O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi

Mushtariylar: 1434
Islom Karim

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – bu O‘zbekistonning o‘tgan 2014-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini muhokama etish va mamlakatimizning 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat.

O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz.

Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o‘sdi. Inflatsiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.

O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.

Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo‘ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 25 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014-yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 12 foizdan 10 foizga, tijorat banklarining kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug‘dirdi.

Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan kreditlar esa 1,3-martadan ziyod oshdi.

So‘nggi yillar davomida «Mudis», «Standart end Purs» va «Fitch reytings» kabi yetakchi reyting agentliklari O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini «barqaror» deb baholamoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar 2011-yilda mamlakatimizning 13 ta tijorat banki yuqori reyting baholariga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda respublikamizning barcha 26 ta banki ana shunday bahoga loyiq ko‘rildi.

O‘tgan 2014-yilda 500 dan ziyod yangi korxona, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Tashqi savdo balansidagi ijobiy saldo 180 million dollarni tashkil qildi, mamlakatimizning oltin-valyuta zaxiralari 1 milliard 600 million dollarga ko‘paydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining roli bu borada tobora oshib bormoqda. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332