Turon Imperiyasiga aylantiramiz, deb qolishi ham aniq desak ─ bu bashorat sira ham mubolag’a bo’lmaydi. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa: bizning o’zbeklarimiz kelajakda bunday imperiyadan, SSSRdan qutilish uchun tashkil qilmagan, lekin bu imperiyadan qutilish uchun tashkil qilinishi shart bo’lgan ─ milliy ozodlik harakati tashkil qilishga majbur bo’lar ekanda, degan hulosaga kelishlari ham aniq… Shunday ekan: bizga bunday federastiya yoki ittifoqning nima keragi bor?! Sira ham keragi yo’q!

Demak O’zbekiston hech qanday iqtisodiy va siyosiy ittifoqlarga kirmay to’liq o’z davlat suverenitetini saqlagan holda mustaqil ravishda rivojlanayotganligi biz uchun har tomonlama ma’qul. Huddi shuning uchun ham O’zbekiston raxbariyati ana shunday juda ham to’g’ri yo’lni tanlagan va shu yo’ldan og’ishmay olg’a qadam bosib kelmoqda. Shuning uchun ham O’zbekistonning kelajagi porloq ekanligiga shaxsan mening ishonchim komil!

Adabiyot

1. Абдуллаев Р. Узбеки — дворяне тюркских народов, а сарты — предприниматели Центральной Азии (http://fundamental-economic.uz/o-nas/узбеки-дворяне-тюркских-народов-а-сар/).

2. Абдуллаев Р. Русский народ – не от иранцев, а таджики – не арийцы (http://fundamental-economic.uz/article/русский-народ-не-от-иранцев-а-таджик/).

3. Абдуллаев Р. Я горжусь тем, что я – барлас и потомок Тимура (http://fundamental-economic.uz/o-nas/я-горжусь-тем-что-я-барлас-и-потомок-т/).

4. Абдуллаев Р. Прав В. Путин ― Узбекистан и Россию действительно связывают многовековые узы дружбы [Краткая история узбекских государств] (http://fundamental-economic.uz/article/прав-в-путин-―-узбекистан-и-россию-дей/).

5. Абдуллаев Р. УЗБЕКСКАЯ ЦИВИЛИЗАЦИЯ ― О НЕЙ ГОВОРИЛ ЛИДЕР КИТАЯ СИ ЦЗИНЬПИН (http://fundamental-economic.uz/o-nas/узбекская-цивилизация-―-о-ней-говорил/.

6. Abdullaev R. Nega Vatanimiz – O’zbekiston, millatimiz – o’zbek, Navoiy esa – buyuk o’zbek shoiri, deb ataladi? (http://uz.fundamental-economic.uz/?page_id=329).

7. Абдуллаев Р. Ўзбеклар — турк халқларининг зодагонлари, сортлар эса — Марказий Осиёнинг тадбиркорларидир (http://uz.fundamental-economic.uz/?page_id=160).

8. Мирза Мухаммад Хайдар (дуглат). Т’арих-и Рашиди. Дафтар I. Восточная литература (http://www.vostlit.info/Texts/rus14/Tarich_Rashidi_II/frametext.htm).

Muallif: Rustamjon Abdullaev, iqtisod fanlari doktori, akademik.

Toshkent, 2014 yil 21 noyabr.

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181 - 7332