O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida

Mushtariylar: 1877
И.Каримов 9 мая
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

2015-yil 9-mayda umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70-yilligi bayram qilinishi munosabati bilan fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga bebaho hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda va izzat-ikrom bilan sharaflash maqsadida:

1. 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70-yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etilsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – “1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, shu jumladan, “1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.

3. “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali to‘g‘risidagi Nizom va uning tavsifi 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlanishi lozim bo‘lgan 1941-1945-yillardagi urush faxriylari va nogironlarining, mehnat fronti qatnashchilarining aniq ro‘yxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Markaziy bank va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medallari va ularning guvohnomalari blanklari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin;

2015-yilning 1-martiga qadar Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70-yilligi mamlakatimizda keng bayram qilinishiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medallari bilan tantanali va bayramona vaziyatda mukofotlash chora-tadbirlari ko‘zda tutilsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 19-fevral

Ilovalar ushbu joyda.

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332