Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi

Mushtariylar: 2155
И.Каримов5

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, konferensiya ishtirokchilarini, avvalo, muhtaram mehmonlarimizni – nufuzli xalqaro tashkilot va tuzilmalar, ilmiy tadqiqot markazlari, universitet va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va vakillarini, taniqli olim va mutaxassislarni qutlab, mazkur Forumda qatnashish haqidagi taklifimizni qabul qilganingiz uchun yuksak hurmat-ehtiromim va minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat yetkazadi.

Bugungi konferensiyamiz o‘zining salkam uch ming yillik tarixi mobaynida dunyo sivilizatsiyasi va turli xalqlar madaniyati chorrahasi bo‘lib kelgan va kelayotgan Samarqand zaminida o‘tkazilayotgani bu anjumanga alohida ma’no-mazmun bag‘ishlab, uning ahamiyatini yanada oshiradi.

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, bu yerda saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lumu mashhurdir. Moviy gumbazlari millionlab sayyohlarni o‘ziga maftun etadigan Samarqandning Rim bilan bir qatorda “abadiy shahar” degan nom bilan butun dunyoda shuhrat qozongani bejiz emas, albatta.

Mana shu shaharda tug‘ilib-o‘sgan, voyaga yetgan inson sifatida menga bu shaharda yashayotgan barcha-barcha insonlar nomidan sizlarga o‘z samimiy mehmondo‘stligimizni izhor etish va “Azim Samarqandga xush kelibsiz!” deb qutlash katta mamnuniyat yetkazadi.

Qadrli do‘stlar!

Bugungi konferensiyamizning maqsadi – O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat.

Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhim deb hisoblayman. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332