O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Mushtariylar: 1667
Islom Karimov

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 24-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Biz chorak asr mobaynida bosib o‘tgan murakkab yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, o‘z vaqtida qabul qilingan va chuqur o‘ylangan islohotlar dasturini amalga oshirish natijasida O‘zbekiston bugungi kunda professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan, yaxshi ta’minlangan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli, mamlakatimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni samarali ado etish, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Mamlakatimizning zamonaviy Qurolli Kuchlarini tashkil etishda harbiy qurilish sohasiga prinsipial jihatdan yangicha yondashuvning ishlab chiqilgani ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘ldi. Bu yondashuv eski, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, bir qolipdagi qarorlardan butunlay voz kechish, ehtimol tutilgan harbiy harakatlar teatri hamda yaqin va uzoq yon-atrofimizda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish, shuningdek, xorijiy davlatlarning tajriba va yutuqlarini amaliy jihatdan puxta o‘zlashtirishga asoslanganini ta’kidlash lozim.

Bugun biz, milliy armiyamiz tarixiy va milliy an’analarimizni saqlagan holda, harbiy qurilish va harbiy san’at sohasida dunyodagi eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirib, chegaralarimiz xavfsizligini ta’minlashning ishonchli kafolatiga aylandi, deb g‘urur bilan ayta olamiz. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tayanchi va suyanchi bo‘lgan zamonaviy harbiy xizmatchilar timsolida biz avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, o‘z muqaddas harbiy burchini bajarish yo‘lida qat’iy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni ko‘ramiz va ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Batafsilroq…

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni.

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332