PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT DASTURINI AMALGA OSHIRISHNING MUHIM ZAXIRALARI” MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYANING OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI

Mushtariylar: 971
И.Каримов 06.06.2014

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, aziz mehmonlarimizni, xalqaro konferensiya ishtirokchilarini – nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar hukumatlari vakillari, olimlar va mutaxassis-amaliyotchilar, iqtisodiyotning agrar sektorida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar, banklar va boshqa moliya institutlari rahbarlarini qutlash va mazkur forumda qatnashayotganingiz uchun yuksak hurmat-ehtirom va samimiy minnatdorlik bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Joze Gratsianu da Silva, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakob, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Ven Say Chjang, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Yanush Xerman, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari Hamid Opeloyer, Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti bosh direktori Jan-Mari Oran, Jahon bankining Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Loran Debr, Islom taraqqiyot bankining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish departamenti direktori Demba Ba, Belgiya Parlamenti Senatining a’zosi Dominik Tilmans, Bolgariya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Dimitar Grekov va forumdagi ishtiroki bilan bugungi anjumanimizning ahamiyatini yanada oshirayotgan boshqa qadrli mehmonlarimizga alohida minnatdorlik bildiraman.

Konferensiyada 40 ta mamlakatdan va 20 ta xalqaro tashkilotdan 200 nafardan ziyod mehmon ishtirok etmoqda.

Muhtaram anjuman qatnashchilari!

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani jiddiy tashvish va xavotir uyg‘otayotganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda mazkur muammo jahon hamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga kiritilmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har sakkiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332