Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi

Mushtariylar: 3593
Присяга Президента

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi to‘g‘risida axborot

Bugun Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi ochildi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi. U yurtimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini ta’kidladi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida saylov natijalari ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylangani to‘g‘risida qaror qabul qilinganini qayd etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bo‘lganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi: “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati. 2016 yil 14 dekabr.

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332