Xalqimizning iqtisodiy va ma’naviy qudrati ifodasi

Mushtariylar: 940
khal_imizning_i_tisodiy_va_manaviy_udrati_ifodasi_18_07_2016 2

O‘zbekistonda birinchi avtomobil ishlab chiqarilganiga 20-yil to‘ldi. Chorak asr oldin qishloq desa paxta dalasi, ishchi desa paxtakor, mashinasozlik desa paxta teruv mashinasini tasavvur qilgan odamga bir necha yildan so‘ng O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakatlar qatorida bo‘ladi, desangiz qay ahvolga tushardi?! To‘g‘ri-da, bug‘doyni ham chetdan keltirishga majbur bo‘lgan agrar respublikada mustaqillikka erishganidan keyin atigi besh yil o‘tib eng murakkab, zamonaviy sanoat tarmog‘i – avtomobilsozlikka asos solinishi dunyoda kuzatilmagan voqelikdir.

O‘tayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz tarixidagi eng ulug‘ sana – istiqlolning 25-yillik to‘yiga yaqinlashtirmoqda. Ana shunday shukuhli damlarda yurtdoshlarimizning har biri hayotiga yanada teranroq nazar tashlab, kim edigu kim bo‘ldik, degan savolga javob qidirishi tabiiy. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda tarixan qisqa davrda amalga oshirilgan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olishga qaratilgan izchil islohotlar xalqimizning ulkan yaratuvchanlik va intellektual salohiyatini Vatanimiz ravnaqi, hech kimdan kam bo‘lmay yashashimiz, buyuk orzularimiz ro‘yobi yo‘lida safarbar etish imkonini berdi. Batafsilroq…

Manba: O’zA.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332