O‘zbekiston – Hindiston: hamkorlikni rivojlantirishning yangi imkoniyatlari

Mushtariylar: 1098
Каримов и Нарендра Моди

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 6-iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilgani va o‘zaro hamkorlik xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stona aloqalariga asoslanishi bilan ajralib turadi.

O‘zbekistonda Hindistonni boy tarix va o‘ziga xos madaniyatga ega mamlakat sifatida azaldan yaxshi biladi. Xalqimizni ushbu mamlakat bilan qadimiy madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar, eng muhimi, samimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi.

O‘zbek va hind xalqlari hamkorligining tarixi, adabiyoti, musiqasi, tasviriy san’ati va me’morchiligi, ularning bir-birini boyitishi ko‘p jihatdan buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog‘liqdir.

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tdi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Islom Karimov va Narendra Modi tor doirada muzokara o‘tkazdi.

– Sizning O‘zbekistonga ushbu dastlabki rasmiy tashrifingizni mamlakatlarimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea, O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida azaldan qaror topgan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda yangi bosqich, deb bilamiz, – dedi Islom Karimov.

Narendra Modi O‘zbekiston Hindistonning Markaziy Osiyodagi eng ishonchli va muhim sheriklaridan biri va mazkur tashrif o‘zaro munosabatlarni yanada faollashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Tomonlar dunyoda vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotgani, qarama-qarshiliklar, keskinlik, global va mintaqaviy geosiyosiy raqobat avj olayotgani, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora keng tarqalayotganini va ushbu tahdidlar Markaziy Osiyo mintaqasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazayotgani inobatga olinadigan bo‘lsa, bugungi muzokaralarning dolzarbligi yanada muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

07.07.2015

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332