YAXSHI QO‘SHNICHILIK VA AZALIY DO‘STLIKKA ASOSLANGAN HAMKORLIK IZCHIL RIVOJLANMOQDA

Mushtariylar: 1076
Каримов и Назарбаев 15.04.16г. 2а

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 14-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 15-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tdi.

Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalardagi hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentimiz Qozog‘iston Prezidentini yurtimizga ushbu tashrifi bilan qutlab, bu oliy darajadagi muloqotlarning izchil davomi ekanini ta’kidladi.

– Sizni O‘zbekistonda ko‘rishdan har doim xursandmiz. O‘zbek va qozoq xalqlari azaldan yaxshi qo‘shni, do‘st bo‘lib yashab kelgan. Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik ana shu tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Xalqaro vaziyat tez o‘zgarib, tobora murakkablashib borayotgan hozirgi kunda bunday do‘stlik, o‘zaro anglashuv yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tashrifingiz tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyatdir, – dedi Islom Karimov. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

2016 yil 15 aprel.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332