O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev xotin-qizlarni 8 mart bayrami bilan tabrikladi

Mushtariylar: 8638
Мирзиёев Ш.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Хalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqi

Assalomu alaykum, aziz opa-singillar! Muhtaram do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizga bahor nafasi kirib kelayotgan yorug‘ kunlarda, Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida mana shu muhtasham koshonada uchrashib turganimdan g‘oyat xursandman.

Shu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Barchamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta’zim qilamiz.

Er yuzida muqaddas degan so‘zga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi.

Biz Ona timsolida Vatanimizni, uning go‘zal va betakror qiyofasini ko‘ramiz. “Ona Vatan” degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur ma’no bor. Insonni inson qiladigan mana shunday yuksak tuyg‘u va tushunchalarni bolalarimiz qalbiga yoshligidan singdirsak, shoirlarimiz, rassomlarimiz, san’atkorlarimiz onalarni, ayollarni tarannum etadigan yangi-yangi asarlar yaratsalar, nur ustiga nur bo‘lur edi.

Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz. Batafsilroq…

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati. 2017 yil 6 mart.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332