Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi

Mushtariylar: 1276
Мирзиёев 7 декабря
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Hurmatli xonimlar va janoblar!

Vatanimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni nishonlash arafasida go‘zal va muhtasham “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida sizlar bilan uchrashib turganimdan g‘oyat mamnunman.

Barchangizga, butun xalqimizga o‘zimning cheksiz hurmat va ehtiromimni izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysiz.

1992-yil 8-dekabrda mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug‘ yo‘lboshchimiz, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xizmati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Batafsilroq…

Вы можете izih qoldirish, yoki trackback sazning saytingizdan.

Izoh qoldirish

Siz majbursiz tizimga kirish , izoh qoldirish uchin

OAV sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida 2013.12.04 da 0954-sonli Guvohnoma berilgan, ISSN 2181-7332