Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi

Mushtariylar: 1283
И.Каримов5

Qadrli do‘stlar!

Muhtaram yurtdoshlar!

Shu kunlarda Vatanimiz uchun mustaqil, erkin hayot kechirish, uni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarish yo‘lining asosiy prinsip va qoidalarini muhrlab bergan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilganimizning 22-yilligini bayramona nishonlamoqdamiz.

Tariximizda chuqur iz qoldirgan ana shu buyuk sana bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklash, barcha-barchangizga chuqur hurmat-ehtiromimni izhor etish men uchun katta baxtdir.

Konstitutsiyamizda belgilab berilgan asosiy maqsadlarimiz barchamizga yaxshi ma’lum. Ya’ni, Bosh qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratib berdi.

Sobiq Ittifoq, SSSR degan imperiya parokanda bo‘lib, tarqalib ketganidan so‘ng, o‘ta tahlikali bir zamonda biz “shok terapiyasi” kabi modellarning nomaqbul shakllaridan butunlay voz kechganimiz – shuni ta’kidlashimiz zarur – o‘ta muhim va hal qiluvchi qadam bo‘ldi.

O‘zbekistonimizga mos tarixiy, milliy, an’anaviy va iqtisodiy vaziyat va xususiyatlarni inobatga olmasdan turib, “bozor iqtisodiyotining shiddatli girdobiga o‘zingni tashlasang, uning o‘zi ko‘zlangan manzilga olib chiqadi” degan xomxayollardan butunlay voz kechdik. Va bugungi kunda butun dunyoda tan olingan, “o‘zbek modeli” deb nom olgan jamiyatimizni tubdan isloh etish, erkinlashtirish, demokratik yangi davlat qurish, uni modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta o‘ylangan taraqqiyot yo‘limizni tanlab oldik.

Taqdirimiz hal bo‘layotgan o‘sha og‘ir paytda qancha soxta dohiylar maydonga chiqqani, qanday keskin tortishuvlar bo‘lgani, tazyiq va zo‘ravonlik ishlatilgani, yosh davlatimiz kemasini ag‘darishga turli urinishlar sodir etilgani sizlarga yaxshi ma’lum, deb o‘ylayman.

Lekin bunday urinishlar, harakat va xurujlarning puchga chiqqanini, biz tanlagan taraqqiyot strategiyasining naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hayotning o‘zi yana va yana bir bor tasdiqlab bermoqda.

Shu fursatdan foydalanib, siz, azizlar, sizlarning timsolingizda butun xalqimiz aynan o‘zimizga xos, o‘zimizga mos bo‘lgan, “o‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan rivojlanish yo‘limizni keng qo‘llab-quvvatlagani uchun yana bir bor o‘zimning chuqur minnatdorligimni bildirish, sizlarning oldingizda, el-yurtimiz oldida ta’zim qilishni o‘zim uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332